O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti



Yüklə 6,43 Mb.
səhifə59/89
tarix28.11.2023
ölçüsü6,43 Mb.
#169358
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   89
Rivojlaniw maruza

cytosine-guanine
base pair (C-G)


Sitozin-Guanin juft asosi (S-G)
thymine-adenine
base pair (T-A)


Timin-Adenin juft asosi(T-A)
schematic
representation of
the double- helical
structure of DNA


DNK malekulasini qosh spiral tuzilishini shemasi
DNK ni qo’sh spiralini vadarod bog’lar orqali ushlab turishi.
Foydalanilgan adabiyotlar:


1. To‘ychiyev S., Toshmonov N., Fayzullayev “Sitologiya, embriologiya, gistologiya”o‘quv qo‘llanma. Toshkent 2004. (95-106 bet)
2. Stephen R. Bolsover “CELL BIOLOGY” University College London. 2004. (145-149 bet)
15-Mavzu: Ko’p hujayrali xayvonlarni vegetativ ko’payishi. Jinsiy ko’payish. Konyagasiy.


REJA:

  1. Ko’p hujayrali xayvonlarni vegetativ ko’payishi.

  2. Jinsiy ko’payish.

  3. Konyagasiy.

Tayanch iboralar: konyagasiy, gametalarni hosil bo’lishi, vibrionlar, spiroxetalar, parazit, xlorofill, gifalar, mitseliysi
Tirik organizmlar dunyosi ikki dunyoga; prokaryota-prokariotlar; eukaryota-eukariotlarga bo`linadi.
Prokariotlarga bakteriyalar va ko`k-yashil suvo`tlar kiradi. Ular filogenetik nuqtaiy nazardan yaqin guruhlar hisoblanib, boshqa guruhlardan hujayrasida mag`iz bo`lmasligi bilan farqlanadi. DNK hujayrada tarqoq holda joylashib, tsitoplazmadan maxsus membrana bilan o`ralmagan. Ushbu holat qadimgi organizmligidan dalolat beradi. Qolgan barcha organizmlar (o`simliklar, hayvonlar, zamburug`lar) hujayrasi mag`izga ega bo`lib, maxsus membrana bilan tsitoplazmadan ajralib turadi. Bunday organizmlar eukariot organizmlar deb ataladi.
Olimlar organik olamni 4 ta dunyoga ajratadi. O`simliklar dunyosi o`z navbatida: 1.qizil suvo`tlar kichik dunyosi 2.haqiqiy suvo`tlar kichik dunyosi 3.yuksak o`simliklar kichik dunyolariga bo`lib o`rganiladi.
O`simliklar sistematikasi evolyutsion rivojlanishlar asosida o`simliklar dunyosini tasniflaydi. Uning muhim vazifasi Yer kurrasidagi juda xilma-xil o`simliklarni o`rganib, tabiiy bir tartibga (tizimga) keltirishdan iborat. O`simliklarni har tomonlama o`rganish natijasida turlar ichidagi munosabatlarni aniqlab, ularni ma’lum bir bir-biriga bo`ysinuvchi sistematik guruhlarga yoki taksonomik birliklar (tur, turkum, oila, qabila, ajdod, bo`lim) asosida joylashtiriladi.
Tur K. K. Linney fikricha o`zaro qarindosh, tuzilishi o`hshash, o`ziga o`hshash organizm hosil qilish hususiyatga tizimidan iborat tizim deb qaraydi.
Ch. Darvin ta`limotiga ko`ra tur tarihiy hodisa bo`lib, paydo bo`ladi, rivojlanadi, to`la takomillashib, o`z o`rnini boshqa organizmlarga bo`shatib beradi.
V. L. Komarov ta`rificha, tur bir avloddan kelib chiqqan va muhit hamda yashash uchun kurash davomida tirik mavjudodlarning boshqa olamdan tanlashi natijasida ajralib chiqqan avlodlar majmuasidir.
Bakteriyalar Yer sharidagi sodda tuzilgan eng qadimgi va oddiy ko`z bilan ko`rib bo`lmaydigan organizmlar hisoblanib, hujayrasida mag`iz rosmana shakllanmaganligi va ko`payishda oddiy bo`linish yo`li bilan borishi xarakterlidir, jinsiy ko`payish uchramaydi. Ularning ko`pchiligida plastidalar bo`lmaydi, shuning uchun ular geterotrof oziqlanadi. Hujayra po`sti ham murein degan moddadan tashkil topgan. Bakteriyalar bir hujayrali, ba’zan ipsimon yoki shoxlangan, koloniyali organizmlar bo`lib, ularning shakli jihatidan 3 guruhga ajraladi, masalan:

  1. Sharsimon – kokklar.

  1. Tayoqchasimon – batsillalar.

  1. Buralgan – vibrionlar, spirillalar.

Kokklar yakka, ko`pincha ikkitadan – diplokokk, to`rttadan – tetrakokk, zanjirsimon – streptokokklar, uzum boshiga o`xshash – stafilakokk yoki paketsimon ko`rinishdagi – sartsinalar kabi holatlarda uchraydi. Odatda bakteriyalar tayoqchasimon shaklda bo`lib, ularga tugunak bakteriyalarni misol qilib kursatish mumkin.

Bakteriyani tuzilishi
Tayoqchasimon bakteriyalarning ba’zi turlari faol harakatlanish xususiyatiga ega. Harakatlanish nozik va ingichka xivchinlar yordamida sodir bo`ladi. Buralgan bakteriyalarga vibrionlar, spirillalar va spiroxetalar kiradi.
Ko`rinishi vergulsimon buralgan bakteriyalar vibrion, bukilishi 2 martta qaytarilgan bo`lsa spirillalar, juda ingichka bo`lib, chekkasining bir necha martta bukilishi bo`lsa spiroxetalar deb ataladi.
Bakteriya asosan oddiy bo`linish yo`li bilan ko`payadi, ya’ni sharoit qulay bo`lsa bakteriyalar hujayrasi 20-30 daqiqada bo`linib turadi. Nazariy hisoblash bo`yicha uzunligi 2 mkm eni 1 mkm bo`lgan bakteriya hujayrasi har 30 daqiqada bo`linish natijasida 1 sutkada 636 mln. hujayralar hosil qiladi. Ushbu hujayralarning uzunligi 33 metrgacha yetadi. Sharoit o`zgarmasa ana shu hujayralar 3 kundan so`ng hosil qilgan hujayralari bilan Yer shari ekvatori bo`ylab 14 martta aylantirib chiqishi mumkin.16
Bakteriyalarning ko`pchiligi suv, ozuqa moddalari yetishmasa va boshqa noqulay sharoitda spora hosil qilish xususiyatiga ega. Sporalar tashqi omillar ta’siriga ancha chidamli bo`lib, bir necha yilgacha o`z hayotini saqlab qoladi. Ular asosan shamol, suv yordamida tarqaladi. Shuning uchun ham suv, tuproq, ozuqa mahsulotlari, turar joylarda bakteriyalar ko`p uchraydi. Shuningdek, bakteriyalarning erkin kislorodsiz muhitda yashovchi- aerob va kislorodsiz-anaerob muhitda yashovchi turlari ajratiladi.
Bakteriyalar tabiatda va inson hayotida juda muhim rol o`ynaydi. Ularning foydali va zararli tomonlari bor. Foydali tomonlariga organik moddalarning parchalanishi va chirishi, achish jarayonlari kiradi. Turli achish jarayonlaridan amalda sut mahsulotlarining tayyorlashda, bodring va karamlarni tuzlashda, yem-xashak o`simliklaridan silos bostirishda foydalaniladi. Shuningdek spirt va sirkalar olishda, tolalarni ajratib olishda bakteriyalarning turlaridan foydalaniladi.
Avtotrof bakteriyalar organik moddalarni to`plash xususiyatiga ega. Buning uchun ular quyosh energiyasi yoki kimyoviy energiyadan foydalanadi. Ba’zi turlari tuproqda yashagan holda erkin azotni o`zlashtira oladi. Tugunak bakteriyalar yiliga 200 kg gacha azot to`playdi. Bakteriyalar faoliyati natijasida tabiatda azotning aylanishi amalga oshiriladi.
Hozirgi vaqtda bakteriyalar ko`pincha biologik faol moddalarni (antibiotiklar, aminokislotalar, vitaminlar va boshqalarni) tayyorlashda juda katta ahamiyatga ega. Basillus thuringiensis o`simlik zararkunandalariga qarshi kurashda foydalanilmoqda.
Zararli tomonlariga odamlarda va hayvonlarda turli xavfli kasalliklarni keltirib chiqaruvchi va tarqatuvchi parazit bakteriyalarni va saprofit bakteriyalarni ko`rsatish mumkin.
Bu bo`limga kiruvchi suvo`tlar o`simliklar dunyosining eng qadimgi vakillari bo`lib, o`zining juda sodda tuzilishi bilan boshqa suvo`tlardan farq qiladi. Hujayra shakli yumalok, bochkasimon, tsilindrsimon va boshqa shakllarda bo`lishi mumkin. Ko`k-yashil suvo`tlar bir hujayrali va kolonial organizmlar bo`lib, ko`p hujayrali vakillari to`g`ri yoki bukilgan, xatto spiralsimon shakllarda bo`ladi. Hujayrada xilma-xil pigmentlar mavjud bo`lib, ular orasida ko`k-fikotsian va yashil xlorofill pigmentlari ko`proq bo`ladi. Ko`k-yashil suvo`tlar bakteriyalarga o`xshash hujayraning tiriklik qismi mag`iz va boshqa hujayra organoidlariga ajralmagan. Hujayra po`sti pektindan iborat. Hujayrada fotosintez mahsuli sifatida glikoproteid va oqsil donachalari zahira moddalar sifatida to`planadi. Ko`k-yashil suvo`tlar odatda hujayrasi ikkiga bo`linish yo`li bilan ko`payadi. Bundan tashqari ipsimon vakillari iplarining bir necha qismlarga ajralishi ya’ni gormogoniylar yordamida ko`payadi.
Ko`k-yashil suvo`tlar bo`limining bir hujayrali vakillariga xrookokkni – (Chrooccoccus), ipsimon xoldagi vakillariga ostsillatoriyani (Oscillatoria), kolonial xoldagi vakillariga esa nostokni (Nostoc) ko`rsatish mumkin.
Tashqi ko`rinishi jihatidan sodda tuzilgan ko`k-yashil suvo`tlar tashqi muhitning noqulay sharoitlariga ancha moslashuvchandir. Shuning uchun ham ularni chuchuk va sho`r suvlarda, tuproqlarda va uning yuzasida, qoyalarda, qorlarda hamda qaynar buloqlarda uchratish mumkin.
Markaziy Osiyo cho`llarida ko`k-yashil suvo`tlar tuproq hosil bo`lishi jarayonlarida qatnashadi. Ular atmosferadagi erkin azotni o`zlashtirish xususiyatiga ega va tuproqni azotga boyitadi. Yaponiya va Xitoyda nostokning ba’zi turlari ozuqa sifatida ishlatiladi.

Zamburug`lar plastidalari yo`q geterotrof organizmlardir. Zamburug`lar parazit va saprofit holda hayot kechiradi. Ba’zi birlari suvda yashaydi. Zamburug`larning 100 000 ga yaqin turi mavjud bo`lib, quruqlikda juda katta maydonni egallaydi. Ular suvo`tlardan xlorofillning yo`qligi bilan, uvoqlilardan esa mag`izga ega bo`lishi bilan farq qiladi. Zamburug`larning vegetativ tanasi – mitseliy deb atalib, u alohida ipchalar ya’ni gifalar yig`indisidan tashkil topgan. Zamburug` mitseliysi substratga singib, oziq moddalarni butun yuzasi bilan shimib oladi. Substrat ustida qolgan mitseliydan spora hosil qiluvchi organlar hosil bo`ladi. Ko`payishi vegetativ, jinssiz va jinsiy usulda boradi.


Vegetativ ko`payish kurtaklanish yoki mitseliyning bo`laklarga ajralishi bilan barcha jinssiz ko`payish har xil sporalar hosil qilish yo`li bilan boradi. Sporalar endogen va ekzogen yo`llar bilan hosil bo`ladi. Jinsiy ko`payish tuban zamburug`larda suvo`tlarga o`xshash izo-getero va oogamiya va matashuv yo`li bilan hamda yuksak zamburug`larda maxsus jinsiy organlarning qo`shilishi, bir hujayra mahsulotining ikkinchisiga ko`chib o`tishi va mag`izlarning juft-juft bo`lib qo`shilishi kabi ko`rinishlarda amalga oshadi. Mitseliyning tuzilishi va ko`payish usuliga qarab zamburug`lar tuban va yuksak zamburug`larga bo`linadi. Tuban zamburug`lar mitseliysida to`siqlar bo`lmaydi, jinsiy ko`payish suvo`tlaridagidek boradi. Yuksak zamburug`lar mitseliysi to`siqli ya’ni ko`p hujayrali bo`ladi.
Shartli ravishda tuban zamburug`lar deb ataladigan zamburug`larning mitseliysida ko`ndalang to`siqlar bo`lmay, ular hujayrasiz tuzilishga ega. Ba’zilarining tanasi yalangoch protoplastdan iborat.
Tuban zamburug`larning hujayra po`sti pektin va ba’zan tsellyuloza moddasidan iborat. Hujayra ichida esa ko`p sondagi mag`iz, bir yoki bir necha – vakuola, yog`, glikogen va volyutinga ega protoplast joylashgan.
Tuban zamburug`lar vegetativ, jinsiy va jinssiz usullarda ko`payadi. Vegetativ ko`payish mitseliy bir qismining uzilishi va uning mustaqil o`sishi bilan boradi. Jinsiy ko`payish zoosporangiylarda yetiladigan xivchinli harakatchan zoosporalar yordamida amalga oshadi. Ba’zi vakillari esa sporangiylarda yetiladigan harakatsiz sporalar yordamida ko`payadi. Tuban zamburug`larda jinsiy jarayon izogamiya, geterogamiya, oogamiya yo`llari bilan amalga oshadi.

Yüklə 6,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin