2. 2-rasm. Ikkilamchi qora metallarni hosil bo‘lish sxemasi
Qora metallarni asosan turli xil buyumlarni ishlab chiqarishda va qurilishda
ishlatiladi. Bu ikki yo‗nalishda qora metallarni ishlatilishi quyidagicha
taqsimlanadi (2.2-jadval).
Qora metallardan tayyorlangan buyumlarni muddatini o‗tab bo‗lishi, yaroqsiz
holga kelishi asosan buyumlarga fizik va ma‘naviy emirilish natijasida yuz beradi.
54
Shuning uchun keyinchalik ishlatishga yaroqsiz va o‗z qiymatini yo‗qotgan
mashinalarning, mexanizmlarning, uskunalarning ayrim qismlari yoki butunligicha
yangilarga almashtiriladi. Almashtirilgan qismlar yoki mashinalar, mexanizmlar,
uskunalar va qora metall temir-tersaklariga aylanadi. Amartizatsion temir-
tersaklarni hosil bo‗lishini asosiy manbalari bo‗lib quyidagilar xizmat qiladi:
1) asosiy vositalarni yo‗qolishi;
2) asbob-uskunalarni remont qilinishi va modernizatsiyalanishi;
3) almashunuvchan asbob-uskunalarni yaroqsiz holga kelishi;
4) unchalik qimmat bo‗lmagan, jihoz va asbob-uskunalarni sarfdan chiqishida.
Asosiy vositalarni yo‗qotishdan hosil bo‗lgan amortizatsion temir-tersaklar
avariyalar, tabiiy ofatlar natijasida yuzaga keladi. Avariya va tabiiy ofatlar
binolarni,
inshoatlarni,
truboprovodlarni,
paravozlarni,
ekskavatorlarni,
stanoklarni, qishloq va xalq xo‗jaligi mashina-mexanizmlarni, temir yo‗l va
tramvay izlarini, ishlatishga yaroqsiz holga keltiradi.
2.2–jadval.
Qora metallarni ishlatilish tasnifi
Mahsulot
Iste’mol qilish, %
Ishlab chiqarishda
Qurilishda
Prokat
66,0
34,0
Po‗lat trubalar
40,4
59,6
Cho‗yan trubalar
40,5
59,5
Metizlar
68,0
32,0
Po‗lat va cho‗yan quyish
100,0
-
Prokovkalash va shtampovkalash
100,0
-
Eskirgan relslar
-
100,0
Ishchi metall chiqindilari
100,0
-
Qolgan qora metallar
75,6
24,4
Remont va modernizatsiya natijasida hosil bo‗lgan amartizatsion temir-
tersaklarga almashtirilgan ehtiyot qismlar, detallar, mashina va mexanizm qismlari,
55
transport vositalari va asbob-uskunalar kiradi. Almashinuvchan asbob-uskunalarni
yaroqsiz holga kelishidan hosil bo‗lgan amartizatsion temir-tersaklarga
almashtirilgan qoliplar, muldalar, osttog‗ora (poddon) lar, kovshlar, cho‗michlar,
shlak kosa (chasha) lari, quyish moslamalari, texnologik moslamalar kiradi.
Unchalik qimmat bo‗lmagan jihoz va asbob-uskunalar narhi 50 dollardan ishlash
muddati 1 yildan oshmaydigan jihoz va asbob-uskunalarni buzilishidan hosil
bo‗ladi. Undan tashqari, amartizatsion temir-tersaklarni maishiy va egasiz
(besxoz), xarbiy va suv transporti (sudna) turlari ham mavjud.
Maishiy temir-tersaklar aholida metall buyumlar va ularni qismlarini
buzilishidan hosil bo‗ladi. Bularga metall krovatlar, kir yuvish mashinalari,
muzlatgichlar, metall idishlar, mototsikllar, velosipedlar, avtomashinalar, motorli
qayiqlar va h.k. kiradi.
Egasiz temir-tersaklari deb qaysi turga tegishliligini aniqlash mumkin
bo‗lmagan temir-tersaklar kiradi.
Harbiy temir-tersaklarga safdan chiqqan yoki ro‗yxatdan o‗chirilgan harbiy
texnikalar, aslahalar va qurol-yarog‗lar kiradi.
Suv transporti temir-tersaklarini, emirilish natijasida safdan chiqqan yoki
ishlatilish uchun yaroqsiz holga kelgan suvda yuruvchi ob‘ektlar tashkil qiladi.
Bularga barjalar, paroxodlar, katerlar, turli xil suv osti va usti kemalari kiradi.
Amortizatsion temir-tersaklarni hosil bo‗lishi davlat metall fondini hajmiga,
mashina, mexanizm va turli ob‘ektlarni qo‗llanish jadalligiga bog‗liq. Bu mashina,
mexanizm, turli ob‘ektlarni ishlatish muddati va ularni almashtirish imkoniyatlari
mexanikani rivojlanishini darajasiga bog‗liq.
Korxona va sexlarni shlak chiqindixonalarida yig‗ilib qolgan shlaklarni qayta
ishlash ham davlatni metall fondini hajmini oshirishga yordam beradi. Bu
chiqindixonalardagi shlaklarni metalga aylantirishda zamonaviy usullarni qo‗llash
metalni tannarhini ancha arzonlashtiradi. Shlaklarni qayta ishlash natijasida
chiqindixonalarni atrof-muhitga etkazayotgan zarari yo‗qolishi bilan birga ular
band qilgan erlar bo‗shaydi.
Metall chiqindilarini ishlatish deyilganda, cho‗yan va po‗latni eritishda, xalq
56
iste‘moli mollari ishlab chiqarishda temir-tersaklarni metallurgik xom ashyo
sifatida, hamda boshqa maqsadlarda qo‗llash tushuniladi. Qora metall temir-
tersaklari va chiqindilari juda ko‗p hollarda aglomerat, elektroferroqotishmalar,
cho‗yan, po‗lat, kimyoviy mahsulotlar, rangli metallar va keng iste‘mol mollari
ishlab chiqarishda, cho‗yan quyishda hamda boshqa maqsadlarda ishlatiladi.
Hozirgi kunda respublikamizda yig‗ilayotgan qora metall temir-tersak va
chiqindilarni asosiy qismi (90 foizdan ko‗proq) po‗lat ishlab chiqarishga
sarflanadi.
Jahon amaliyotida qora metall temir-tersak va chiqindilari quyidagi
jarayonlarda qo‗llanadi:
1) metall chiqindilarini mayda qirindi shaklida shixtaga qo‗shib rudalarni
aglomeratsiyalash jarayonida ishlatiladi. Bunda aglomerat tarkibidagi temir
miqdori ko‗payadi va mustahkamligi oshadi.
2) elektroferroqotishmalar (turli xil markadagi legirlangan po‗latlar ishlab
chiqishi kerak bo‗ladigan, boshqa elementlar bilan temir qotishmalarini
aralashmalari, ishlab chiqarishda albatta uglerodlangan po‗lat qirindilari
qo‗llaniladi. Bunda temir qotishma tarkibiga o‗tadi.
3) kimyoviy mahsulotlarni bir qancha turlarini va rangli metallarni ishlab
chiqarishda qora metall temir-tersak chiqindilarini qo‗llash, texnologik jarayonni
ajralmas qismi hisoblanadi. Bunda qora metall temir-tersak chiqindilari katalizator
yoki filtr rolini bajaradi.
4) bir qancha metallarni ishlab chiqarishda elementlarni ajratib olishda keng
qo‗llanilmoqda, masalan, maxsus kombinatlarda nikel va kobalt ishlab
chiqarishda legirlangan po‗lat chiqindilaridan bu elementlarni bir qancha markalari
ajratib olinadi.
5) yildan yilga qora metall temir-tersak chiqindilaridan xalq iste‘mol mollari
ishlab chiqarishda va sanoat miqyosidagi buyumlarini tayyorlashda keng
foydalanilmoqda.
6) qora metall temir-tersak va chiqindilarini qurilish ashyolari ishlab
chiqarishda keng qo‗llanilmoqda.
57
7) qora metall temir-tersak va chiqindilarini asosiy qismi kislorod konvertor,
bessemir jarayonlarida temir qotishmalarini olishda ishlatiladi.
8) elektropechlarda metall olishda legirlangan temir-tersaklarni qo‗llash
natijasida narhi qimmat bo‗lgan ferroqotishmalarni va boshqa legirlovchi
materiallarni sarflash kamaytiradi.
9) quyuv cho‗yanini eritadigan va erigan shixtasini tarkibida po‗lat temir-
tersaklarini 40 foizgacha etkazish mumkin. Elektropech shixtasining tarkibiga 10
foizgacha cho‗yan qo‗shish natijasida yuqori uglerodli asbobsozlik po‗latini olish
mumkin.
Yuqoridagilardan ko‗rinib turibdiki, qora metall temir-tersak va chiqindilarini
asosiy qismi cho‗yan va po‗lat eritishda ishlatilmoqda. Buning bir qancha
afzalliklari mavjud. Qora metall temir-tersak chiqindilarini ko‗p hajmda
ishlatilishi natijasida rudalardan metall olish kamaymoqda, metall olishda
ishlatiladigan turli xil qo‗shilmalarni (qimmatbaho ferroqotishmalar va bir
qancha legirlovchi materiallar) sarfi kamaymoqda.
Metall olish davomiyligi kamaymoqda va metall tann-narhi arzonlashmoqda.
Korxona va sexlarning shlak chiqindixonalaridagi turli xil chiqindilarni qayta
ishlashdan maqsad, chiqindilar tarkibidagi turli metallarni ajratib olish,
chiqindixonalarni atrof-muhitga ta‘sirini kamaytirishdir. Ciqindixonalardagi temir
shlaklarini maydalangan shaklda bo‗lishi, ularning qayta ishlashdagi ayrim
jarayonlarni chetlab o‗tishga olib keladi. Masalan, ularni navlarga ajratish,
qirqish, maydalash jarayonlarisiz qayta ishlash mumkin.
Dostları ilə paylaş: |