O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. U. Samadov, D. B. Xoliqulov. M. S. Saidova


 DAVLATNING METALL FONDI VA METALLNI



Yüklə 7,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/119
tarix20.11.2023
ölçüsü7,77 Mb.
#163018
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   119
64e07299cd869 Металлар рец (1)

2. DAVLATNING METALL FONDI VA METALLNI
AYLANMA HARAKATI. XALQ XO‘JALIGIDA METALL PARCHALARI 
VA CHIQINDILARINI HOSIL BO‘LISH MANBALARI 
 
2.1. Davlatning metall fondi va metallni aylanma harakati 
Qora va rangli metallardan tayyorlangan mashinalar, metall konstruksiyalar 
va boshqa predmetlar xizmat muddatini o‗tagandan so‗ng ham, o‗zlarining 
fizikaviy va kimyoviy xususiyatlarini yo‗qotmaydilar. Temir-tersaklarni 
xususiyatlari sababli metallarni xalq xo‗jaligida bir necha marotaba ishlatish 
mumkin. Bu amartizatsion temir-tersak va ularni chiqindilari davlatning metall 
fondining asosiy qismini tashkil qiladi. Amartizatsion temir-tersaklar va ularni 
chiqindilarini ko‗p qismini (70 foizdan ko‗p) asosiy vositalarini tuzatish, remont va 
modernizatsiya qilish natijasida hosil bo‗ladigan temir-tersaklar, chiqindilar hosil 
qiladi. Bu temir-tersaklarni boshqa guruhdagi amartizatsion temir-tersaklarga 
nisbatan ko‗pligi - davlatni metall fondini o‗sishi bilan tushuntiriladi. 
Davlatning metall fondi - bu xalq xo‗jaligidagi hamma asosiy va aylanma 
fondlar, aholining shaxsiy jihozlaridan tashkil topgan metall miqdoridir. Buning 90 
foizini qora metallar tashkil qiladi va amaliy jihatdan qora metallar fondini vujudga 
keltiradi. Davlatni metall fondi (qora metallar fondi) asosan cho‗yanni qayta eritish 
hisobiga vujudga keltiriladi va kengaytiriladi. Davlat metall fondini vujudga 
keltirishga metallarni va metall buyumlarni importi ham ta‘sir qiladi. 
Davlatni metall fondi tarkibiga quyidagilar kiradi: 
a) ishlab chiqarishdagi metallar, ya‘ni yombilar, prokatlar, trubalar, quymalar, 
temirchilik-presslash mahsulotlari, mashina va mexanizm detallari, montaj 
jarayonidagi mexanizmlar, metall konstruksiyalar; 
b) muomaladagi metallar, ya‘ni omborlardagi, ishlab chiqarish jarayonini 
to‗xtovsizligini ta‘minlash yo‗lidagi yarim tayyor mahsulotlardagi, tayyor metall 
buyumlardagi, ehtiyot qismlardagi metallar; 
v) foydalanilayotgan metallar, ya‘ni binolar, qurilmalar, mashina va 
moslamalar, uskunalar, priborlar, asboblar, aholini shaxsiy buyumlari.


47 
Davlat metall fondini asosiy va harakatdagi qismini foydalanilayotgan metallar 
tashkil qiladi. Buning miqdori uzoq muddatga xalq xo‗jaligiga sarflangan metallar 
ko‗lamidan, hamda metallarni o‗rtacha xizmat muddatidan aniqlanadi. 
Metallarni xizmat muddati - bu xalq xo‗jaligidagi asosiy va aylanma fondlar 
tarkibida, shaxsiy buyumlarda metallni turish davomiyligidir. Xalq xo‗jaligiga 
sarflanadigan metallar - metall olishga sarflanadigan mablag‗ hisoblanadi. Ya‘ni, 
ishlab chiqarishdagi metallarga aylanish jarayoni, metall fondini vujudga keltirish 
qismini tarkibiga kiradi. Davlat metall fondining ahvolini asosiy ko‗rsatkichlari - 
uning hajmi, tarmog‗i, moddiy va vaqt (yosh) strukturalari hisoblanadi. 
Respublikamizning metall fondining hajmi xalq xo‗jaligidagi asosiy va 
aylanma fondlaridagi, aholining shaxsiy buyumlaridagi metallar miqdoriga teng.
Davlat metall fondining tarmoq strukturasi deyilganda, xalq xo‗jaligining turli 
tarmoqlarida, ishlab chiqarishda, transportda, qora va rangli metallurgiya, 
mashinasozlikda, kimyo sanoatida metallarni taqsimlanishi tushuniladi. 
Davlat metall fondining moddiy strukturasi metallarni quyidagi asosiy fondlar 
bo‗yicha taqsimlanishini ko‗rsatadi: 
1) bino va inshoatlar; 
2) kuch mashina va mexanizmlari; 
3) ishchi mashina va uskunalar; 
4) o‗lchovchi va rostlovchi asboblar; 
5) transport vositalari; 
6) asbob uskunalar
7) ishlab chiqarish va xo‗jalik invertorlari. 
Davlat metall fondining vaqt (yosh) strukturasi yuqorida sanab o‗tilgan asosiy 
fondlar bo‗yicha taqsimlanishini yoki biror bir asbob uskunani (prokatni, po‗latni 
va cho‗yan trubalarni, relslarni, sanitar texnik moslamalarni, armaturalarni va 
boshqalarni) ishlash muddatiga bog‗liqligi tushuniladi. Ishlash muddati 5, 10, 20, 
40 yilgacha va 40 yildan ko‗p bo‗lishi mumkin. 
Davlatni metall fondini aniqlash juda qiyin iqtisodiy masala hisoblanadi, 
chunki metallar asosiy va aylanma fond shaklida butun respublika territoriyasida 


48 
tarqalgan bo‗ladi. Davlat metallar fondini aniqlash quyidagi uch asosiy hisoblash 
usullarida biridan amalga oshiriladi: 
1) natural usul; 
2) qiymat usuli; 
3) metall sarflash usuli. 
Natural usul turli xildagi, tarkibida metall bo‗lgan ob‘ektlarni (bino, qurilma, 
mashina, moslamalar va boshqalar) birlik miqdorini inventar (buyum, jihoz) 
hisobga olish haqidagi ma‘lumotlarini va har qaysi turdagi asosiy fondlar 
birligidagi metall massasi haqidagi ma‘lumotlarni foydalanishga asoslangan. 
Tegishli ma‘lumotlarni ko‗paytmasi va ularni yig‗indisi metall fondining taxminiy 
hajmini aniqlash imkoniyatini beradi. 
Qiymat usul asosiy fondlarning metall hajmini aniqlashga asoslangan. Bunda 
narhi taxminan 1000 dollarga teng bo‗lgan asosiy fondlarni guruh va turlar 
bo‗yicha metall miqdorini aniqlaydi. Asosiy fondlarning metall hajmi 
materiallarning qayta narhlash bo‗yicha, mashinalar sonini ro‗yxatga olish 
bo‗yicha, preyskurant bo‗yicha, qurilish-montaj ishlariga qora metallar sarf 
me‘yori bo‗yicha va boshqa ko‗rsatkichlar bo‗yicha aniqlash mumkin. Qiymat usul 
boshqa usullarga nisbatan ancha universal, chunki narh bo‗yicha baholash asosiy 
fondlarini butun qamrovini ta‘minlaydi. Asosiy fondlarning narhi buxgalteriya va 
statistika hisoblarida to‗htovsiz qayd qilinadi. Bu qayd qilish asosiy fondlarini 
narhi haqida ma‘lumotlar bor bo‗lgan har qanday territoriyada va har qanday 
vaziyatda metall fondi tarkibini va hajmini, metall hajmini aniqlash normalariga 
muvofiq hisoblash imkoniyatini beradi. 
Asosiy fondlarni bir qancha turlari bo‗yicha, hisobga olinayotgan ob‘ektlarni 
birligida metall hajmini bilvosita o‗lchagichlar qo‗llanilishi mumkin. Masalan, 
dam olish uylari, sanatoriyalar va kasalxonalarda - bir yotoq joyi bo‗yicha; yaslilar 
va bolalar bog‗chalarida - bir joy bo‗yicha; maktablarda-bir o‗quvchi bo‗yicha va 
boshqalar.
Metall sarflash usuli butun bir davlatni metall fondini umumiy hajmini 
hisoblash uchun qo‗llaniladi. Bunda asosiy fondlarni turlari bo‗yicha tarmoq va 


49 
territorial kesimdagi strukturalarini hisobga olinmaydi. Tarmoq va territorial 
kesimda metall fondi strukturalarini aniqlashda natural va qiymat usullarini 
kombinatsiyalari qo‗llanadi. So‗ngra metall sarflash usuli bilan natijalar nazorat 
qilinadi. 
Metallni aylanma harakatini sikli metallurgik ishlab chiqarishdan temir-tersak 
va chiqindi shaklida qayta ishlangungacha bo‗lgan davrga teng. Davlatda metallni 
aylanma harakati to‗xtovsiz va reja bo‗yicha amalga oshiriladi. 
Qora metal parchalari va chiqindilarini hosil bo‗lishi va qo‗llanilishi metallarni 
aylanma harakati bilan bevosita bog‗langan. Xalq xo‗jaligida metallni hech 
qanday isrof bo‗lmasdan, to‗xtovsiz aylanishi metallni aylanma harakati deyiladi. 
Xalq xo‗jaligida metallni aylanma harakati, uni rudadan olishdan boshlanib, 
metallurgik ishlab chiqarishni hamma jarayonlarida, metallga ishlov berishda, 
mashinalar, metall konstruksiyalar va boshqa buyumlar yasashda davom etadi. 
Metallarni bir qismi mashinalar, binolar, inshoatlar, priborlar, asbob uskunalar 
ko‗rinishida, bir qismi omborlarda va korxonalarda ishlab berish jarayonida, yana 
bir qismi yaroqsiz holga kelgan mashinalar, priborlar, metall konstruksiyalar va 
turli xil buyumlar, ya‘ni temir-tersak va chiqindilar ko‗rinishida bo‗ladi. Metallarni 
aylanma harakatida, metallurgik ishlab chiqarishni asosiy xom ashyosidan biri 
hisoblanadigan temir-tersak va chiqindilar asosiy o‗rinni egallaydi. 
Davlatda metallni aylanma harakati rejasiz va notekis borishi natijasida 
muddatini o‗tagan temir-tersak va chiqindilarni qayta ishlashga talab kamayadi. 
Temir-tersak va chiqindilarni narhi keskin tushadi. Bu davrda temir-tersak va 
chiqindilarni yig‗ish foydasiz bo‗lib qoladi. Yig‗ilib qolgan temir-tersak va 
chiqindilarni ko‗p qismi chang, zax, havo ta‘sirida emiriladi. Natijada metallni 
aylanma harakati buziladi, temir-tersak va chiqindilarni ko‗p qismi yo‗qoladi. 
Metallni qaytmasdan yo‗qolishi ishlab chiqarish jarayonidagi texnik sabablar 
va metall buyumlarni fizik emirilishida yuz beradi. Buning natijasida metall xalq 
xo‗jaligida o‗z qiymatini yo‗qotadi. Metallni aylanma harakati davrida metallni bir 
qismi ishqalanish, korroziya, mayda bo‗laklarga ajratilish natijasida yo‗qoladi. 
Metallarni ishqalanish natijasida yo‗qolishi bir qancha aniqlanishi qiyin 


50 
sabablarga bog‗liq. Ishqalanish natijasida yo‗qolish sharlarni, tegirmonlar yuzasini, 
relslar, tormoz kolotkalarini, ekskavatorlar cho‗michlarini, plug tishlarini, traktor 
zanjirlarini va turli xil asbob uskunalarni emirilishidan, uqalanishidan, 
maydalanishidan, ishqalanishdan yuz beradi. Korroziya natijasida metallni 
yo‗qolishi har doim to‗xtovsiz yuz beradi. Metall buyumlarni atrof-muhitni 
kimyoviy va elektrokimyoviy ta‘sirlari natijasida emirilish jarayoni korroziya 
deyiladi. Korroziya suv va havoda metall konstruksiyalarini zang bosishini, 
agressiv muhitda quvurlar (truboprovod) ni buzilishini, boshoqli panjaralarni 
qizdirganda teshilishini, ichki yonuv dvigatellarini buzilishini, metallarni 
qizdirganda to‗pon (okalina) lar paydo bo‗lishini vujudga keltiradi. 
Korroziya metallarni qaytmasdan yo‗qolishini vujudga keltirishdan tashqari, 
ko‗p metall konstruksiyalarini, mashinalarni, asbob-uskunalarni safdan chiqaradi. 
Mutaxassislarni ma‘lumotlariga ko‗ra, korroziya natijasida umumiy metall 
konstruksiyalarini 0,4-1,3 % (yiliga) yo‗qoladi. Bundan tashqari metallarni 
yo‗qolishi quyidagi sabablardan ham yuz berishi mumkin: 
1) temir-tersak va chiqindilar turli korxonalar, ustaxonalar, tashkilotlarning 
territoriyalarida sochilib yotadi. Bularni bir joyga yig‗ish, saqlash hamma joyda 
ham yaxshi tashkil qilinmaganidan; 
2) Aholining ko‗pchilik qismi yaroqsiz holga kelgan metall buyumlarni 
axlatxonalarga tashlashidan; 
3) Shaxtalarda, juda chuqur bo‗lgan gaz va neft quduqlarida quvurlarni, okean 
tubiga cho‗kkan kemalarni, temir-beton konstruksiyalarini ichida armaturalarni 
qolib ketishidan; 
4) yig‗ilgan temir-tersak va chiqindilarni ochiq joylarda, saqlash talablariga 
javob bermadigan sharoitlarda saqlanishidan. 
Metallarni aylanma harakatga qaytmasdan yo‗qolishini kamaytirish uchun 
temir-tersak va chiqindilarni yig‗ishni, saqlashni, kayta ishlashni va istemolchiga 
etkazib berishni (tashishni) takomillashtirish kerak bo‗ladi. 

Yüklə 7,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin