195
qo‗llanilayotgan usulning texnik-iqtisodiy effektivligi va atrof muhitga ta‘siri.
Xom ashyoning xususiyatiga qarab quyidagi eritish usullarining biri qo‗llanilishi
mumkin:
1) metall olish uchun eritish;
2) ligaturali qotishma olish uchun eritish;
3) mis, mis-nikel qotishma olish uchun eritish;
4) qo‗rg‗oshin qotishmasi - verkbley olish uchun eritish.
Metall olish uchun eritish tarkibida ajratib olinadigan
metall miqdori yuqori
bo‗lgan xom ashyolarni qayta ishlashda metalni bir jinsli holga keltirish, keraksiz
aralashmalarni shlaka o‗tkazish, keyingi texnologik jarayonlar va tashish uchun
qulay bo‗lgan anod shaklidagi qotishmalar olish maqsadida qo‗llaniladi. Keraksiz
aralashmalarni shlak tarkibiga o‗tkazish uchun shixta tarkibiga bura, soda, shisha,
ayrim hollarda metallarni va xalkogenid birikmalarni oksidlash uchun selitra
qo‗shiladi. Qayta eritish jarayoni qarshilik elektr pechlarida, yuqori chastotalari
induksion pechlarda va yoyli elektr pechlarida olib boriladi.
Ligaturali qotishmalar olish uchun eritish jarayoni nisbatan kambag‗al
bo‗lgan xom ashyolar (akkumulyator temir-tersaklari, ishlatilgan metallik
katalizatorlar, tarkibida nodir metallar bo‗lgan shlamlar, qotishmalar)
hamda
gidrometallurgik qayta ishlov berish natijasida hosil bo‗lgan mahsulotlar
(cho‗kmalar, kimyoviy birikmalar - galogenidlar, rodanidlar, ko‗mirli sulfidlar va
boshqalar) qayta ishlash uchun qo‗llanadi. Jarayonning maqsadi - nodir metallarni
minimal isrof qilgan holda keraksiz aralashmalarni shlakka o‗tkazish va
metallashgan (ko‗mirli) faza hosil qilish hisoblanadi. Jarayon stasionar yoki
buriluvchan yallig‗-qaytaruvchi pechlarda, yoyli elektr pechlarda, ayrim hollarda
tigel yoki induksion pechlarda olib boriladi.
Mis qotishmalarni olish uchun eritish jarayoni
xom ashyo tarkibida nodir
metallar miqdori bo‗yicha juda kambag‗al bo‗lgan meteriallar (shlamlar,
elektronika texnikasi temir-tersaklarini ayrim turlari, turli xil ikkilamchi xom
ashyolarni gidro- va pirometallurgik ishlov berish natijasida hosil bo‗ladigan yarim
mahsulotlar. Bu jarayon mis eritish zavodlarida olib boriladi. Nodir metallarni
196
chiqindilari asosan xomaki misni konvertorlarda eritish paytida pechga yuklanadi
va nodir metallar keyingi jarayon - misni elektrolitik rafinirlashda shlam holida
ajratib olinadi.
Verkblay olish uchun eritish natijasida oltin va kumush dastlab xomaki
qo‗rg‗oshin
bilan birikma hosil qiladi, so‗ngra verkblay kupelirlash bosqichida
nodir metallar qotishmasi shaklida ajratib olinadi. Ikkilamchi xom ashyolarga
gidrometallurgik ishlov berish ruda va konsentratlarga birlamchi ishlov berish
amaliyotida to‗plangan malakalarga asoslangan. Bu jarayonlar xom ashyolarga
kimyoviy ishlov berish, nodir metallarni eritmaga o‗tkazish, metall yoki ularning
kimyoviy birikmalari shaklida ajratib olishda keng qo‗llanilmoqda.
Kimyoviy ishlov berishda jarayonlarida asosan uch guruhga bo‗linadigan,
juda keng nomeklaturadagi erituvchilar ishlatiladi:
1. Xom ashyo tarkibidagi komponentlarni asosiy qismini eritma tarkibiga
o‗tkazadigan kollektiv erituvchilar. Tanlab eritish natijasida eritmaga tarkibiga
o‗tgan metallarni nisbati xom ashyo tarkibidagi metallar
nisbati bilan bir xil
bo‗ladi. Bunday erituvchilarga xlorli, nitratli erituvchilar misol bo‗ladi.
2. Xom ashyo tarkibidagi nodir bo‗lmagan metallarni eritmaga o‗tkazadigan
selektiv erituvchilar. Bunday erituvchilarga nordon sulfatli va xlorli erituvchilar
misol bo‗ladi.
3. Xom ashyo tarkibidagi nodir metallarni, qolgan yo‗ldosh nodir bo‗lmagan
birikmalarga ta‘sir qilmay eritmaga o‗tkazuvchi selektiv erituvchilar. Bularga oltin
va ko‗mirni erituvchi ishqoriy metall sianidlarini suvli eritmalari, kumush va
uning birikmalarini erituvchi tiosulfatlar, tarkibida ligand guruhi bo‗lgan organik
erituvchilar kiradi.
Eritma tarkibiga o‗tgan nodir metallarni ajratib olish uchun quyidagi usullarni
biri qo‗llanadi:
1) noorganik va organik reagentlar qo‗llab sementasiyalash yoki tiklash;
2)
elektrolitik tiklash;
3) qiyin eruvchi tuzlar shaklida cho‗ktirish;
4) sorbsiyalash va ekstraksiyalash.
197
Yuqori tozalikdagi mahsulot olish yuqorida keltirilgan usullarning ichidan
qiyin eruvchi tuzlar holida cho‗ktirish va elektrolitik tiklash usullari keng
qo‗llaniladi.
Tarkibida oltin bo‗lgan temir-tersak va chiqindilarga quyidagi xom ashyolar
kiradi.
1. Eritmalardan va oltinlash jarayonidan qolgan, ishlatilgan elektrolitlardan
alyuminiy yoki rux bilan sementatsiyalab ajratib olishda hosil bo‗ladigan metallik
oltin shlamlari (oltin miqdori dan 9 foizgacha).
2. Oltin bilan qoplangan metall (temir, po‗lat, rangli metallar qotishmalari) va
nometall (plastmassalar, keramika) buyumlarning temir-tersak va chiqindilari;
3.Metallarning va nometallarning kukunlari (oltin miqdori 10-99,9 foiz);
4.Turli xil buyum va detallar ishlab chiqarishda hosil bo‗ladigan tarkibida oltin
bo‗lgan chiqindilar (oltin miqdori 58,7 foizgacha),
hamda ushbu chiqindilardan
eritib olingan quymalar;
5. Zargarlik buyumlariga saykallab ishlov berishda xosil buladigan chikindilar
(tarkibida oltin miqdori foizgacha)
Qimmatbaxo metallar
ikkilamchi metallurgiyasining o‗ziga xosligi shundan
iboratki, ikkilamchi xom-ashyolarining fizikaviy shakli va kimyoviy tarkibining
xilma xilligidir.
Aksariyat xollarda qimmatbaho metallardan yasalgan buyumlarning
chiqindilari birlamchi metall (oltin, kumush,platina) olinadigan rudalarga
karaganda boy tarkibga ega buladi. Shuning uchun bunday chikindilarni kayta
ishlash rudalarni kayta ishlashganda foydalirokdir.
Xattoki tarkibida kam mikdorda qimmatbaho metallar bo‗lgan
chiqindilarni
qayta ishlash metallarning qiymati nuqtai nazaridan olinganda rentabellidir.
Dostları ilə paylaş: