O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. U. Samadov, D. B. Xoliqulov. M. S. Saidova


(a,b)-rasm. Kumush va kumushning tayyor mahsuloti



Yüklə 7,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/119
tarix20.11.2023
ölçüsü7,77 Mb.
#163018
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   119
64e07299cd869 Металлар рец (1)

6.18.(a,b)-rasm. Kumush va kumushning tayyor mahsuloti 
 
Tarkibida 
kumush 
bo‗lgan temir-tersak va chiqindilarga quyidagi xom 
ashyolar kiradi. 
1. Kumush-ruxli va kumush-kadmiyli akkumulyator, hamda kumush-magniyli 
elementlarni temir-tersak va chiqindilari; 
2. Elektr kontaktlarni temir-tersak va chiqindilari; 
3. Kukunli metallurgiya usulida olingan, tarkibida kumush bo‗lgan 
buyumlarni (metall-keramika kontaktlar) temir-tersak va chiqindilari; 
4. Tarkibida 70-80 foizgacha kumush bo‗lgan, ishlatilgan kumush 
katalizatorlar; 


193 
5. Tarkibida 0,5-20 foiz kumush bo‗lgan, kumushga to‗yintirilgan, ishlatilgan 
materiallar (pemza (metallurgik shlaklarni tez sovitish yo‗li bilan olingan g‗ovak 
ashyo), kvarsli qum, changlar, upa (pudra)
lar, matolar, paxta va boshqalar); 
6. Eritmalardan va kumushlash jarayonidan qolgan, ishlatilgan elektrolitlardan 
alyuminiy yoki rux bilan sementasiyalab ajratib olishda hosil bo‗ladigan metallik 
kumush shlamlari (kumush miqdori 2 dan 9 foizgacha); 
7. Kumush bilan qoplangan metall (temir, po‗lat, volfram, molibden, rangli 
metallar qotishmalari) va nometall (oyna, plastmassalar, keramika) buyumlarning 
temir-tersak va chiqindilari; 
8. Metallarning va nometallarning kukunlari (kumush miqdori 10-99,9 %); 
9. Turli xil buyum va detallar ishlab chiqarishda hosil bo‗ladigan tarkibida 
kumush bo‗lgan chiqindilar (kumush miqdori 60 foizgacha) hamda ushbu 
chiqindilardan eritib olingan quymalar; 
10. Tarkibida metall kumush bo‗lgan foto chiqindilarni kuydirishdan hosil 
bo‗lgan kullar; 
11. Tarkibida metallik (kolloid) kumush bo‗lgan, ishlatilgan va muddatini 
o‗tagan kino va fotomateriallar; 
12. Fiksaj eritmalardan (tarkibida 30-50 % Ag) metallarni ajratib olishda hosil 
bo‗ladigan kumush sulfidlari (ayrim hollarda metall kumush bilan aralashgan 
birikmalar); 
13. Kinoplyonka va fotoqog‗oz fabrikalarining kumushni regenerasiyalash 
sexlarida olinadigan kumush bromid, kumush radonit va kumush xlorid 
cho‗kmalari. Bu cho‗kmalar tarkibida 35-50 % Ag bo‗ladi. 
Qoida bo‗yicha barcha tarkibida 
platina
bo‗lgan xom ashyolar affinaj va 
metallurgik korxonalarda qayta ishlanadi. 
Affinaj zavodlari xom ashyolariga quyidagilar kiradi: 
1. Platina, nodir va rangli metallar qotishmalaridan tayyorlangan buyumlarning 
temir tersaklari; 
2. Platina va palladiy miqdori 10-15 foizdan kam bo‗lmagan ishlatilgan 
platinali va palladiyli katalizatorlar; 


194 
3. Nodir metallar singigan futerovka va gaz chiqish tuynuk siniqlari (0,7-2,0 % 
Ag va 0,3-0,5 foizgacha Au va platina guruhi metallari); bu materiallar tarkibiga 
shamot, magnizit, kvars va boshqalar kiradi. 
(a) (b) 

Yüklə 7,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin