75
4. METALL TEMIR-TERSAKLARI VA ULARNI CHIQINDILARINI
YIG‘ISHNI TASHKIL QILISH
VA QAYTA ISHLASH
4.1. Metall temir-tersaklari va ularni chiqindilarini
yig‘ishni tashkil qilish
Yurtimiz xalq xo‗jaligida rangli metall juda qadrlanadi. Chunki,
bu jamiyat
taraqqiyoti uchun muhim hisoblanadigan xom ashyo sirasiga kiradi. Shuning
uchun qora bozorda ham rangli metallning xaridori ko‗p. Aynan
rangli metall
parchalari yig‗ish va mamlakatimiz hududidan tashqariga noqonuniy ravishda
sotish bilan shug‗ullanayotganlar paydo bo‗lmoqda. Biroq, ana shu kimsalar rangli
metall o‗zimizning sanoatda juda kerakli ekanligini unutib qo‗ymoqdalar.
Ko‗rilayotgan choralarga qaramay, tarkibida rangli metallar bo‗lgan mexanizm va
agregatlarni talon-toroj qilish bilan bog‗liq huquqbuzarlik faktlari, rangli metall
parchalari va chiqindilarini yashirincha tayyorlash, ularni mamlakat tashqarisiga
kontrabanda yo‗li bilan olib chiqib ketish hollari uchrab turibdi.
"O‗zikkilamchiranglimetall" OAJ va uning hududiy bo‗linmalari rangli metall
parchalarini to‗liq yig‗ib olish, temir-tersak topshiruvchilar bilan shartnomalarni
o‗z vaqtida tuzish va ularni rag‗batlashtirishning ta‘sirchan
tizimini joriy etish
bo‗yicha zarur choralar ko‗rmayaptilar.
Aynan shuning uchun ham, hukumatimiz tomonidan muhim sanoat xom
ashyosi bo‗lgan boshqa qazilma boyliklari va ishlab chiqarish sohalari qatorida
rangli metall va uni ishlab chiqarish sohasiga doir qaror va farmonlar hayotga joriy
qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyayev ning 7 fevral kungi
farmoni bilan 2017-2021 yillarda o‘zbekistonni rivojlantirishning
beshta ustuvor
yo‘nalishi bo‘yicha xarakatlar strategeyasini tasdiqladi.
Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo‘naltirilgan makro
iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori milliy iqtisodiyotning raqobat
bardoshligini oshirish,qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal
rivojlatirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo‘yicha
institutsional
76
va tarkibiy isloxatlarni davom ettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish
va uning ustivor movqeyini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy
Tadbirkorlik
rivojini
rag‘batlantirish
hududlarda
tuman
va shaharlarni kompleks va mutonosib xolda ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiy ettirish,
investetsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari
va hududlariga faol jalb etish.
Qaror rangli metalldan bo‗lgan mexanizm va agregatlarni talon-toroj qilish
bilan bog‗liq huquqbuzarliklar faktlari, rangli metall parchalari va chiqindilarini
yashirincha tayyorlash, ularni mamlakat tashqarisiga kontrabanda yo‗li
bilan olib
chiqib ketish hollarining oldini olishga qaratilgan. Bundan tashqari, rangli
metallarni yig‗ib olishning ta‘sirchan tizimini joriy etish ko‗zda tutildi. Suningdek,
ko‗rsatib o‗tilgan kamchiliklarni bartaraf etish, ya‘ni rangli metallarning
noqonuniy aylanishiga chek qo‗yish hamda ularni qayta ishlash uchun zamonaviy
yuksak samarali uskuna va texnologiyalarini tadbiq etish
va ishni rivojlantirish
bosh maqsad qilib qo‗yilgan. Qarorda "O‗zikkilamchiranglimetall" OAJ va uning
hududiy bo‗linmalarini qayta tashkil etish va ularning negizida "Toshkent rangli
metall parchalari va chiqindilarini qayta ishlash zavodi" ochiq hissadorlik
jamiyatini tashkil qilish, rangli metall parchalari va chiqindilarini kompleks
ravishda
qayta ishlash, respublika iste‘molchilarining ishlab chiqarish ehtiyojlari
hamda eksportga etkazib berishni kengaytirish uchun ulardan prokat, qotishmalar
va tayyor mahsulot ishlab chiqarish borasida tizimli ishlarni tashkil qilish,
topshiriladigan rangli metall parchalari va chiqindilari uchun faqat yuridik shaxslar
- temir-tersak topshiruvchilar tomonidan erkin narxlar bo‗yicha
hisob-kitob
tizimini joriy qilish, "Toshkent rangli metall parchalari va chiqindilarini qayta
ishlash zavodi" OAJ boshqaruv apparati tuzilmasini tasdiqlash kabilar ko‗zda
tutilgan.