GAZLARNING ZICHLIGI OID MASALALAR.
1. Vodorodning normal sharoitdagi zichligini hisoblang.
2. Kislorodning normal sharoitdagi zichligini hisoblang.
3. Xlorning normal sharoitdagi zichligini hisoblang.
4. Propanning normal sharoitdagi zichligini hisoblang.
5. Oltingugurt (IV)-oksidning normal sharoitdagi zichligini hisoblang.
6. N.sh dagi zichligi 1,25 g/l bo’lgan gazning molekulyar massasini toping.
7. N.sh da o’lchangan gazning 1 litri 0,759 g/l ni tashkil etadi. Uning molyar massasini toping.
8. N.sh dagi zichligi 1,518 g/l bo’lgan gazning molekulyar massasini toping.
9. N.sh da olchangan 224 ml gazning og’irligi 0,44gr ni tashkil etadi. Uning molyar massasini toping.
10. N.sh da zichligi 2,0536 g/l bo’lgan gazning, 3,36 litri (n.sh.da) necha gr keladi.
11. Kislorodning vodorodga nisbatan zichligini aniqlang.
12. Xlorningning azotga nisbatan zichligini aniqlang.
13. Xlorning xavoga nisbatan zichligini aniqlang.
14. Azotning xavoga nisbatan zichligini hisoblang.
15. Geliyning neonga nisbatan zichligini aniqlang.
16. Havoga nisbatan zichligi 0,586 bo’lgan gazning molyar massasini hisoblang.
17. Vodorodga nisbatan zichligi 15 bo’lgan gazning molyar massasini hisoblang.
18. Kislorodga nisbatan zichligi2 bo’lgan gazning molyar massasini hisoblang.
19. Geliyga nisbatan zichligi 11 bo’lgan gazning molyar massasini hisoblang.
20. Havoga nisbatan zichligi 1,172 bo’lgan gazning molyar massasini hisoblang.
MENDELEYEV -KLAPEYRON TENGLAMASI.
1. 50 gr vodorod 200 kPa bosimda va 20°C dagi hajmini toping.
2.80 gr kislorodni 120 kPa bosim va 33°C dagi hajmini toping.
3.260 gr atsetilen 220 kPa bosim va 60°C dagi hajmini toping.
4.6,8 gr H2S ni bosim 110 kPa, temperatura 17°C dagi hajmini toping.
5. Metanni 3,2 gr ni bosim 80 kPa,
temperatura 40°C hajmini toping.
6.4,4 gr CO2 ni bosim 50 kPa va 40°C dagi hajmini toping.
7.4,375 gr CO ni (P-140 kPa,T-70°C) hajmini toping.
8.4,25 gr NH3 ning bosim 250kPa,temperatura 200°C dagi hajmini toping.
9. 17 gr PH3 ni 140 kPa bosim va 227 °C dagi hajmini toping.
10. Temperatura 20°C bosim 300 kPa da o’lchangan 20 l O2 ni massasini gr toping.
11.55°C va bosim 160 kPa da o’lchangan 30 l suvning massasini gr toping.
12.Quyidagi malumotlardan foydalanib azotning massasini gr toping.(P-50 kPa,V-40 l,T-90°C)
13.HNO3 ning 55°C va bosimi 160 kPa dagi 15 litrini massasini gr hisoblang.
14. 150°C da va 250 kPa da o’lchangan 15 l H2S ning massasini toping.
15. 30 l is gazining massasini hisoblang. (T=110°C;P=420 kPa).
16. Argonning quyidagi sharoitdagi massasini hisoblab toping. Bosim 20 kPa, temperatura 60°C va hajm 15 l.
17. 10 °C,P-30 kPa,V-5 l da o’lchangan H2 massasini hisoblab toping.
18. 6,8 gr vodood sulfid 200°C da 20 l hajmni egallasa shu sharoitdagi bosimni toping.
19. 12,8 gr sulfit angidrid 100°C da 15 l hajmni gallasa bosimni toping.
20. 19,6 gr SO3 150°C da 25 l hajmni egallaydi.shu sharoitdagi bosimni hisoblab toping.
21. Etilenning 2,8 grmi 40°C da 5 l hajmni egallasa bosimni toping.
22. 4,015 gr vodorod xloridni 50°C dagi hajmi 10 l bo’lsa bosimni toping.
23. 46 gr NO2 ning quyidagi sharoitda o’lchangan bosimni hisoblab toping.(120°C va hajm 250 l)
24.150 gr NO ning 220°C da 300 l hajmni egallasa bosimni toping.
25. Hajmi 20 l li ballonda 3 kg kislorod bor. 20°C da ballondagi kislorodning bosimi qanchaga tеng bo’ladi?
26. 94658,9 Pa va 91°C da gazning hajmi 610 ml ga tеng. Bu gaz (n.sh.da) qancha hajmni egallaydi.
27. 7 gr azotning 45°C va 98658,6 Pa dagi hajmini hisoblang.
28. 2,09 gr gaz 95740,2 Pa va 42°C da 950 ml hajmni egallaydi. Shu gazning havoga nisbatan zichligini va molеkulyar massasini hisoblang.
29. 2 l gaz 54°C va 1,29 atm bosimda 1,92 gr kеladi. Shu gazning molеkulyar massasini aniqlang.
30. Biror modda bug’ining73,9 grami 254°C va 1,25 atm. bosimda 32,8 l hajmni egallaydi. Shu moddaning molеkulyar massasini aniqlang.