Elektromagnit ajratishga 450 mm gacha bo‗lgan temir-tersak va
chiqindilarni qirindilari solinadi. Bu jarayondan maqsad ikkilamchi xom
ashyolardan ferromagnit jismlarni va temir miqdori ko‗p bo‗lgan detallarni
ajratishdir. Elektromagnit ajratgichlarni juda ko‗p turlari mavjud, bular
konstruksiyasini o‗ziga xosligi va ishlatish maqsadiga ko‗ra farqlanadi.
Elektromagnit ajratgichni biror turi tanlanganda, materialni yirikligi, temirni ajratib
olishning kerak darajasi, ishlab chiqarish unumdorligi hisobga olinadi.
Temir-tersak va chiqindilarni elektr o‗tkazuvchanliklari bo‗yicha saralash
ko‗p hollarda barabanli elektrostatik saralagichlar olib boriladi (4.10-rasm).
Elektrostatik saralagichlarda elektr o‗tkazuvchi zarrachalar baraban elektroddan
zaryad olib, undan qochadi. Dielektriklar esa o‗z og‗irlik kuchlari hisobiga
traektoriyasini o‗zgartirmasdan, barabanga yopishib pastga tushadi. Saralashda
to‗siqlarni moslab, zarrachalarni ajratadi olish mumkin (4.10.(a)-rasm).
Tojli saralagichlarda o‗tkazgichlar tojli elektrodda zaryadlanib, baraban
elektrodida zaryadsizlanadi va undan qochadi. Dielektriklar esa, qoldiq zaryad
hisobiga baraban elektrodga yopishib olib, u bilan birga aylanadilar, yarim
o‗tkazgichlar esa dielektriklar bilan o‗tkazgichlar orasida to‗planadilar
(4.10.(b)-rasm).
Tojli-elektrostatik saralagichlarda zaryadlanish zaryadsizlanish jarayonida
o‗ziga tortuvchi elektrod ham qatnashadi (4.10.(v)-rasm). Tojli elektroda
zaryadlangan o‗tkazgich zarracha baraban elektrodida zaryadsizlanib undan
qochadi va qo‗shimcha manfiy zaryadlangan elektrodga tortiladi. Bu mineralning
harakatlanish traektoriyasini kengaytirishga olib keladi.
89
4.10-rasm. Baraban saralagichlarning sxemalari: a) elektrostatik; b) tojli; v) tojli- elektrostatik saralagichlar;
1-bunker; 2-baraban; 3-elektrod; 4-elektrod; 5-barabanni tozalash shetkasi.