O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti



Yüklə 6,43 Mb.
səhifə42/89
tarix28.11.2023
ölçüsü6,43 Mb.
#169358
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   89
Rivojlaniw maruza

Umumiy va xususiy organoidlar. Sitoplazmaning umumiy tavsifi. Sitoplazma protoplastning bir qismi bо‘lib, hujayra qobig‘idan membrana – plazmalemma bilan vakuoladan ikkinchi membrana – tonaplast bilan chegaralangan. U tiniq, rangsiz kolloid holidagi modda hisoblanadi. Sitoplazma gialoplazmasida maxsus vazifalarni bajaruvchi plastidlar, Goldji apparati, endoplazmatik tо‘r, mitoxondriyalar va boshqa organoidlar (yunon. – «organon» – a’zo, «eidos» – tо‘r) joylashgan. Sitoplazmaning negizini tashkil etgan biologik membrana zich yupqa parda holatida bо‘lib, fosfolipidlar va oqsillar – lipoproteinlardan tuzilgan. Biomembranalarning asosiy xususiyatlaridan biri ularning yarim о‘tkazuvchanligi bо‘lib, moddalarni tanlab о‘tkazadi. Ba’zi moddalar juda tez oson, ba’zilari esa sekin qiyinchilik bilan о‘tadi. Bunday holatda sitoplazma va organoidlarning kimyoviy tarkibi katta ahamiyatga ega bо‘ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:


1. To‘ychiyev S., Toshmonov N., Fayzullayev “Sitologiya, embriologiya, gistologiya”o‘quv qo‘llanma. Toshkent 2004. (36-40 bet)
2. Stephen R. Bolsover “CELL BIOLOGY” University College London. 2004. (12-15 bet)


9-Mavzu: Ribosoma, polisoma. Ularning strukturasi va funksiyasi


REJA:

  1. Ribosoma, polisoma.

  2. Ribosomaning strukturasi va funksiyasi



Tayanch iboralar: Plazmolemma, fagotsitoz, pinotsitoz, plastidlar, xloroplastlar, xromoplastlar, leykoplastlar
Ribosoma gialoplazmada erkin holda hamda endoplazmatik tо‘r va mag‘izlarning tashqi pardalarida kо‘p sonda yopishgan holda uchraydi.
Ribosomaning о‘lchami 20 nm atrofida bо‘lib, murakkab zarracha hisoblanadi. U ikkita katta va kichik zarrachalardan tashkil topgan. Hozir ribosomaning ikkita asosiy turi, ya’ni prokariot va eukariot ribosomalar farq qilinadi. Bundan tashqari mustaqil holda mayda oqsil tо‘plovchi ribosomalar mitoxondriyalar, xloroplastlar tarkibida uchraydi.



Ribosomaning tarkibiga r-RNK va oqsillar kiradi. r-RNK ribosomaning 50-63% qismini tashkil etib, tuzilishining asosi hisoblanadi. Oqsillar о‘nlab sonda bо‘lib, ular r-RNK ning maxsus qismlari bilan bog‘lanadi. Ribosomalarda hujayraning eng muhim xususiyati – oqsil tо‘plash alamga oshiriladi.9




Ribosomalar. Ribosomalar asosan gialoplazmada har doim uchrab turadigan teng miqdordagi oqsil va RNK dan tashkil topgan 17-23 nm diametrga ega bo‘lgan mayda donachalardir.

Yüklə 6,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin