Goldji apparatining elektron mikroskopda kо‘rinishi
asosida tuzilgan chizmasi: l-bо‘shliqlar; 2-pufakcha
Goldji apparatini elektron mikrofotogrammasi.
1-katta vakuolalar; 2-ikki qatlamli sitomembranalar
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. To‘ychiyev S., Toshmonov N., Fayzullayev “Sitologiya, embriologiya, gistologiya”o‘quv qo‘llanma. Toshkent 2004. (60-66 bet)
2. Stephen R. Bolsover “CELL BIOLOGY” University College London. 2004. (50-55 bet)
11-Mavzu: Hujayra markazi (sentrosoma) va mikronaychalar. Plastidalar, tarkibi, tuzilishi, funksiyasi.
REJA: 1. Hujayra markazi (sentrosoma) va mikronaychalar.
2. Plastidalar, tarkibi, tuzilishi, funksiyasi.
Tayanch iboralar: Lizosoma, prelizosomalar, sentrosoma, plastidalar, mitoxondriya
Goldji apparati funksiyasi. Goldji apparati, sekretor jarayonlarda ishtirok etadi. Polisaxaridlar polimerizatsiyasi va ularni oqsilli to‘plami Goldji apparatida sodir bo‘ladi. Bulardan tashqari biologik faol moddalar ham shu apparatda yig‘iladi (lipopratsidlar, fermentlar, gormonlar).
Hujayra markazi, ya’ni sentrosoma. Sentriol hamma hayvon va tuban o‘simliklar hujayrasida topilgan organoiddir. Birinchi marta F. Flemming (1875) tomonidan aniqlangan. Shu vaqtda sentrosoma birinchi marta bo‘linayotgan hujayralarda topilgan. Keyinchalik tekshirishlar natijasida ma’lum bo‘ldiki, sentrosoma boshqa hujayralarga nisbatan bo‘linayotgan hujayralarda yaxshi ko‘rinar ekan. Bu organella oddiy yorug‘lik mikroskopida ikkita sentriola shaklida ko‘zga tashlanadi. Elektron mikroskopda bunday ko‘rinish, ya’ni sentriola silindrsimon tanacha bo‘lib, uzunligi 0,3-0,5 mkm, diametri 0,1-0,15 mkm. Uning devorlari nozik 9 juft naysimon to‘plamdan iborat. Har bir to‘plamda 3 tadan naycha joylashgan bo‘lib, ularga tripletdeyiladi. Har bir tripletning uzunligi sentriolaning uzunligiga teng.
Sentriolalar juft-juft bo‘lib bir-biriga perpendikulyar joylashadi. Sentriola o‘qi bo‘linish o‘qini belgilaydi. Sentriolalar sferik massa markazida joylashib, bu massa sentroplazma yoki sentrofera deyiladi. Sentroferada membrana bo‘lmay, zichligiga ko‘ra, proteinlarga boy va sitoplazmadan ancha farq qiladi. Ayrim manbalarda sentriolaning tuzilishi kiprikchalar yoki xivchinlarning ichki tuzilishiga o‘xshatiladi. Haqiqatan ham elektron mikroskopda olib borilgan tekshirishlarda ular o‘rtasida o‘xshashlik borligi tasdiqlandi.