Jinsiy hujayralar (gametalar)
Jinsiy hujayralarning yoki gametalarning 2 xil turi tafovut etiladi – erkaklar va ayollar jinsiy hujayralari. Ular bir-birlaridan ham morfologik, ham fiziologik xususiyatlari bilan farq qiladi.
Spermatozoid. Spermatozoidning boshchasi, bo‘yni, tana qismi va dumchasi tafovut qilinadi. Spermatozoidning boshchasi uncha katta bo‘lmagan zich yadro va sitoplazmaning yupqa qavatidan tashkil topgan. Boshchaning oldingi yarmida g‘ilofcha (akroblast) joylashib, uning ichida bevosita boshchaning oldingi uchida akrosoma (yunon. asron – ustki, soma – tanacha) zich tanacha shaklida yotadi (35-rasm). Akrosoma urug‘lanish uchun zarur tuzilma bo‘lib, u o‘zida ko‘p miqdorda tuxum hujayra qobig‘ini yemiradigan gialuronidaza fermentini saqlaydi. Spermatozoidning bo‘yin qismida, yadroning orqa qutbi sohasida proksimal sentriola joylashib, u silindrsimon shaklga ega. Urug‘lanish vaqtida proksimal sentriola tuxum hujayraga o‘tadi va urug‘langan tuxum hujayraning yoki zigotaning bo‘linishida ishtirok etadi. Yadrodan birmuncha uzoqda bo‘lgan distal sentriola ikki bo‘lakdan iborat. Uning tayoqchasimon ko‘rinishga ega bo‘lgan birinchi yarmi bo‘yin chegarasini hosil qiladi va undan spermatozoidning tanasi orqali dumchasiga o‘tuvchi o‘q ip boshlanadi. Distal sentriolaning halqasimon shaklga ega bo‘lgan ikkinchi bo‘lagi esa tana oxirida joylashadi. Shunday qilib, spermatozoidning tanasi distal sentriolaning tayoqchasimon va halqasimon bo‘laklari orasida joylashgan tuzilmalardan iborat. Bu yerda o‘q ip atrofida spiral holatda mitoxopdriyalar joylashadi. Spermatozoidning tana qismida oksidlanish fermentlarining yuqori aktivligi aniqlangan. Bu qismda glikogen, fosfatlar, shuningdek, ko‘p miqdorda ATF saqlanadi. ATFning bo‘lishi va mitoxondriyalarning ko‘pligi tana qismining spermatozoidni energiya bilan ta’minlab turishidan dalolat beradi.
Spermatozoidning dumchasi asos va oxirgi bo‘laklarga bo‘linadi. Dumchaning asosi faqatgina o‘q ipardan va uni o‘rab turuvchi adenozintrnfosfataza (ATF-aza) fermentini tutuvchi sitoplazmadan iborat. Bu ferment mitoxondriyalarda sintezlaigan ATF ni parchalaydi va shu yo‘l bilan energiya ajralishipi ta’minlaydi# Sitoplazmada o‘q ip atrofida spiralsimon ko‘rinishda nozik iplar joylashib, ularni kortikal spiral deb nomlashadi. O‘q ip kiprikchalarning o‘q ipiga o‘xshash bo‘lib, klassik tuzilishga ega. U gomogen matriksda joylashgan, 10 juft mikro- naychadan iborat bo‘lgan tutamdir. Bunda 9 juft mikronaychalar o‘q ipning periferiyasida yotsa, 1 jufti markazda joylashadi. Dumchaning oxirgi bo‘limi asta-sekin to‘g‘ri joylanishini yo‘qo tib boruvchi juda ingichka o‘q ipchadan tashkil topgan. Oxirgi bo‘limning o‘q ipi tashqi tomondan faqatgina plazmalemma bilan o‘ralgan. Urug‘lanish jarayonida spermatozoidlar 3 asosiy vazifani bajaradi: 1) bo‘lg‘usi organizmga otalik genlarini uzatadi; 2) o‘zining maxsus harakat apparati yordamida tuxum hujayra bilan to‘qnashishni ta’minlaydi va tarkibidagi gialuronidaza fermenti yordamida tuxum hujayraga spermatozoidning boshchasi va bo‘yin qismining kirishini yengillashtiradi; 3) tuxum hujayraga urug‘langan tuxum hujayraning bo‘linishi uchun zarur bo‘lgan sentrosomani olib kiradi.
Erkak jinsiy hujayralari – spermatozoidlar. Sperma suyuqlig‘iking surtmasi. 1–boshcha; a- akrosoma; b- yadro; 2–dum qismi.
Spermatozoid tuzilishi. Elektron mikrsfotograma. 1–yadro; 2–bo‘yin qismi; 3– proksimal sentriola; 4– distal sentriola; 5– o‘q ip -aksonema; 6– mitoxondriyalar; 7–hujayra qobig‘i; 8–dumchaning oxirgi bo‘lagi; 9–dumchaning asosiy bo‘lagi;
Turli hayvonlarning spermatozoidlari bir-biridan kattaligi va asosan boshchasining tuzilishi bilan farq qiladi. Odam spermatozoidining uzunligi 60 mkm ga teng.
Spermatozoidning siljishi uning dum harakati bilan bajariladi. Odam spermatozoidi minutiga 1–2 mm tezlik bilan harakat qiladi. Bachadon bo‘yindan to tuxum yo‘lining oxirigacha bo‘lgan oraliqni spermatozoid taxminan 3 soat mobaynida bosib o‘tadi. Spermatozoid yashashga o‘ta chidamliligi bilan ajralib turadi. Urug‘donda va uning ortig‘ida ular oylab tirik saqlanadi, murdada esa ular o‘zining harakatchanligini 2–3 kungacha saqlab qoladi. Tanadan tashqarida, ya’ni termostatda urug‘lantirishga qobiliyatli holatda bir haftadan ortiq saqlash mumkin. Ularning uzoq muddat yashashi muhitning rNiga, temperaturaga, urug‘ suyuqlig‘idagi spermatozoidlarning konsentratsiyasiga va boshqa shu kabi faktorlarga bog‘liq.
Tuxum hujayra. Tuxum hujayra hamma hujayralar uchun umumiy belgilardan tashqari, bir qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Bularga quyidagilar kiradi.
1. Yangi organizmning taraqqiyoti uchun zarur bo‘lgan oziqa moddalarning ko‘p yoki kam miqdorda bo‘lishi.
2. Sitoplazma (tuxum hujayrada ooplazma) ning periferik qismida yuzaki yoki kortikal (cortex – po‘st) qavatni va tuxum hujayrani qoplab turuvchi va uni tashqi muhit zararli ta’sirotlaridan himoya qiluvchi o‘ziga xos qobiqlarning bo‘lishi.
3. Hujayraning qutbli tuzilganligi, ya’ni har xil tuzilishdagi qutblarning mavjudligi.
Tuxum hujayra ko‘pincha dumaloq shaklga ega. Uning kattaligi sitoplazmadagi oziqa modda – sariqlikning miqdoriga bog‘liq. Hujayraning yadrosi anchagina katta bo‘lib, ekssentrik joylashadi va markazida katta yadrocha tutadi. Yetilgan tuxum hujayrada elektron mikroskop ostida kuchsiz rivojlangan sitoplazmatik to‘r, erkin ribosomalar, sitoplazmada teng tarqalgan mitoxondriyalar borligi aniqlangan.
Tuxum hujayra takomilining ilk bosqichlarida Golji kompleksi yadro atrofida joylashadi. Tuxum hujayra yetilgan sari plastinkasimon kompleks sitoplazmaning chekka qismiga suriladi. Sitoplazmaning shu qismida kislotali glikozaminoglikanlarga boy bo‘lgan donachalar joylashib, ular po‘stloq (kortikal) qavatni hosil qiladi. Tuxum hujayra urug‘langandan so‘ng kortikal granulalar urug‘lanish qobig‘ini hosil qilishga sarf bo‘lishi natijasida po‘stloq qavat yo‘qoladi.
Turli hayvon tuxum hujayralari sitoplazmasnda sariqlik bo‘lib, uning miqdori turlicha. Ularning joylashishi va miqdori embrional rivojlanish yo‘llarini belgilaydi. Sariqlik sitoplazmadagi har xil oziqa moddalardan tashkil topgan kiritmalardir. Tarkibiga ko‘ra sariqlik – uglevodli, yog‘li va oqsilli bo‘lishi mumkin. Oqsilli sariqlik ayniqsa katta ahamiyatga ega, chunki uning miqdoriga qarab tuxum hujayralar klassifikatsiyalanadi. Sariqlik ayrim hollarda tuxumda ko‘p miqdorda to‘planuvchi oqsil donachalaridan yoki plastinkalaridan tashkil topadi.
Sut emizuvchilarning tuxum hujayrasi – graaf pufakchasi. 1–yadro; 2– yaltiroq qavot; 3– follikulyar hujayralardan hosil bo‘lgan «nurli toj»; 4– donador qavatdagi follekulyar hujayralar; 5– tuxumni tutib turuvchi burtiq; 6–suyuqlik bilan to‘lgan bo‘shliq; 7– biriktiruvchi to‘qimali qobiq.
Ovotsit tashqi tarafdan hujayra qobig‘i bilan o‘ralgan bo‘lib, u ko‘p miqdorda mikrovorsinkalar hosil qiladi. Sut emizuvchilarda tuxum hujayraning o‘sishi tuxumdonda, yetilishi esa bachadon naylarida kechadi. Tuxumdondagi ovogoniy hujayralarining o‘sish davrida ularni o‘rab turgan hujayralar ko‘payib ko‘p qavatli bo‘lib qoladi. Bu hujayralar follikulyar suyuqlikni sekresiya qilishi natijasida follikulyar hujayralar orasida bo‘shliq hosil bo‘ladi.
Bu bo‘shliqning kengayishi davomida tuxum hujayra bir qavat follikulyar hujayralar (nurli toj) bilan o‘ralgan holatda qoladi. Hujayralar yassi yoki kubsimon shaklga ega bo‘lib, ularning uzun o‘simtalari tuxum hujayra mikrovorsinkalarining orasiga kirib, ozuqa moddalarning tuxum hujayraga o‘tishiga sharoit yaratadi. Tuxum hujayra qobig‘i va follikulyar hujayralar oralig‘ida, shu hujayraning mahsuloti bo‘lgan glikozaminoglikanga boy yaltiroq qavat joylashadi. Suv hayvonlarida uni dirildoq qobiq deb ham yuritiladi.
Tuxum hujayralar oziq moddasining miqdori va joylashishi bo‘yicha klassifikatsiyasi. Tuxum hujayralarning klassifikatsiyasi ooplazma tarkibidagi sariqlik miqdoriga asoslangan. Sariqlik miqdori esa homilaning hayot sharoitiga bog‘liq. Tuxum hujayraning o‘lchamlari oziq moddasining miqdoriga bog‘liq, shuning uchun ham turli hayvonlarda tuxum hujayralarning kattaligi turlichadir. Masalan, tarkibida kam oziqa modda tutuvchi sut emizuvchilarning tuxum hujayrasi diametri 100–150 mkm ga teng. Tovuq tuxum hujayrasi esa 3,5 sm gacha boradi. Sariqlikning sitoplazmada tarqalishiga qarab tuxum hujayralarda 2 ta qutb farq kiladi. Sof sitoplazma bilan yadrodan tashkil topgan yuqori yoki animal qutb va oziqa kiritmalarini saqlovchi nastki yoki vegetativ qutb. Qutblarga ajralish sariqlikka boy bo‘lgan tuxum hujayralarda, ayniqsa yaxshi ko‘rinadi.
Tuxum hujayralarini sariqlik moddasining miqdoriga qarab va sariqlik moddasining joylashishiga qarab klassifikatsiya qilish mumkin. Sariqlik moddasining miqdoriga qarab: a) sariqlik moddasini kam saqlovchi oligolesital (oligos – kam, lekythos– sariqlik) tuxum hujayralar; b) sariqlik moddasi o‘rtacha miqdordagi tuxum hujayralar – mezolesital (meros – o‘rtacha) hujayralar; v) sariqlik miqdori ko‘p – polilesital (poly – ko‘p) tuxum hujayralarga bo‘linadi. Oligolesital hujayralar birlamchi va ikkilamchi turlarga bo‘linadi. Birlamchi turlarga lansetnikning tuxum hujayrasi misol bo‘la oladi. Ikkilamchi turga sut emizuvchilarning tuxum hujayrasi misol bo‘lib, bu tuxum hujayralar filogenetik taraqqiyot davomida politsesital tuxum hujayralar o‘rnida hosil bo‘lgan. Embrion rivojlanishining ona qorniga o‘tishi ko‘p sariqlik moddasi bo‘lishiga hojat qoldirmaydi. Sariqlik moddasining tarqalishiga (joylashishiga) qarab: a) izolesital (isos – bir xil), ya’ni sariqlik moddasi kam va taxminan bir xil tarqalgan tuxum hujayralar; b) o‘rta telolesital (telos – chet, oxiri), ya’ni sariqlik moddasi miqdori o‘rtacha, boshqa qismlarida ham bor, lekin ko‘proq tuxum hujayranipg vegetativ qutbida joylashgan v) keskin telolesital – sariqlik moddasi ko‘p va asosan vegetativ qutbda joylashgan tuxum hujayralar tafovut qilinadi. Bu hujayralarda animal qutb tor bo‘lib, u o‘zida sariqlik tutmaydigan sitoplazma va yadrodan iborat. Bunday tuxum hujayralar qushlar (tuxum hujayralarning bu qutbi pushti hosil qilishda ishtirok etadi va uni pusht gardishi deb ataladi) va reptiliylarga xosdir.
Tuxum hujayra turlari (sxema).
1–lansetnik izolitsital tuxum hujayrasi; 2–amfibiylarning o‘rta telolesital tuxum hujayrasi; 3–qushlarning keskin telotsital tuxum hujayrasi.
Dostları ilə paylaş: |