O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. U. Samadov, D. B. Xoliqulov. M. S. Saidova


  3.2. Rangli metallarning temir-tersak parchalari va chiqindilarini xalq



Yüklə 7,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/119
tarix20.11.2023
ölçüsü7,77 Mb.
#163018
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   119
64e07299cd869 Металлар рец (1)

 


70 
3.2. Rangli metallarning temir-tersak parchalari va chiqindilarini xalq 
xo‘jaligida turli marka, sinf va navlarga bo‘linishi 
Rangli metallarning temir-tersaklari va chiqindilar ishlab chiqarishda, 
ishlatish muddati o‗tishida, rangli metallardan turli xil detallar tayyorlashda hosil 
bo‗ladi. Ikkilamchi xom ashyo quyidagilarga bo‗linadi: 
1.
Amartizatsion chiqindilar. 
2.
Maishiy temir-tersaklar va chiqindilar. 
3.
Ishlab chiqarish chiqindilari. 
Xalq xo‗jaligida ikkilamchi xom ashyolardan ratsional foydalanish maqsadida 
rangli metallarning temir-tersaklari va chiqindilariga Davlat standarti belgilangan. 
Davlat standartiga muvofiq har bir turdagi xom ashyoni sifati aniqlanadi va 
iste‘molchiga etkaziladi. Ikkilamchi rangli metallarning temir-tersaklari va 
chiqindilarining kimyoviy tarkibi bo‗yicha guruh va markalarga, fizik 
xususiyatlariga ko‗ra - sinflarga va sifat ko‗rsatkichlari bo‗yicha nav (sort)larga 
ajratiladi. Ikkilamchi rangli metallarni fizik alomati - ularning qaysi temir-tersakka, 
qism chiqindilariga, list kesimlariga, shlamlarga yoki boshqa chiqindilarga 
tegishliligini aniqlaydi. 
Rangli metallarning temir-tersaklari va chiqindilari to‗rt sinfga bo‗linadi. Bu 
sinflarga quyidagi temir-tersaklar kiradi: 
1) A sinfga - temir-tersaklar va bo‗lak-bo‗lak chiqindilar; 
2) B sinfga - qirindilar; 
3) V sinfga - kukunsimon chiqindilar; 
4) G sinfga-boshqa chiqindilar. 
Guruhlar bo‗yicha bo‗linish, guruhda bir-biriga kimyoviy tarkibi bo‗yicha 
yaqin bo‗lgan qotishmalarni biriktirishiga asoslangan. Bunda bir guruhdagi temir-
tersak va chiqindilarni qayta ishlab mazkur tarkibdagi qotishmalar olish mumkin. 
Birinchi guruhga toza metallar, keyingi guruhlarga ularni qotishmalari kiradi. 

lyuminiy, mis, nikel, qalay, ruxni har bir sinfini oxirgi guruhlariga past sifatli 
aralashgan temir-tersak va chiqindilar kiradi. 
Temir-tersak va chiqindilarni navlarga bo‗lishda, ularni ifloslanishi, massasi va 


71 
o‗lcham (gabarit) lari hisobga olinadi.
Birinchi navga G sinfdan tashqari hamma temir-tersak va chiqindilar kiradi. 
Birinchi navga tegishli temir-tersak va chiqindilarni qo‗shimcha ishlov bermasdan 
metallurgik qayta ishlash mumkin. Past sifatli va G sinfga tegishli temir-tersaklar 
va ularning chiqindilaridan tashqari, barcha temir-tersak va chiqindilar maxsus 
pasport bo‗yicha etkazib beriladi. Bu pasportda temir-tersak va ularning 
chiqindilarini nomlanishi, sinfi, guruhi ko‗rsatiladi. 
Rangli metall va qotishmalarning temir-tersaklari va chiqindilari har bir xili 
(alohida metall), sinfi, guruhi yoki markasi alohida yig‗ilishi kerak. Ya‘ni bir 
metall temir-tersaklari va chiqindilari ikkinchi metall temir-tersaklari va 
chiqindilari bilan bir guruh, sinf, marka temir-tersaklari va chiqindilari ikkinchi 
guruh, sinf, marka temir-tersaklari va chiqindilari bilan aralashishi qa‘tiyan 
ta‘qiqlanadi. Faqat ayrim hollarda iste‘molchi bilan kelishilgan hollardagina 
aralashgan temir-tersak va chiqindilar yig‗iladi. 
Har qanday rangli metall va qotishmalarning sochiluvchan qirindilarining 
uzunligi 100 mm dan oshmasligi va 3 mm dan kam bo‗lmasligi kerak. 
Topshirilgan temir-tersaklari va chiqindilarni portlash xavfi bor-yo‗qligi 
tekshiriladi, portlash xavfi bo‗lgan detallar, qirindilari detal qismlari ajratib 
olinadi. Bundan tashqari barcha yig‗ilgan temir-tersaklari va chiqindilarning 
portlash xavfi bor-yo‗qligi nazorat shaklida tekshiriladi. 
Yopiq idishlar, rezervuarlar, balonlar, bochkalar, trubalar va boshqa jismlar 
ichi to‗liq bo‗shatiladi, bundan tashqari bu jismlarning ichi tekshiriladi. Standart 
bo‗yicha samolyot va harbiy texnika temir-tersaklari yoqilg‗idan, moylovchi 
materiallardan, suyuqliklardan tozalanadi. Bundan tashqari harbiy texnika temir-
tersaklari o‗q doridan, portlash xavfi bo‗lgan agregatlardan, qismlardan, 
detallardan ajratiladi. Portlash xavfi bo‗lgan temir-tersaklar keyingi qayta 
ishlashga yuborilishdan oldin, maxsus alohida maydonchalarda pirotexnik 
rahbarligida tekshiriladi. 
Navga bo‗linishi tegishli metallarni miqdori va zararlanishiga bog‗liq. Metall 
miqdori qancha ko‗p va zararlanish qancha kam bo‗lsa, rangli metallar temir-tersak 


72 
va chiqindilarining navi shunchalik yuqori bo‗ladi. Zararlanish deb ularda chang, 
moy, tuproq, namlik, kraska, saqich, izolyasiyalovchi va o‗rovchi materiallarni
turli xil begona qismlarini, temir-tersak va chiqindiga kirmaydigan turli detallarni 
borligiga aytiladi. Past navlarga hech qanday talablarga javob bermaydigan 
metallar kiradi. Rangli metall parchalari va chiqindilari xar bir metalni va 
qotishmasini aloxida eritish uchun xom ashyo hisoblanadi. Rangli metall 
parchalari va chiqindilarini qayta eritish quyidagi asosiy metallurgik pechlarida 
amalga oshiriladi: yallig‗ qaytaruvchi shaxtali, tigelli, elektro, yoyli, induksion va 
qarshilik pechlari. Alyuminiyli qotishmalar asosan alyuminiy temir-tersak va 
chiqindilarini elektropechlardan qayta eritish orqali olinadi. Bunda metalning 
kuyishi unchalik ko‗p bo‗lmaydi. Sifatli ikkilamchi alyuminiy olish uchun 
alyuminiy rafinirlanadi, ya‘ni turli xil aralashmalardan tozalanadi. Har qaysi 
metall va qotishmalarni temir-tersak va chiqindilardan eritib olish texnologiyasi 
o‗ziga xos xususiyatiga ega. Masalan: bronza va latunni eritish yallig‗ pechda olib 
boriladi. Dastavval suyuq vanna hosil qilish uchun bo‗lak-bo‗lak temir-tersaklar 
va ularni chiqindilari eritiladi. Keyin shixta yuklanadi. Shixta - bu pechlarda 
eritilishi kerak bo‗lgan ma‘danli xom ashyo bilan flyuslar qorishmasidir. 
Qizdirish rejimi shixtaning tarkibiga qarab o‗zgartiriladi: ya‘ni toza misni 
eritish, latunli chiqindilarini eritishga nisbatan jadal olib boriladi. Eritishni tezlatish 
uchun qattiq shixta aralashtiriladi. Paketlar po‗latli ilgak bilan tutiladi, 
yumshatiladi. 
Qiyin eriydigan shixtalar yuqori temperaturali zonalariga yuklanadi, ya‘ni 
hamma solingan narsalarning eng ustki qismiga tashlanadi. Gorizontal joylashgan 
yoyli elektropechlarda rux miqdori yuqori bo‗lgan qalayli bronza eritiladi. 1000-
1100
0
C temperaturaga qizdirilgan pechga dastavval zich shixta bo‗lmagan ruh 
metali bronza va mis temir-tersak va chiqindilari xomaki bronza zich shixta 
yuklanadi. Shixta flyus bilan qoplanadi. Qizdirish 1200

C ga etganda, latunli 
temir-tersaklar, bronza va latun qirindilari solinadi. Flyus - metallurgiyada shixta 
tarkibiga qo‗shiladigan va yuqori temperaturada keraksiz jismlar bilan reaksiyaga 
kirishib shlak hosil qiluvchi modda shlakning suyuqlanish temperaturasini 


73 
kamaytiradi. 
Hamma solingan xom ashyolar erigandan so‗ng shlak chiqarib yuboradi va 
qalay va qo‗rg‗oshin qizdiriladi. Metall 1100-1150
0
C temperaturada chiqarib 
olinadi. Qo‗rg‗oshinli ikkilamchi qotishmalarni akkumulyator chiqindilarni 
shaxtali pechda eritish orqali olish mumkin. Mayda sochiluvchan xom ashyolar 
qizdirilib biriktiradigan konveyer mashinalarda bo‗lak xoliga keltiriladi. 
Shixtali eritish jarayonida xomaki qo‗rg‗oshin yoki babbitlar ishlab chiqarish 
uchun qotishma olinadi. Unga o‗tkir, achchiq o‗yuvchi natriy xlor natriy va selitra 
bilan ishlov beriladi, bug‗ puflanadi, alyuminiy qo‗shib aralashmalardan 
tozalanadi. Bulardan ko‗rinib turibdiki, har qaysi markadagi temir-tersak va 
chiqindilardan rangli metallar va qotishmalar olish juda ham murakkab jarayon 
bo‗lib maxsus o‗rganishlarni talab qiladi. 

Yüklə 7,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin