87
1. Panjaralar yirik va ba‘zida o‗rta g‗alvirlash jarayonlarida qo‗llaniladi.
Panjaralar sterjenlar va kolosniklardan yig‗iladi.
2. Varaqsimon g‗alvirlar o‗rta g‗alvirlash jarayonlarida ishlatiladi. Ular
po‗latdan yasaladi va listlarga xar xil shakllar bilan shtamplanadi.
Listning
qalinligi 4-6 mm bo‗lib shtamplangan shakllarning o‗lchami 10 mm bo‗ladi.
SHtamplangan shakllari 30-60 mmlik listlar uchun qalinligi 8-10 mm bo‗lishi
kerak. So‗ngi vaqtlarda rezinali varaqsimon g‗alvirlar ishlatilmoqda . Ular
ishqalanishga chidamli va shovqinni kamaytiradi.
3. Metall sim tolalaridan to‗kilgan g‗alvirlar. Ular mayda g‗alvirlash
jarayonlarida qo‗llaniladi. Metall sim tolalari po‗lat, latun, mis, bronza va boshqa
xil metallardan yasaladi.
4. Tajribada katta bo‗laklarni maydalaridan to‗lig‗icha (100 foizgacha)
ajratib bo‗lmaydi. Elakdan o‗tmay qolgan xom ashyoda qisman bo‗lsada, mayda
mahsulotlar qoladi.
Katta bo‗klarni kichiklaridan ajralganini son bo‗yicha
aniqlash bilan
g‗alvirlash samaradorligi belgilanadi. g‗alvirlashning asosiy ko‗rsatkichlari
- ish
unumdorligi va samaradorlikdir. Bu ko‗rsatkichlar doimo bir-biri bilan bog‗liq
bo‗ladi. Odatda g‗alvirlashning ish unumdorligi g‗alvirning
kengligiga, sama-
radorligi uning uzunligiga bog‗liq.
G‗alvirlash jarayonlariga quyidagi omillar ta‘sir qiladi:
1. Materialning namligi yuqori bo‗lganda mahsulot to‗qimalari
orasiga tiqilib
qoladi va materiallarning yopishqoqligi ortadi. Odatda materialning namligi 10-12
foizdan yuqori bo‗lganda bunday xol yuz beradi. Shunda g‗alvirlashning
samaradorligi birdaniga pasayadi. Bunday hollarda g‗alvirlash
suvli muhitda
o‗tkaziladi.
2. Donador xom ashyoning geometrik shakli g‗alvirlashga ko‗proq ta‘sir
ko‗rsatadi. G‗alvirlashda eng samarali mahsulotlar
- aylanasimon shaklli xom
ashyolar hisoblanadi. Kub va ko‗p tomonli geometrik
shakldagi xom ashyo
o‗rtacha, uzunroq va yassi shakldagi xom ashyolar g‗alvirlashni qiyinlashtiradi.
88
3. G‗alvirning ishchi yuzasining qiyalik burchagi ortishi, to‗qimalar orasidagi
o‗lchamni kamaytiradi va materialning xarakat
tezligi ortishi natijasida
mahsulotning elanmasdan o‗tishi yuzaga keladi. Shuning
uchun qiyalik burchagi
eksperimentlar o‗tkazishlar natijasida belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: