Tarkibida oltin mavjud bo‘lgan chiqindi xom ashyoning tasnifi. Tarkibida oltin mavjud bo‗lgan ikkilamchi xom ashyoning asosiy
ta‘minlovchilari rangli metallurgiya, asboblar ishlab chiqarish va elektronika
sanoatlaridar (6.20.(a,b)-rasm). Barcha xom ashyolarni quyidagi turlarga ajratish
mumkin:
198
-
oltin tarkibli qotishmalar (50-60% Au);
-
elektrotexnika va elektronika sanoti yaroqsiz holga kelgan detallari ( 0,3 dan
20% gacha Au). Bu detallarda oltin metall, plastmassa, keramika yoki
metallokeramikalarning ustki qatlamiga yupqa qatlamlarda qoplangan holatda
bo‗ladi;
-
poroshok holatidagi ―sochiluvchan‖ chiqindilar: farfor ishlab chiqarishda
hosil bo‗ladigan metall tarkibli kullar (25 - 35% Au), elektroliz jarayonida hosil
bo‗ladigan kukunlar (zola) (15 - 25% Au), zargarlik buyumlariga sayqallab ishlov
berish natijasida hosil bo‗ladigan chiqindilar (5-10% Au).
(a) (b)
6.20.(a,b)-rasm. Oltin tarkibli chiqindi xom ashyolari Tarkibida kumush mavjud bo‘lgan chiqindi xom ashyoning tasnifi. Tarkibida kumush mavjud bo‗lgan ikkilamchi xom ashyoning asosiy
ta‘minlovchilari foto va kinosanoat, kimyo, elektrotexnika va radiosanoati, oyna,
soat va zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchi korxonalar, davolash muassalaridir.
Foto va kinosanoatnig kumush tarkibli chiqindilari tayyorlash, ishlov berish va
yorug‗likni sezuvchan materiallarning buzilishi natijasida yoki kinolenta va
fotomahsulotlarning emirilishi natijasida hosil bo‗ladi (6.21.(a,b)-rasm).
Qayta ishlashga quyidagi asosiy kumush tarkibli xom ashyolar kelib
tushadi: %
-
bromli kumush 35-66;
-
oltingugurtli kumush 45-65: