O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti



Yüklə 6,43 Mb.
səhifə47/89
tarix28.11.2023
ölçüsü6,43 Mb.
#169358
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   89
Rivojlaniw maruza

Goldji apparati x 600.
1-hujayra yadrosi; 2-hujayraning apikal qismi; 3-bazal qismi; 4-sekretor donachalar; 5-Goldji apparati

Goldji apparatining elektron mikroskopda kо‘rinishi
asosida tuzilgan chizmasi: l-bо‘shliqlar; 2-pufakcha



Goldji apparatini elektron mikrofotogrammasi.
1-katta vakuolalar; 2-ikki qatlamli sitomembranalar


Foydalanilgan adabiyotlar:


1. To‘ychiyev S., Toshmonov N., Fayzullayev “Sitologiya, embriologiya, gistologiya”o‘quv qo‘llanma. Toshkent 2004. (60-66 bet)
2. Stephen R. Bolsover “CELL BIOLOGY” University College London. 2004. (50-55 bet)


11-Mavzu: Hujayra markazi (sentrosoma) va mikronaychalar. Plastidalar, tarkibi, tuzilishi, funksiyasi.


REJA:
1. Hujayra markazi (sentrosoma) va mikronaychalar.
2. Plastidalar, tarkibi, tuzilishi, funksiyasi.


Tayanch iboralar: Lizosoma, prelizosomalar, sentrosoma, plastidalar, mitoxondriya
Goldji apparati funksiyasi. Goldji apparati, sekretor jarayonlarda ishtirok etadi. Polisaxaridlar polimerizatsiyasi va ularni oqsilli to‘plami Goldji apparatida sodir bo‘ladi. Bulardan tashqari biologik faol moddalar ham shu apparatda yig‘iladi (lipopratsidlar, fermentlar, gormonlar).
Hujayra markazi, ya’ni sentrosoma. Sentriol hamma hayvon va tuban o‘simliklar hujayrasida topilgan organoiddir. Birinchi marta F. Flemming (1875) tomonidan aniqlangan. Shu vaqtda sentrosoma birinchi marta bo‘linayotgan hujayralarda topilgan. Keyinchalik tekshirishlar natijasida ma’lum bo‘ldiki, sentrosoma boshqa hujayralarga nisbatan bo‘linayotgan hujayralarda yaxshi ko‘rinar ekan. Bu organella oddiy yorug‘lik mikroskopida ikkita sentriola shaklida ko‘zga tashlanadi. Elektron mikroskopda bunday ko‘rinish, ya’ni sentriola silindrsimon tanacha bo‘lib, uzunligi 0,3-0,5 mkm, diametri 0,1-0,15 mkm. Uning devorlari nozik 9 juft naysimon to‘plamdan iborat. Har bir to‘plamda 3 tadan naycha joylashgan bo‘lib, ularga triplet deyiladi. Har bir tripletning uzunligi sentriolaning uzunligiga teng.
Sentriolalar juft-juft bo‘lib bir-biriga perpendikulyar joylashadi. Sentriola o‘qi bo‘linish o‘qini belgilaydi. Sentriolalar sferik massa markazida joylashib, bu massa sentroplazma yoki sentrofera deyiladi. Sentroferada membrana bo‘lmay, zichligiga ko‘ra, proteinlarga boy va sitoplazmadan ancha farq qiladi. Ayrim manbalarda sentriolaning tuzilishi kiprikchalar yoki xivchinlarning ichki tuzilishiga o‘xshatiladi. Haqiqatan ham elektron mikroskopda olib borilgan tekshirishlarda ular o‘rtasida o‘xshashlik borligi tasdiqlandi.

Yüklə 6,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin