O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti



Yüklə 6,43 Mb.
səhifə60/89
tarix28.11.2023
ölçüsü6,43 Mb.
#169358
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   89
Rivojlaniw maruza

Zamburug`larning ahamiyati. Zamburug`lar tabiatda keng tarqalgan va katta ahamiyatga ega. Ular tabiatda moddalar almashinuvida ishtirok etadi. Bakteriyalar bilan birga organik moddalarning parchalanishi o`simlik qoldiqlarini hayvon o`liklarining minerallashishi asosan zamburug`lar ishtirokida boradi.
Tuproqda xilma-xil zamburug`lar guruhi uchraydi. Zamburug`lar saprofitlar sifatida to`nka va ildizlar qoldiqlarida yashaydi. Ba’zi zamburug`lar yuksak o`simliklar bilan simbioz holda yashab, mikoriza hosil qiladi. Ammo ba’zi bir zamburug`lar o`rmon xo`jaligiga zarar keltiradi. Mutaxassislarning ma’lumotiga ko`ra yog`ochni chirituvchi zamburug`lar tayyorlanadigan yog`ochning 30% gacha yo`q qiladi.
Ba’zi bir zamburug`lar parazit organizmlar sifatida o`simlik va hayvonlarda har xil kasalliklarni keltirib chiqaradi. Iste’mol qilinadigan zamburug`lar ozuqa ahamiyatiga ega. Zamburug`larning ba’zi turlaridan antibiotiklar va vitaminlar olishda, shuningdek achitqilardan keng foydalaniladi.
Ularning mitseliysi mutlaqo bo`lmaydi yoki faqat boshlang`ich holatda zoospora va gametalari bir xivchinli, harakatchan, jinsiy jarayon oogamiya, geterogamiya va oogamiya ko`rinishida o`tadi.
Ajdodning keng tarqalgan turkumlari olpidium (Olpidium) va sinxitriy (Synchytrium), olpidium turkumi asosan parazit hayot kechiradi. Karam ko`chatlarida yashovchi turi «qoraoyoq» degan kasalni keltirib chiqaradi. Sinxitriy kartoshka rakining sababchisi hisoblanadi. Kartoshka tugunagida har xil o`lchamdagi o`simtalar hosil qiladi.
Bu ajdod vakillarining mitseliysi asosan hujayrasiz tuzilgan. Jinssiz ko`rayishi sporongiyasporalar hosil qilish bilan boradi. Sporangiosporalar (ba’zan konidiyalar) harakatsiz, jinsiy ko`payishi zigogamiya ko`rinishida o`tadi. Ajdodning keng tarqalgan vakili oq po`panak- Mucor mucedo hisoblanadi. Ular ko`pincha tuproqda, go`ngda va oziq-ovqatlarda saprofit holda hayot kechiradi.
Bu ajdodning vakillarida mitseliy ko`p hujayrali yoki to`siqlarga ajralganligi bilan xarakterlanadi. Jinssiz ko`payish konidiyalar yordamida boradi. Jinsiy ko`payish natijasida hosil bo`ladigan sporalar alohida xaltacha (ask) ichida yetiladi. Ko`pgina xaltachali zamburug`larda xaltachalar vegetativ gifalarning zichlashishidan hosil bo`lgan har xil shakllardagi meva tanalarda joylashadi.
Ajdodning mevatana hosil qilmaydigan vakillariga achitqi (Saccharomyses) turkumini, mevatana hosil qiladigan, boshoqli o`simliklarda parazitlik qiluvchi – shoxkuya (Claviceps purpurea), qo`ziqorin (Morchella conisa) kabilarni ko`rsatish mumkin. Qo`ziqorinning mevatanasi oyoqcha va qalpoqchadan iborat. Qo`ziqorin chirindiga boy tuproqlarda hayot kechiradi, uni iste’mol qilish mumkin.
Ushbu zamburug`lar mitseliysi yaxshi rivojlangan. Takomillashmagan zamburug`lar ajdodiga tabiatda keng tarqalgan saprofit va parazit zamburug`lar kiradi. Ba’zi turlari yuksak o`simliklarda og`ir kasalliklarni keltirib chiqaradi va ularni nobud qiladi. Ajdodning barcha vakillarida jinsiy ko`payish jarayoni kuzatilmaydi, ular konidiyalar yordamida jinssiz ko`payadi. Fuzarium (Fusarium) turkumi vakillari madaniy o`simliklarni yosh davrlarida zararlab, fuzarioz kasalligini keltirib chiqaradi. Qayrag`ochlarda yalpi qurib qolish, terak, nok, qoraqatlarning barglarida har xil dog`larning hosil bo`lganligi ushbu ajdodga mansub zamburug`lar bilan bog`liq kasallar anchaligidan dalolat beradi.
Bu ajdod vakillari yuksak zamburug`lar hisoblanib, o`z ichiga ko`pgina qalpoqchali zamburug`larni birlashtiradi.
Jinsiy jarayon mag`izlarning qo`shilishi va keyinchalik reduktsion yo`l bilan bo`linish natijasida 4 ta bazidiospora hosil qilish bilan tugallanadi.
Xolobazidiomitsetsimonlar kichik ajdodi bir necha qabilalar guruhi va oilalarga bo`linib o`rganiladi. Ular orasida po`kakdoshlar, boletusdoshlar va agarikadoshlar kabi oila vakillari keng tarqalgan. Po`kakdoshlar oilasiga yog`ochlarni chirituvchi uy zamburug`i (Serpula lacrymons), daraxtlarda parazit hayot kechiruvchi chin po`kak (Fomes fomentarius) zamburug`i kiradi. Boletusdoshlar oilasining deyarli barcha vakillari yuksak o`simliklarning ildizi bilan hamkorlikda yashaydi. Oila vakillarining mevatanasi etdor va iste’mol qilinadi. Eng qimmatli zamburug`lardan oq zamburug` (Boletus edulis) ko`pincha bargli va ninabargli daraxtlar bilan hamkorlikda yashaydi. Bazidiomitsetlarning ko`pchiligi o`rmonlarda uchraydi. Ba’zi turlari ma’lum turdagi o`rmonlarda uchraydi. Ularga tog`terak va qayinzor o`rmonlarida uchraydigan zamburug`larni ko`rsatish mumkin.



Yüklə 6,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin