Bazal tanachalar silindrsimon shaklda bo‘lib, sentriola singari 9 juft mikronaychalardan tashkil topgan. Shu vaqtgacha hujayraning bo‘linishi sentriolaning vazifasiga bog‘lab kelingan. Hozirgi ma’lumotlar bo‘yicha sentriolalar kipriklar va xivchinlar hosil bo‘lishida ishtirok etadi, deb topilmoqda.
Mikronaychalar xususiy organoidlar. Mikronaychalar uzunligi 2,5 mkm, diametri 20-30 nm ga teng shoxlanmagan ichi bo‘sh naychalar bo‘lib, asosan, oqsillardan tarkib topgan xivchinlar hamda kiprikchalardan iborat. Sitoplazmada joylashgan sentriola hamda bazal tanachalar ham shu mikronaychalardan tashkil topgan. Ular, odatda, tayanch hamda shaklni belgilash vazifasini bajaradi. Aksariyat hayvonlar hujayrasidan olingan mikronaychalarning kimyoviy tuzilishi’ deyarli bir xil bo‘lib, asosan, o‘ziga xos tubulin oqsildan tarkib topgan.
Membranani tuzilishi.
Lipitlar tuzilishi.
Yonma-yon turuvshi bir hujayradan boshqa hujayraga sitoplazmadan memebrana orkali moddalarni va biotoklarni o’tishi.
Gap junctions allow solute and electrical current to pass from the cytosol of one cell
to the cytosol of its neighbor11.
Plastidalar. Plastida avtotrof о‘simliklar hujayrasi uchun xos organelladir. Bakteriyalar, shilimshiqlar va zamburug‘larning hujayralarida bо‘lmaydi. Plastidalar sitoplazmadagi organoid hisoblanib, faqat yashil о‘simliklar hujayralarida uchraydi. Plastidalarda uglevodlar, oqsillar va moylarning tо‘plash jarayonlari boradi. Plastidalar tarkibdagi bо‘yovchi modda va bajaradigan hayotiy vazifasiga kо‘ra uch turga ajratiladi: yashil plastidalar – xloroplastlar, sariq, tо‘q sariq; qizil plastidalar – xromoplastlar, rangsiz plastidalar – leykoplastlar.
Elektron mikroskoplar kashf etilgandan keyin olib borilgan tekshirishlarda xloroplastlarning nihoyatda murakkab tuzilishga ega ekanligi aniqlandi. Ular tashqi tomonidan qо‘shqavat parda bilan о‘ralgan bо‘lib, pardalarda mayda teshiklar bо‘ladi. Ular yordamida xloroplastlar sitoplazmadagi endoplazmatik tо‘r bilan bog‘lanishda bо‘ladi. Parda ostida rangsiz modda, ya’ni asos yoki matriks, unda esa ichki membranalar sistemasi hisoblangan plastinkalar – lamellalar yotadi.12
Lamellalar ba’zi joylarda diksimon yopiq qopchalar – tilakoidar hosil qiladi. Ular zich ustunlar kо‘rinishda bо‘lib, granalar (qirralar deyiladi). Xloroplastlarning guzilishi hujayraning zsishi bilan о‘zgarib boradi. Hujayranig qarishi bilan ular yemiriladiyu Xloroplastlarning asosiy vazifasi fotosintez jarayonni bajarishidir.
Dostları ilə paylaş: |