Kariokenez jarayoni yadrodagi murakkab jarayonlar bilan boradiki uning oqibatida hujayraning mitoz bо‘linishiga olib keladi.
Politeniya yunoncha «poli» – kо‘p degan ma’noni berib, bu hodisa xromosomalardagi xromonemalar sonini ming marotabagacha kо‘payishi bilan boradi. Bu vaqtda xromosomaning nihoyatda yо‘g‘onlashishiga olib kelib, lekin xromosoma soni о‘zgarmay qoladi. Bunay xodisa ikki qanotli hashoratlar sо‘lak bezlarida uchrashi aniqlangan. Politeniyada metotik siklning barcha fazalari bо‘lmaydi. Masalan, drozofila pashshasini bu jarayon yordamida xromosomadagi DNK da joylashgan genlarni ketma ketligi haqida xarita tuzish imkoniyatini beradi.
Jinsiy va jinssiz kо‘payish. Kо‘payish
jinsiy jinssiz
k о‘p hujayralilar bir hujayralilar kо‘p hujayralilar bir hujayralilar
2. otalantirilgan 2. kopulyatsiya 2. poliembrioniya 2. endogoniya
3. spora hosil qilish 3. shizogoniya
4. kurtaklanish
5. spora hosil qilish
Konyugatsiya bir hujayrali hayvonlarda kuzatiladigan irsiy omillarni о‘zaro almashtirish bilan boradigan jarayonga aytiladi. Bu hodisada ikka tanadagi katta va kichik yadrolar makronukleus va mikronukleusda murakkab jarayonlar kechadi. Mikronukleus mitotik jihatdan bо‘linib yaqinlashgan 2 ta infuzoriya о‘zaro yaqinlashib ular orasida protoplazmatik kо‘prikcha hosil bо‘ladi. Har bir tanada makronukleus erib ketadi, mikronukleusdan esa migratsiya qiluvchi 2 ta yadrocha hosil bо‘ladi. Har bir migratsiya qiluvchi yadro gaploid xromosoma yig‘indisiga ega. Yadrochalar bilan almashiningandan keyin statsionar doimiy yadro bilan migratsiya qilgan yadrocha о‘zaro qо‘shilib ketadi va diploid yig‘indiga ega bо‘lgan xromosomalar hosil bо‘ladi va katta va kchik yadrolar qaytadan ikkala tanada tiklanadi. Bunday jarayonni konyugatsiya deb atalib ikala infuzoriya bir biridan uzoqlashadi. Ba’zi bakteriya turlarida retsipiyent urg‘ochi donor erkak vakillari ham mavjuddir. Ular о‘rtasida doimiy konyugatsiya kuzatiladi. Lekin infuzoriyalar konyugatsiyasidan batamom farqlanib yaqinlashib kelgan bakteriyalar о‘zaro tig‘iz birikkandan sо‘ng DNK iplarining ma’lum bir qismi bilan almashadi.