1. Kimyo fani nimani o’rganadi?



Yüklə 14,95 Kb.
tarix13.03.2023
ölçüsü14,95 Kb.
#87696
KIMYO YAKUNIY


1.Kimyo fani nimani o’rganadi?
Kimyo — moddalarning tuzilishi va oʻzgarishini oʻrganadigan fan. Kimyo boshqa fanlar qatori inson faoliyatining mahsuli sifatida vujudga kelib, tabiiy ehtiyojlarni qondirish, zaruriy mahsulotlar ishlab chiqarish, biridan ikkinchisini xosil qilish va, nihoyat, turli hodisalar sirlarini bilish maqsadida roʻyobga chiqdi. Odamlar qadimda rudalardan metallarni ajratib olish, turli xil qotishmalar tayyorlash va qoʻllash, jumladan, shisha tayyorlash va undan turli maqsadlarda foydalanishni bilganlar. Miloddan avvalgi Misrda kimyoviy jarayonlarga asoslangan hunarmandchilik rivojlanganligi maʼlum.
2.Oddiy va murakkab modda tushunchalarini izohlang. Oddiy moddalar — bular bitta elementning atomlaridan hosil
boigan moddalardir.
Masalan, oddiy modda ko'mir — uglerod elementining
atomlaridan, oddiy modda temir — temir elementining atomlari¬
dan, oddiy modda azot — azot elementining atomlaridan hosil
bo'lgan.
Murakkab moddalar, boshqacha aytganda, kimyoviy birik-
malar — bular turli xil elementlarning atomlaridan hosil bo‘lgan
moddalardir.
Masalan, mis (II) oksid mis elementi bilan kislorod elementining atomlaridan, suv vodorod bilan kislorod elementlari-
ning atomlaridan hosil boigan.„Oddiy modda“ tushunchasini „kimyoviy element1' tushun-
chasi bilan bir xil deb bo‘lmaydi
Oddiy moddalarga misollar: molekulyar (O2, O3, H2, Cl2) va atom (He, Ar) gazlar; uglerodning turli shakllari, yod (I2), metallar (faqat qotishmalar shaklida emas
3.Molekula nima? Molekula (lot. moles — massa) -muayyan moddaning barcha kimyoviy xossalarini namoyon qiladigan eng kichik zarrachasi. Bir xil (oddiy moddalarda) yoki har xil (kimyoviy birikmalarda) atomlardan tashkil topishi mumkin. Mustaqil ravishda mavjud boʻla oladi. Molekulaning xossasi uning tuzilishiga — qanday atomlardan tashkil topganiga, ularning soniga, atomlarning fazoviy joylashish tartibiga, ular oʻrtasidagi tortishish kuchining tabiatiga bogʻliq.
Hozirgi vaqtda Molekulaning tuzilishini kimyoviy usullar bilan bir katorda mukammal fizik asboblar vositasida anik, bilish mumkin.
4.Kimyoviy tenglama nima? Javob; kimyoviy reaksiyalarning kimyoviy formulalar belgilar va son koeffitsiyentlari yordamida berilgan qisqacha ifodasi

5.Atom va molekula tushunchalarini izohlang. Molikula; (lot.moles-massa)-muayyan moddaning barcha kimyoviy xossalarini namoyon qiladigan eng kichik zarrachasi. Atom; (qadimgi yunoncha atomos-bolinmas)-kimyoviy elemintning barcha xossalarini o’zida mujassamlashtirgan eng kichik zarrasi.

6.Moddalar massasining saqlanish qonunini tushuntiring Kimyoviy reaksiyaga kirishadigan moddalarning massasi reaksiya natijasida hosil bo’ladigan moddalarning massasiga teng. Moddalar massasining saqlanish qonuni materiyaning saqlanish qonunining bir ko’rinishidir .

7.Tarkibning doimiylik qonunini tushuntiring. Tarkibning doimiylik qonuni: har qanday toza modda olinish usuli va joyidan qatiy nazar bir xil doimiy tarkibga ega. C+O2->CO2


8.Ekvivalentlar qonunini tushuntiring. Moddaning ekvivalenti deb, uning 1 mol vodorod atomlari bilan birikadigan yoki kimyoviy raksiyalarda shuncha vodorod atomlarining o’rnini oladigan miqdoriga aytiladi.
Bir ekvivalent moddaning massasi ekvivalent massa, normal sharoitdagi hajm esa ekvivalent hajm deyiladi.Vodorodning ekvivalent massasi 1 g, ekvivalent hajmi
11,2 l. Kislorod uchun bu qiymatlar mos ravishda 8 g va 5,6 l bo’ladi.
Reaksiyaga kirishuvchi moddalar massalari ularning ekvivalent massalariga tog’ri proporsionaldir.
m1| m2=E1|E2

9.Karrali nisbatlar qonuni. Karrali nisbatlar qonuni. Karrali nisbatlar qonuni 1808 yilda Dalton tomonidan


yaratilgan.
Agar ikki element o`zaro ta’sirlashib bir necha birikmalar hosil qilsa,
elementlardan birining shu birikmalardagi ikkinchi elementning bir xil massa
miqdoriga to`ri keladigan massa miqdorlari o`zaro kichik butun sonlar nisbati kabi
nisbatda bo`ladi.
10.Hajmiy nisbatlar qonuni. Fransuz olimi Gey-Lyussak gaz moddalarning ta’sirlashuvini tekshirib, o’zining hajmiy nisbatlar qonunini kashf etdi. Bu qonun quyidagicha ta’riflanadi:
" O’zgarmas haroratda va bosimda reaksiyaga kirishgan gazlar hajmlarining o’zaro nisbati hamda reaksiya natijasida hosil bo’lgan gazlar hajmlariga nisbati butun kichik sonlar kabi bo’ladi".
Masalan:
11.Avogadro qonunini tushuntiring. Avogadro qonuni – teng hajmli ideal gazlarda bir xil bosim va bir xil temperaturada zarralar (atomlar, molekulalar) soni bir xil boʻladi. Avogadro qonuniga koʻra noreal sharoitda (1,01105 Pa, 0°S) istagan ideal gazning gramm molekulasi bir xil hajmni egallaydi. A. Avogadro 1811-yilda kashf qilgan.

12.Ideal gazholattenglamasiniformulasivaformuladagikattaliklarhaqida. Holat tenglamasi - sistemaning muvozanatli holatini ifodalovchi parmetrlarning oʻzaro bogʻlanishini koʻrsatuvchi matematik tenglik. Mas, aniq t massaga ega boʻlgan ideal gazning muvozanatli holati R bosim, V hajm, T temperaturadan iborat makroskopik parametrlar orqali toʻla ifodalanadi. Parametrlardan biri, mas, hajmning oʻzgarishi, albatta bosim va temperatura yoki ulardan birining oʻzgarishiga olib keladi. Holat tenglamasiga misol tarzida ideal gaz uchun Klapeyron — Mendeleyev tenglamasini keltirish mumkin:bunda M — gazning molyar massasi, Ya — gaz doimiysi.

13.Bosh kvant soni nimani anglatadi .Bosh kvant son (n) harfi bilan belgilanadi.elektronning umumiy energiya zahirasi va energetik pog’onaning nomerini ko’rsatadi.Odatda bosh kvant son butun sonlar to’plamidan iborat. Haqiqatda bosh kvant son 1 dan 7 gacha bo’lgan sonlar to’plamidan iborat.Bosh kvant son qiymati ortgan sari elektronning umumiy energiya zahirasi ortib boradi.
14.Orbital kvantsoninimanianglatadi? Orbital kvant son l harfi bilan belgilanadi. Orbital kvant sonining qiymati 0 dan boshlanib bosh kvant sondan bir qiymat kam qabul qiladi. l=n-1
n 1 2 3 4 5 6

l 0 1 2 3 4 5

Belgisi s p d f g h
Orbital kvant soni elektron bulut shaklini elektron bulut o’lchamini ko’rsatadi. n=1 va l=0 yozuv elektron bulut shakli shar holatda ekanligini va elektron pog’onalar soni 1 tengligini ko’rsatadi.
15.Magnitkvantsoninimanianglatadi? Magnit kvant soni m harfi bilan belgilanadi. Elektron bulutlarni fazodagi vaziyatini ko’rsatadi.Magnit kvant soni qiymati orbital kvant soniga bog’liq. m=2l+1. Magnit kvant soni qiymati 0 ni qabul qilgan holda butun sonlar to’plamidan iborat. Uni qiymati ± qiymatlar to’plamidan iborat bo’ladi (m=0,+1,+2,+3,+ +i).

16.Spin kvantsoninimanianglatadi? Spin kvant soni s harfi bilan belgilanadi(spin- urchug’).Elektronning o’z o’qi atrofida aylanish yo’nalishini tasniflaydi. Uni qabul qiladigan qiymatlari ikkita +1|2 va – 1|2.

17.Pauli prinsipinitushuntiring.
Volfgang Pauli(1925 y.) prinsipiga ko’ra to’rttala kvant soni bir xil bo’lgan ikkita elektron bo’lishi mumkin emas.
Atomdagi elektronlarning holati to’rtala kvant soni bilan tasniflanishi mumkin (s, p, d, f).Ular elektronning spini,energiyasi,fazodagi elektron bulutning hajmi va shakli hamda yadro atrofida bo’lish ehtimolligini ko’rsatadi.
Atomning bir kvant holatdan ikkinchisiga o’tishida kvant son o’zgarib, elektron bulut o’z tuzilishini o’zgartiradi.Bunda atom energiya kvantlarini yutadi yoki chiqaradi.
18.Gund qoidasi tushuntiring Gund qoidasiga binoan atomda elektron spinlar yig`indisi maksimal qiymatga
ega bo`lgan holatda atom energetik afzallikka ega bo`ladi. Pog`onachalarning har
bir orbitalida elektronlar toq xolda joylashadi (yuqorida aytib utilgan yarim to`lgan
xolatlar hosil bo`lganiga qadar), keyingi joylashadigan elektronlar toq elektronlarni
juftlashgan xolatga keltiradi va ayni pog`onacha elektronlar bilan to`lib bo`lgandan
keyin elektronlar Кlechkovskiy qatoridagi keyingi pog`onachalarda joylasha
boshlaydi.

19.Klechkovskiyning qoidalarini tushuntiring l)ning yig'indisi kichiq bo'lsa, shu xolatda to’rgan elektronning energiyasi minimal qiymatga ega bo'ladi.(Klechkovskiyning 1 - qoidasi. Ikki xolatdan qaysi biri uchun (n


l) yig'indisi teng qiymatga ega bo'lsa, bosh kvant soni kichiq bo'lgan xolat minimal energiya qiymatiga ega bo'ladi.(Klechkovskiyning 2 - qoidasi. Agar berilgan ikki holat uchun (n
Elektronlarning energetik pog'onasi va orbitalari buylab joylashishi elementning elektron konfigurasiyasi deb ataladi. Atomda elektronlarning pog'onachalarga taqsimlashda quyidagi uch qoida nazarda tutiladi.
20.Atomyadrosiningtarkibitushuntiring. Atom yadrosi – nuklonlardan – protonlar (r) va neytronlar (i)dan tash-kil topgan atom oʻzagi. Atom yadrosining xususi-yatlarini oʻrganishda yadro kuchlari katta ahamiyatga ega boʻladi. Atom yadrosida gravita-sion va elektromagnit kuchlar ta’siri kam boʻlsa ham Atom yadrosi xossalariga ta’siri boʻladi. Yadro kuchlarining ta’sir radiusi juda kichik, 10~13 sm. Yadro kuchlari yadroning spiniga va izotop spiniga bogʻliq.
21.Izotop nima? Izotoplar (izo... va yun. topos — joy, oʻrin) — bitta kimyoviy elementning tartib raqamlari teng , atom massasilari har xil boʻlgan atom turlari. I.ning atom yadrosidagi protonlar soni teng , ney-tronlar soni esa har xil (atom qobi-gʻidagi elektronlar soni ham teng) boʻlganligi sababli ularning fizik va kimyoviy xossalari deyarli bir xil boʻladi. Elementning I. i yadro zaryadiga, atom yadrosidagi neytronlar soniga, binobarin, atom massasiga qarab bir-biridan farq qiladi. 22.Izobar nima? Izobarlar (qadimgi yunoncha: ἴσος, isos va βάρος, baros — „vazn“, „ogʻirlik“) — bir xil sondagi nuklonlar A dan, lekin soni har xil boʻlgan protonlar Zea neytronlar N dan tashkil topgan turli kimyoviy elementlarning atomlari tarkibidagi yadrolar (mas, 32Ge77, 33As77, 34Se77 va b.). Neytron massasi proton massasidan 1,3 MeV ga katta. Shuning uchun izobarlar bir xil nuklonlarga ega boʻlishiga qaramay, neytronlar va protonlar soni turli miqdorda boʻlganligi uchun, massalari boʻyicha birbiridan farq qiladi

23. .Ionlibog‘lanishnitushuntiring Ionli bogʻlanish kimyoviy bogʻlanishning bir turi boʻlib, u qarama-qarshi zaryadlangan ionlar yoki elektromanfiyligi keskin farq qiluvchi ikki atom oʻrtasidagi elektrostatik tortishishni oʻz ichiga oladi[1] va ionli birikmalarda yuzaga keladigan asosiy oʻzaro taʼsirdir

24.Kovalentbog‘lanishnitushuntiring. Ionli bogʻlanish kimyoviy bogʻlanishning bir turi boʻlib, u qarama-qarshi zaryadlangan ionlar yoki elektromanfiyligi keskin farq qiluvchi ikki atom oʻrtasidagi elektrostatik tortishishni oʻz ichiga oladi[1] va ionli birikmalarda yuzaga keladigan asosiy oʻzaro taʼsirdir Kimyoviy birikma 2 xil bo’ladi: 1) qutbli va 2) qutbsiz

25.Donor-akseptorbog‘lanishnitushuntiring. Donor-akseptor bogʻ, koordi natsion bogʻ — kimyoviy (kovalent) bogʻning bir turi. D.-a. b. bir atom (donor)ning bir juft elektroniga boshqa atom (akseptor)ning boʻsh (toʻlmagan) elektron qavati toʻgʻri kelganda sodir boʻladi. Bu bogʻlanishda ham elektronlar ikki atom uchun umumiy boʻladi. Ammiak bilan vodorod ioni (proton) ning oʻzaro taʼsiri natijasida ammoniy ioni hosil boʻlishi bunga yaqqol misoldir.

26.Vodorodbog‗lanish. Водород боғланиш - кўпинча донор-акцектор реакцияларда борадиган боғланиш. Масалан: H2O = HOH га тенг. Сабаби сув, 2та Водород 1та Кислороддан ташкил топган.
Vodorod bogʻ — bir yoki ikki molekuladagi ikki yoki bir necha atom orasida vodorod atomi orqali bogʻlanish. Vodorod boshqa elementlardan atomida yagona elektroni borligi bilan farq qiladi. U bu elektronini elektr-manfiyroq elementga berib, ionli yoki qutbli birikma hosil qilganida, uning yadrosi (N+) butunlay yoki bir qadar elektrsizlanadi. N+ ionining radiusi juda kichik boʻlganligidan, u oʻz atrofida anchagina kuchli elektr maydonini vujudga ke l tirad i.

27.Tuzlarning gidrolizlanishini tushuntiring. Tuz ionlarining suv bilan ta’sirlashib kuchsiz elektrolit hosil qilish reaksiyasiga tuzlar gidrolizi deyiladi. Barcha tuzlarni ularni hosil qilgan asos va kislotaning kuchiga qarab to’rtga bo’lish mumkin.

28.Kuchliasosvakuchsizkislotadaniborattuzlaninggidrolizlarnishinitushuntiring. Kuchli asos va kuchli kislotalardan hosil bo’lgan tuzlar gidrolizga uchramaydi, ya’ni ularning ionlari suv bilan ta’sirlashib kuchsiz elektrolitlar hosil qilmaydi.

29.Kuchsizasosvakuchlikislotadaniborattuzlaninggidrolizlarnishinitushuntiring. Kuchsiz asos va kuchli kislotadan hosil bo’lgan tuzlar kation bo’yicha gidrolizlanadi, eritma muhiti kislotali bo’ladi. Agar kuchsiz asos bir kislotali bo’lsa, gidroliz reaktsiyasi bir bosqichdan iborat bo’lib, bunda kuchsiz asos va kuchli kislota hosil bo’ladi.


NH4Cl + H2O = NH4OH + HCl
NH4+ + Cl- + H2O = NH4OH + H+ + Cl-
NH4+ + H2O = NH4OH + H+ muhit kislotali, pH < 7.
30.Kuchsiz asos va kuchsiz kislotadan iborat tuzlarning gidrolizlarnishini tushuntiring.

31.Oksidlanishdarajasidegandanimanitushunasiz Oksidlanish darajasi, oksidlanish soni — oksidlanish reaksiyalarini talqin qilishda valentlik oʻrnida ishlatiladigan tushuncha. Kimyoviy birikmani batamom ionli tuzilishga ega deb faraz qilinsa, uning tarkibidagi biror elementning shartli zaryadi shu elementning oksidlanish darajasi deb ataladi. Elementlarning Oksidlanish darajasini aniklashda doim kislorodning Oksidlanish darajasini —2, vodorodnikini +1 deb qabul qilinadi. Metall ionlarining Oksidlanish darajasi ularning zaryadiga teng deb olinadi. Mas, suv N2O da vodorodning O.D.+1, kislorodniki —2 dir. Kaliy yodid KJ da kaliyning Oksidlanish darajasi +1, yodniki —1 dir. Erkin elementlarning Oksidlanish darajasi O ga teng qabul qilingan.

32.Oksidlovchilardegandanimanitushunasiz? Atom yoki ionlari reaksiya jarayonida elektron biriktirib oladigan moddalar oksidlovchilar,elektron beradigan moddalar

33.Qaytaruvchilardegandanimanitushunasiz? elektron beradigan moddalar esa qaytaruvchilar deb ataladi Sizning tanangiz oksidlanish-qaytarilish reaksiyasidan foydalanib oziq-ovqatlar va kislorodni energiyaga hamda suv va CO2CO2​start text, C, O, end text, start subscript, 2, end subscript ga aylantiradi. Keyin biz nafas olish orqali ularni chiqarib yuboramiz. Sizning elektronikangizdagi batareyalar ham oksidlanish-qaytarilish reaksiyalariga tayanadi, ular haqida elektrokimyoni oʻrganganimizda koʻproq bilib olasiz. Atrofingizda sodir boʻlayotgan boshqa oksidlanish-qaytarilish reaksiyalariga misollar topa olasizmi?

34.Molekulalararooksidlanish-qaytarilishreakstiyalarinitushuntiring. Molekulararo oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida oksidlovchi va qaytaruvchi turli molekulalarda bo’ladi.
0 +6 +2 +4
Cu + 2H2SO4= CuSO4+SO2 + 2H2O
Cu0 -2 ®Cu+2 2 1
S+6 -2 e ® S+4 2 1

CuSO4+Zn=ZnSO4+Cu

Zn0 -2e → Zn+² 2 1
Cu+2 +2e ® Cu0 2 1
35.Ichkimolekulyaroksidlanish-qaytarilishreakstiyalarinitushuntiring. Ichki molekulyar-oksidlanish qaytailish reaksiyalarida oksidlovchi va qaytaruvchi
Bitta molekulani o’zida lekin har xil element atomlari ba’zan bir xil element
atomlari ham bo’lishi mumkin:
2KNO3=2 KNO2+ O2
4HNO3=4NO2+2H2O+O2
2 Ba(NO3)2=2BaO+4NO2+O2
(NH4)2Cr2O7=Cr2O3+N2+H2O
2HgO= 2Hg+O2
2KClO3=2KCl+3O2
36.Disproporstiyalanishlioksidlanish-qaytarilishreakstiyalarinitushuntiring. Disproporsiyalanish yoki o’z-o’zidan oksidlanish –qaytarilish reaksiyalari
Molekula tarkibidagi bir xil element atomoning oksidlanish darajasi ham ortadi, ham kamayadi:
3K2MnO4+2H2O=2KMnO4+MnO2+4KOH
3KCIO=2KCI+KCIO3
3HNO2=HNO3+2NO+H2O
Na2SO3=3Na2SO4+Na2S
6NaOH+3S=2Na2S+Na2SO3+3H2O
2KOH+CI2=KCI+KOCI+H2O
6KOH+3CI2→5KCI+KCIO3+3H2O
37.Davriyqonun Kimyoviy elementlar davriy sistemasi (boshqa nomlari: Davriy jadval, Mendeleyev davriy sistemasi) — kimyoviy unsurlarni ularning atom raqami, [[elektron konfiguratsiyasi]fig ] va davriy takrorlanuvchi kimyoviy xossalariga asoslangan holda jadval shaklida tasvirlashdir. Unsurlar unda atom raqamlari (protonlari soni) oshib borishi tartibida joylashgan

38.Atom kristallpanjara ) Atomli kristall panjara - kristall panjara tugunlarida atomlar joylashadi. 

Xossalari - Kristall panjara tugunlarida atomlar tutadi. Bog’lanishi puxta kovalent.
Suyuqlanish va qaynash t
0
39.Molekulyarkristallpanjara molekulya kristal panjara –kristall panjara tugunlarida molekulalar joylashadi. 
хзщзшщз
Xossalari - Kristall panjara tugunlarida molekula tutadi, Bog’lanishi kovalent, Suyuqlanish
va qaynash t
40.Ionlikristallpanjara Ion kristall panjara - kristall panjara tugunlarida ionlar joylashadi. M; osh tuzi NaCl da
1 ta Na ni 6 ta xlor 1 ta xlorni 6 ta Na ionlari o’rab turadi.

Xossalari - Kristall panjara tugunlarida ionlar tutadi. Bog’lanishi ionli. Suyuqlanish va


qaynash t
0
41.Bog’lanishenergiyasi Bog’lanish energiyasi — atomlar orasidagi bog’ni uzish uchun talab etiladigan minimal energiya miqdori bilan o’lchanadi.
Molekulalardagi bog’larni energetik jihatdan tavsiflash uchun ulardagi elektronlar zichligining atomlar orasida taqsimlanishini va elektronlarning energetik sathi haqidagi ma’lumotlarga asoslanish kerak.
42.Bog’ uzunligi Kimyoviy bog'ning uzunligi r harfi bilan 
belgilanib, A (nm)da ifodalanadi. Bog'ning uzunligi deb, kimyoviy 
bogManishning hosil boMishida ishtirok etgan atomlar yadrolari 
o ‘rtasidagi masofa tushuniladi. Vodorod molekulasidagi H —H 
bogMning uzunligi /{H—H) = 0,074 nm. Uchta gaz molekulasini 
ko'radigan boMsak chapdan o ‘ngga tomon kimyoviy bogManish 
energiyasi kamayadi, uzunligi esa ortadi.

43.Bog’ningyo’naluvchanligi Elektron bulutlarning shakli har xil bo’lgani uchun ularning bir-birini qoplashi ham har xil usullarda bo’ladi. Elektron bulutlarning qoplanishi va simmetriyasiga qarab bog’lar - sigma ( s-s), pi ( -p) va delta ( d -d) bog’larga bo’linadi.


s - s bog’lanish o’zaro birikuvchi atomlar orasida birgina valent chiziq bilan tasvirlanadigan yakka bog’lanish hosil bo’lganda s elektron bulutlarning o’zaro qoplanish fazosi atom markazlarini tutashtiruvchi chiziqda yotsa hosil bo’ladi.
p - p bog’lanishda elektron bulutlarning qoplanish fazosi atom markazlarini tutashtiruvchi chiziqni ikki tarafidan yotadi .
d - d bog’lanishda to’rttala elektron bulutlarning qoplanishidan hosil bo’ladi.
s -orbitallarning elektronlari sigma bog’lanishda ishtirok etadi.

H2 ® H - H

44.Bog‘ tartibi (karraliligi)

45.Gibridlanishnima? Masalan , BeF2 molekulasini olsak. Har bir ftor atomi bittadan juftlashmagan elektronlarga ega. Bu elektron kovalent bog’ hosil qilishda ishtirok etadi. Berilliy atomi qo’zg’almagan holatda juftlashmagan elektronlarga ega emas. Berilliy atomi qo’zg’algan holatga o’tganda 2s holatda 1 elektronga va 2r holatda 1 elektronga ega bo’lib bu elektron bulutlarning qo’shilishidan sp gibridlanish yuzaga keladi. Shunday qilib, berilliy xlorid molekulasi chiziqli tuzilishga ega. Valent bog’lar orasidagi burchak 180 o .

46.disperssistemalarnima? Dispers sistemalar - ikki yoki undan ortiq fazalarning tekis tarqalgan mayda zarralaridan tuzilgan geterogen sistemalar. Odatda, fazalardan biri uzluksiz dispersion muhit hosil qilib, boshqa fazalar (bir yoki bir nechta dispersion fazalar) esa shu muhitda mayda kristallar, qattiq amorf zarralar, tomchilar yoki pu-fakchalar shaklida bir tekis tarqaladi

47.Eritmanima? Eritma — bu moddaning maʼlum temperatura taʼsiridagi suyultirilgan , erish va qaynash nuqtalari o‘rtasidagi holatdir.


Qoidaga ko‘ra, amaliyotda, eritmalar qatoriga, kimyoviy reaksiya natijasida suyuq agregat holatda, normal sharoitda esa asosan qattiq agregat holatida bo‘lgan moddalar kiritiladi. Masalan, suyuq suv va spirt, suyultirilgan gazlar garchi ular eritma atamasiga taʼrifda keltiriladiganidek fizik va kimyoviy xossalariga ko‘ra suyuq bo‘lsada, eritmalar qatoriga kiritilmaydi.
48.Foizlikonsentratsiya foiz konsentratsiyasi bu aralashmaning yoki eritmaning yuz qismidagi eruvchan moddaning nisbatini ifodalash usuli. Shuni ta'kidlash kerakki, ushbu "qismlar" massa yoki hajm birliklarida ifodalanishi mumkin. Ushbu kontsentratsiya tufayli eritmaning tarkibi ma'lum bo'lib, u toza birikmadan farqli o'laroq doimiy emas

49.Molyarkonsentratsiya Molyarlik yoki molyar konsentratsiya bir litr eritmada erigan moddaning mol miqdorini koʻrsatadi Molyar konsentratsiya eritmaning hajmi orqali erigan moddaning massasini yoki molini topish uchun qoʻllanadi.


50.Normal konsentratsiya Normal konsentratsiyani (CN) o‘lchov birligi N (normal)dir. Normal kon-sentratsiyada eritma hajmini l da o‘lchanadi.

Shu formuladan erigan moddaning ekvivalent miqdorini (nekv) aniq lash uchun, eritmani normal konsentratsiyasini (CN) eritma hajmiga (V) ko‘paytirish kerak bo‘ladi.



51.Izomeriyanima? Izomeriya (izo... va yun. meros — qism, boʻlakcha) — tarkibi va molekulyar massasi bir xil boʻlib, tuzilishi, fizik hamda kimyoviy xossalari har xil birikmalar mavjudligi. Asosan, organik birikmalarda uchraydi. Strukturaviy va fazoviy izomeriyalar farq qilinadi. Strukturaviy izomeriya molekulada atomlarning bogʻlanish tartibi bilan ajralib turadi.

52.Moddanima ? Modda — tinch holatda massaga ega boʻlgan zarralar majmui; umumiy tinchlik massasi nolga teng boʻlmagan elementar zarralar (asosan, elektron, proton va neytron). modda gaz, suyuqlik, qattiq jism va plazma holida boʻladi. Modda — materiyanmt asosiy shakllaridan biri. Kvant mexanika, elektrodinamika va elementar zarralar fizikasi taraqqiyoti natijasida fizik reallikning moddadan boshqa shaklda — maydon shaklida boʻlishi ham aniqlandi
Yüklə 14,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin