O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti



Yüklə 6,43 Mb.
səhifə43/89
tarix28.11.2023
ölçüsü6,43 Mb.
#169358
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   89
Rivojlaniw maruza

Endoplazmatik to‘r. Endoplazmatik to‘r – (yunon. «endo» – ichki) sitoplazmaning ichkariroq qismida joylashgan bo‘lib, bitta membrana bilan chegeralangan vakuollar va kanalchalar sistemasidan tashkil topgan organoiddir.
Goldji apparati uni kashf etgan italiyalik olim K. Goldji nomi bilan ataladi. Goldji apparati ayrim diktiosomlar (yunon. «diktion» – tur, «soma» – tana) Goldji tana va Goldji pufakchalaridan iborat.
Mitoxondriyalar sitoplazmadagi mitoxondriyaning shakli va o‘lchami soni hujayralar tipiga va rivojlanish fazasiga qarab doimo o‘zgarib turadi. Ularning o‘lchami 1 mkm dan oshmasdan shakli donador, tayoqcha va ipsimon bo‘lib, tinimsiz harakatda bo‘ladi.
Plastidlar. Bu organoidlar faqat o‘simliklar hujayralari uchungina xos bo‘lib, rangiga va bajaradigan vazifasiga qarab uch tipga bo‘linadi: xloroplastlar – yashil, xromoplastlar – qizil, to‘q sariq, sariq, leykoplastlar – rangsiz.
Xloroplastlar (yunon. «chloros» – yashil) yarim avtonom organoidlar bo‘lib, ularda fotosintez jarayoni ketadigan xlorofill pigmenti mavjud. Xloroplastlarning shakli doimo linzasimon bo‘ladi, lekin ba’zi hujayralarda shakli o‘zgarishi ham mumkin.
Xromoplastlar (yunon. «chroma» – rang) – sariq, to‘q sariq, qizil pigmentlar saqlab, ularning rangi ksantofill (S40N56O2), karotin (S40N56) va boshqa karotinoidlar guruhidagi kimyoviy tarkibi jihatidan karotinga yaqin 50 dan ortiq pigmentlarga bog‘liq bo‘ladi
Leykoplastlar (yunon. «leykos» – oq) – boshqa plastidlardan maydaroq bo‘lib, ikki membranali va o‘zida pigmentlar saqlamaydi. Ular yorug‘lik tushmaydigan o‘simlik organlarining hujayralarida – ildiz, ildizpoya, tugunak va urug‘larda uchraydi.
Yadro yirik organoid bo‘lib, eukariot organizmlar hujayralarining muhim tarkibiy qismidir. Yadro – yadro qobig‘i, xromatin, yadro shirasi va bir yoki bir nechta yadrochalardan tashkil topgan.


Endoplazmatik to‘r:

Yüklə 6,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin