Desmasoma tuzilishi va tarkibi. Desmasoma xususiy organoidlarga xos bо‘lib, bu tuzilma hujayralar aro joylashib, 2 ta hujayrani bir biriga zich tutib turuvchi membranalar tuzilmasidir. Bunday hujayra ora birikish natijasida shimilayotgan turli moddalar hujayra aro о‘tmasligini ta’minlaydi. Shu bilan birga qо‘shni hujayraning funksional holati haqida ma’lumot olishga ham yordam beradi. Bu organoid barcha tо‘qimalarda uchramasligi kuzatiladi.
Yadro tarkibi, tuzilishi va funksiyasi.Yadro hamma eukariot hujayralar, о‘simliklar va hayvonlar hujayrasida bо‘lib, uning hayot faoliyatida ishtirok etadigan doimiy tuzilmadir. Yadroning faoliyati sitoplazma va uning tarkibidagi organellalar bilan uzluksiz bog‘liq bо‘lib, yadro butunligining buzilishi, ularning о‘zaro faoliyatining buzilishiga va hujayraning nobud bо‘lishiga olib keladi. Masalan, yadroning qobig‘i mikromani-pulyator yordamida buzilsa, yadro moddalari sitoplazmaga qо‘shilib ketib, hujayra nobud bо‘ladi.
Yadro aksariyat hujayralarda bitta, ayrim hujayralarda — ostioklast, kо‘ndalang yо‘lli muskullar hujayralarida kо‘proq uchraydi. Ularning shakli, yirik-maydaligi hujayralarning shakli va yirik-maydaligiga bog‘liq. Ammo kо‘pchilik hujayralarda ular yumaloq yoki ovalsimon bо‘ladi. Leykositlarda tayoqchasimon, loviyasimon, mezoteliyda yassi boiadi. Yadro qobig‘ining ikki qavatdan iborat bо‘lishi, har birining qaJinligi 10 nm ga tengligi yelektron mikroskopda aniqlangan.
Yadroning ichki va tashqi qobig‘i oralig‘ida 10-30, ba’zan 100 nm ga teng perinuklear bо‘shliq mavjud. Devorida diametri 80-90 nm ga teng kо‘plab teshikchalar bor. Shu teshikchalar orqali sitoplazma bilan bog‘lanadi. Yadro tarkibida murakkab oqsillar, lipoidlar, fermentlar bо‘ladi. Nuklein kislotalar orasida DNK va RNK muhim vazifa bajaradi. RNK oqsilning murakkab sintezida ishtirok yetadi.
Yadrochalar deyarli hamma о‘simlik va hayvon hujayralarida topilgan. Odatda, ular hujayralarda bitta yoki ikkita bо‘lishi mumkin. Yadrocha karioplazmaning yeng zichlashgan qismi bо‘lib ajralib turadi. Tarkibi ipsimon kо‘rinishdagi gomogen tuzilmalaridan tashkil topgan. Yadrocha ribosoma RNK sintezida ishtirok yetadi.
Yadrochalar faqat bо‘linmaydigan hujayralarda shakllanadi va kо‘rinadi, ular boiinayotgan vaqtda yesa yо‘qolib ketadi.Xromatin bо‘linmayotgan yadrolarda mayda, donador tu-zilmali bir xil modda shaklida yoki ancha yirik bо‘lakcha shaklida kо‘rinadi. Xromatin kimyoviy tarkibiga kо‘ra, DNK bilan oqsilning murakkab birikmasidan iborat.13