61
3. QORA VA RANGLI METALL PARCHALARI VA CHIQINDILARINI
SINFLANISHI
3.1. Qora metallar metallurgiyasining asosiy xom ashyolari va ularning
sinflanishi
Qora metall
temir-tersak chiqindilarini
- qora metallar metallurgiyasining
asosiy xom ashyosi hisoblanadi. Har qaysi turdagi metallurgik agregatlarga
(elektropo‗lat
eritish pechi, domna pech) alohida nav va sinflardagi metal
parchalari va ularni chiqindilari talab qilinadi. Shuning uchun qora metall
temir-
tersak chiqindilari sinflanadi.
Qora metall temir-tersak
va chiqindilarini sinflarga, kategoriyalarga, turlarga,
guruhlarga sinflashda ularni
kimyoviy tarkibi, sifati, o‗lchamlari hisobga olinadi.
Hamma qora metallarning temir-tersaklari va ularning chiqindilari ikkita sinf,
ikkita kategoriya, yigirma sakkiz tur va oltmish etti guruhga bo‗linadi. Qora metall
temir-tersaklari va ularni chiqindilari sinf bo‗yicha po‗latli va cho‗yanli temir-
tersak va ularni chiqindilarga bo‗linadi. Po‗latli temir-tersak va chiqindilarga po‗lat
eritish agregatlari uchun mo‗ljallangan uglerodli (tarkibida uglerod miqdori 2
foizgacha bo‗lgan) qora metallarni temir-tersaklari va chiqindilari kiradi.
Cho‗yanli temir-tersak va chiqindilariga vagranka uchun mo‗ljallangan,
uglerodni miqdori 2 foizdan ko‗p bo‗lgan, qora metallarni temir-tersaklari va ularni
chiqindilari kiradi. Bu ikki sinfga ham kirmaydigan, ya‘ni
bu sinflardan tashqari
temir-tersak chiqindilar bor. Bular domna pech qo‗shilmalari, prokat ishlab
chiqarishidagi va temirchilikdagi metall kuyindilari, svarka shlaklari kiradi.
Legirlovchi element miqdoriga ko‗ra, bu sinflar quyidagi ikkita kategoriyaga
bo‗linadi: A - legirlanmagan uglerodli; B - legirlangan .
Marganets miqdori po‗latli temir-tersaklarda 1
foizgacha, cho‗yanli temir-
tersaklarda 2 foizgacha bo‗lsa, kremniy miqdori po‗latli temir-tersaklarda 0,8 foiz,
cho‗yanli temir-tersaklarda 4 foizgacha bo‗lsa, fosfor miqdori cho‗yanli temir-
tersaklarda 1,5 foizgacha bo‗lsa, legirlanmagan hisoblanadi.
Qolgan elementlarni
har qanday miqdorida temir-tersak legirlangan hisoblanadi.
62
Qora metallarning temir-tersaklari va chiqindilarining sinflanishi 3.1-jadvalda
keltirilgan.
Po‗latli temir-tersak va chiqindilarini A kategoriyasi 16 turdan iborat. Bular
fizik tuzilishi va boshqa ko‗rsatkichlari bo‗yicha ajratiladi (1A-16A). CHo‗yanli
temir-tersak va chiqindilarning A kategoriyasi 8 turdan iborat (17A - 24A).
Temir-tersak va chiqindilarning sinfga kirmaydiganlari 4 kategoriyadan iborat
(25A - 28A).
Temir-tersak va chiqindilarni sifat ko‗rsatkichi
- ularning tarkibiga, tozalik
darajasiga, gabarit o‗lchamlariga va og‗irligiga bog‗liq. Har bir turdagi temir-
tersak va chiqindilar o‗ziga xos alohida xarakterli xususiyatlarga ega. Masalan, 1A
dan 4A gacha turdagi temir-tersak va chiqindilar qora
metall ishlab chiqarishda
juda qadrli hisoblanadi va bu turdagi temir-tersak va chiqindilarga yuqori talablar
qo‗yiladi. Ularning bo‗laklari eritish pechlariga yuklash uchun qulay va tarkibida
simlar yoki sim mahsulotlari bo‗lmasligi kerak.
Tarkibida xrom (Сr) miqdori 0,1 foizdan ko‗p bo‗lmagan 08kp, 08, 05kp,
08YU, 08ps, 08fkp markali 1A turdagi temir-tersak va chiqindilar (№1 po‗latli
temir-tersak va chiqindilar), hamda bu turdagi boshqa temir-tersak va
chiqindilardan alohida holda yig‗iladi.