O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti


G ametalarning hosil bо‘lishi va kopulyatsiyasi



Yüklə 6,43 Mb.
səhifə57/89
tarix28.11.2023
ölçüsü6,43 Mb.
#169358
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   89
Rivojlaniw maruza

G ametalarning hosil bо‘lishi va kopulyatsiyasi.
Interfaza I Profaza I
Prometafaza I
Birinchi bо‘linish Metafaza I
Anafaza I
Meyoz Telofaza I
Interfaza II – interkenez
Prometafaza II
Metafaza II
Ikkinchi bо‘linish Anafaza II
Telofaza II


Jinsiy hujayralarning tuzilishi va kopulyatsiyasi. Jinsiy hujayralar ya’ni gametalar yuqori darajada differensiyalashgan gaploid xromosoma yig‘indisiga ega bо‘lgan hujayralardir. Erkak va urg‘ochi organizmning jinsiy hujayralari bajaradigan funksiyasiga kо‘ra ularning tuzilishi ham bir-biridan keskin farq qiladi. Tuxum hujayralari xarakatsiz, sharsimon, biroz chо‘ziqroq shaklga ega. Ularda hujayralarning barcha tipik organoidlari bо‘lib, lekin shaklan bir oz boshqacharoq tuzilgan. Tuxum hujayralar somatik hujayralardan ancha yirik, katta bо‘lib о‘zida kerakli bо‘lgan murtakni rivojlanishi uchun oziqa moddasi sarig‘liq tutib turadi. Eng katta tuxum hujayralar seld akulalarida bо‘lib, 29 sm diametrda, tuyaqushlarda tuxumlarining diametri 10,5 sm, tovuqlarda 5-8 sm, dinozavrlarda esa 1 metrgacha bо‘lishi aniqlangan. Sichqonning tuxum hujayrasi 60 mkm, sigirniki 100 mkm, odamning tuxum hujayrasi 130-200 mkm bо‘ladi. Otalangan tuxum bachadonga tushib homila rivojlana boshlaydi. Spermatozoidlar о‘ta xarakatchan bо‘lib eng asosiy organoidlarga ega. Spermatozoidning tanasi 3 qismga bо‘linadi – boshcha, bо‘yin va dumcha. Boshchaning tepa qismida shakli о‘zgargan Goldji apparati joylashadi. Boshchaning asosiy tanasi yadrodan, ya’ni gaploid yig‘indiga ega bо‘lgan xromosomadan iborat. Bо‘yinchada sentriol joylashib dumcha tomonga qarab nursimon mikronaychalarini dumcha bо‘ylab joylashtiradi. Mikronaychalar atrofida dumcha tomonida mitoxondriyalar spiral sifatida joylashadi. Eng katta spermatazoidlar kattaligi tritonlarda bо‘lib 500 mkm ni tashkil etadi. Itlar, buqa, otlar va qо‘ylarda 40 mkm dan 75 mkm gacha kattalikga ega. Odamlarda 52-70 mkm atrofida. Spermatozoidlar tashqi membranasi manfiy zaryadga ega, shuning uchun ular yopishib qolmaydi. Itlarning har galgi tashqariga chiqaruvchi suyuqligida 60 mln. ta, qо‘ylarda 2 milliard, otlarda 10 milliard, odamlarda 200-500 mln.ga yaqin sonda spermatozoidlar chiqariladi.
Oogenez deb, tuhum hujayrani hosil bо‘lish jarayoniga aytiladi. Bu jarayonda bо‘linish, о‘sish va yetilish bosqichlari tafovut etiladi. Spermatogenez jarayonida bо‘linish, о‘sish, yetilish va shakllanish bosqichlari kuzatiladi.
Mitoz yoki vositali bо‘linishda hujayrada xromosoma ipchalari paydo bо‘la boshlaydi. Bunday usulda bо‘linish organizmda kо‘pchilik hujayralarga xos bо‘lib, bunda hujayra ikkiga bо‘linib, irsiy axborotni belgilovchi tuzilmalar hamda boshqalari ham qiz hujayralar orasida ikkiga bо‘linadi. Hujayralarning bо‘linishi jarayonida sitoplazma va yadro tarkibida murakkab о‘zgarishlarni kuzatamiz. Bu jarayon tо‘rt bosqichga (fazaga) bо‘linadi: profaza, metafaza, anafaza, telofaza. Ikkita faza о‘rtasidagi davrga intermitoz faza yoki interfaza deyiladi.
Profaza hujayralardagi yadro mahsulotlarining о‘zgarishidan boshlanadi: tayoqchasimon yoki yumaloq shakldagi xromosomalar paydo bо‘lib, hujayrada qutblanish jarayoni boshlanadi. Xromosoma tarkibida boigan xromatindagi DNK yaxshi kо‘rinib turadi. Shunga о‘xshash jarayon hujayra markazida ham sodir bо‘lib, ulardagi sentriolalar bir-biridan uzoqlashadi va qarama-qarshi tomonga о‘tadi va duk ipchalari yordamida birikib turadi. Profazaning oxiri xromosomalarning tiklanishi, yadro qobig‘i va yadrochaning yо‘qolishi bilan yakunlanadi.

Yüklə 6,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin