6.2.3. Mis tarkibli temir-tersak va chiqindilarni sulfat kislotada va
ammiakli eritmalarda eritish
Sulfat kislotada
eritish granulalangan, maydalangan mis, mis kuyindilar, mis
asosli turli xil qotishmalardan tashqari kompakt metallar ustida ham olib boriladi.
Sulfat kislotada eritish truboaeratorli yoki mexanik aralashtiriladigan apparatlarda,
hamda avtoklavlarda olib boriladi. Hozirgi kunda kislotaga chidamli bo‗lgan
titandan apparatlar tayyorlanmoqda.
Bundan tashqari, hali ham uglerodli po‗latdan tayyorlangan, ichki tomoni titan
listdan
futerovkalangan
apparatlar
keng
ishlatilmoqda.
Aralashtiruvchi
moslamalar, uzatuvchi quvurlar, ventillar (jo‗mraklar), shtuserlar titandan yoki
rezina qoplangan po‗latdan tayyorlanadi. Sulfat kislotali eritmalarga titanni
korroziyaga bardoshliligi 6.10-jadvalda keltirilgan ma‘lumotlar bo‗yicha mulohaza
qilish mumkin.
Eritma o‗tkir yoki quruq bug‗ bilan isitiladi. Xom ashyoni turiga qarab eritish
bir necha minutdan, bir necha soatgacha davom ettirilishi mumkin. Masalan: mis
simlar 3,2 kg/min, chang aralashgan toza mis 8,8 kg/min, changlangan qora mis
10,2 kg/min, mis kuyindi 20 kg/min eriydi.
Eritishga 120-150 g/l konsentratsiyali aylanma H
2
SO
4
eritmasi solinadi.
Harorat 75-85
0
C davomiyligida olib boriladi. Eritmaga mis bilan birga ruh, nikel,
175
temir ham o‗tadi. Eritma ma‘lum vaqt tindiriladi. Bunda yirik zarrachalar eritma
tubiga cho‗kadi. Eritmaga mis va ruhni 94-98 foizi, nikelni 76 foizi, temirni 62
foizi, qalayni 1,3 foizi, qo‗rg‗oshinni 1,62 foizi o‗tadi.
6.10-jadval.
Sulfat kislotali eritmalarga titanni korroziyaga bardoshliligi
Konsentratsiya,
%
Harorat
oralig‗i,
0
C
Sinash
davomiyligi,
soat
Korroziyalanish
tezligi,
mm/yil
1,0
1,5
2,0
3,0
5,0
20,0
20-50
95
95
66
50
60
420
300
48
300
100
200
0,01
3,5-12,0
3,7
2,89-4,66
1,2
9,7
Tanlab eritishdagi qoldiqlar (erimagan qism) ni chiqishi, xom ashyo tarkibiga
bog‗liq va uni chiqishi 0,7 foizdan 7-10 foizgacha bo‗ladi. Bundan tashqari
qoldiqlarni chiqishi, dastlabki mahsulot massasiga ham bog‗liq bo‗ladi. Qoldiqlar -
oddiy cho‗ktirish yo‗li bilan eritmadan ajratiladi.
Ikkilamchi mis tarkibli temir-tersak va chiqindilarni
sulfat kislotasida erishi
quyidagi reaksiya bo‗yicha yuz beradi:
CuO + H
2
SO
4
= CuSO
4
+ H
2
O,
Cu
2
O + 2H
2
SO
4
+ 1/2 O
2
= 2CuSO
4
+ 2H
2
O,
CuSO
3
-Cu(OH)
2
+2H
2
SO
4
=2CuSO
4
+2H
2
O+SO
2
.
Yirik zarralardan ajratilgan eritmada mis cho‗ktiriladi. Bu erimaydigan anodli
elektrolit vannalarda olib boriladi. Vannalarni uzunligi 10 m gacha, eni 1,2 m
gacha, chuqurligi 1,3 m gacha bo‗ladi. Bunday razmerli vannaga 97 ta
qo‗rg‗oshinli anod va 96 ta misli katod solinadi.
Anodlar qo‗rg‗oshinga 3-8 foiz surma qo‗shilib, 10 mm qalinlikda qo‗yiladi.
Katod listlar vannalarda hosil qilinadi. Elektrolitik tozalashda tok zichligi 200-300
176
A/m
2
, vannada kuchlanish 2,0-2,5 V, elektr energiyani sarfi 2000-2500 kVt
soat/t
ni tashkil qiladi. Tokni chiqishi 90 foizga etadi.
Ayrim hollarda misni sementasiya usulida temir qirindilari yordamida
cho‗ktirish qo‗llanadi. Eritmalar har doim tarkibida ma‘lum miqdorda erkin sulfat
kislota (0,5-3,0 g/l), Fe
2
(SO
4
)
3
(0,5-2,5), FeSO
4
(0,5-1,5 g/l) va 0,5-1,5 g/l mis
bo‗ladi. Mis eritmalardan quyidagi chiqindilar yordamida ajratib olinadi: temir-
tersaklar, qirindilar, konserva idishlari, rux zavodi klinkerlaridagi temir fraksiyalari
va boshqalar.
Misni sementasiya usulida temir qirindilari yordamida cho‗ktirish quyidagi
reaksiyalar yordamida yuz beradi:
CuSO
4
+ Fe = FeSO
4
+ Cu.
Eritmalar tarkibida aralashmalarni bo‗lishi cho‗ktiruvchini qo‗shimcha sarfini
keltirib chiqaradigan aks ta‘sirli reaksiyalarni yuz berishiga olib keladi:
Fe
2
(SO
4
)
3
+ Cu = CuSO
4
+ 2FeSO
4
,
Fe
2
(SO
4
)
3
+ Fe = 3FeSO
4
.
Cho‗kmaga tushgan misni bir qismi, erigan kislorod ishtirokida erkin sulfat
kislotasi (sementasiyalash, tarkibida 5-10 g/l gacha sulfat kislota bo‗lgan muhitda
olib boriladi) ta‘sirida eriydi:
Cu + H
2
SO
4
+ 0,5O
2
= CuSO
4
+ H
2
O.
Bundan tashqari, erkin sulfat kislotani etishmasa quyidagi keraksiz reaksiyalar
yuz berib, cho‗kma sifatini buzadi:
2Fe
2
(SO
4
)
3
+ 3H
2
O = Fe
2
(SO
4
)
3
· Fe
2
O
3
+ 3H
2
SO
4
,
Fe
2
(SO
4
)
3
· Fe
2
O
3
+ 9H
2
O = 4Fe(OH)
3
+ 3H
2
SO
4
.
177
Sementasiya natijasida eritmadan 90 foizgacha mis cho‗kmaga tushadi.
Tarkibida 60-65 foiz mis bo‗lgan cho‗kma – yallig‗-qaytaruvchi pechda eritishga
yoki quritilgandan so‗ng, mis shteynlarini konvertirlash jarayonida sovuq
qo‗shilmalar sifatida ishlatishga yuboriladi. Bu jarayon temir miqdori yuqori
bo‗lgan ikkilamchi metallarni qayta ishlashda yuqori samaradorlik ko‗rsatadi.
Bular qatoriga tarkibida 90 foiz atrofida temir bo‗lgan bimetall chiqindilar kiradi.
Dostları ilə paylaş: |