O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti



Yüklə 6,43 Mb.
səhifə46/89
tarix28.11.2023
ölçüsü6,43 Mb.
#169358
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   89
Rivojlaniw maruza

Fagotsitoz qilayotgan hujayra.
Lizosomalarda lizis funksiyani bajaruvchi fermentlar tо‘plangan organoiddir. Ekzogen moddalarni lizis qilishi bilan autofagiyada ishtirok etadi. Lizosomalarda gidrolaza miqdori juda kо‘p bо‘lib, ularni tashqi membrana shikastlansa, ya’ni fermentlar erkin holga о‘tsa butun hujayrani yemirib nobud qiladi. Shuning uchun «о‘z-о‘zini о‘ldiruvchi» organoidlar deyiladi.10
Mitoxondriya uni tuzilishi va funksiyasi. Goldji kompleksi. hujayra markazi. Mitoxondriyalar sitoplazmadagi mitoxondriyaning shakli va о‘lchami soni hujayralar tipiga va rivojlanish fazasiga qarab doimo о‘zgarib turadi. Ularning о‘lchami 1 mkm dan oshmasdan shakli donador, tayoqcha va ipsimon bо‘lib, tinimsiz harakatda bо‘ladi.

Mitoxondriyaning umumiy sxematik tuzilishi:
a-kо‘ndalang kesimi; b-uch о‘lchamli tuzilishi 1-ichki membrana, 2-tashqi membrana, 3-ribosoma, 4-DNK, 5-donacha, 6-matriks, 7-membranaaro bо‘shliq.


Mitoxondriya


T uzilishi Vazifasi

Goldji apparati. Goldji apparati – hujayraviy orgonoidni italyan olimi K. Goldji nomi bilan atalgan, uni nerv hujayralarining sitoplazmasida birinchi marta K. Goldji kо‘rgan va tо‘r apparat deb atagan. Hozirgi vaqtda bu orgonoid barcha о‘simlik va hayvon organizmlarining hujayralarida topilgan. Goldji apparatining shakli va kattaligi bir necha о‘n nonometr atrofida.
Tuzilishi. Aksari hujayralarda, masalan, nerv hujayralarida bu organoid yadro atrofidagi murakkab tо‘r shaklida bо‘ladi. О‘simliklarning va eng sodda organizmlarning hujayralaridagi Goldji apparati о‘roq yoki tayoqcha shaklidagi ayrim tanachalardan iborat. О‘simlik va hayvon organizmlarining hujayralaridagi Goldji apparatining shakli har xil bо‘lsa ham elektron mikroskopik tuzilishi bir xil. Goldji apparatiga uchta asosiy tuzilma komponenti: 1) guruh- guruh li bо‘lib (5-8 tadan) joylashgan yirik bо‘shliqlar; 2) bо‘shliqlari boshlangan naychalarning murakkab tizimi; 3) naychalar uchlarida joylashgan yirik va mayda pufakchalar kiradi.
Bu elementlarning hammasi yagona tо‘plamni tashkil etadi va hujayraning tashqi membranalari bilan chegaralangan bо‘ladi.
Funksiyalari. Goldji apparati bir talay muhim biologik funksiyalarni bajaradi. Hujayrada sintezlanadigan mahsulotlar – oqsillar, uglevodlar va yog‘lar, endoplazmatik tо‘r kanallari orqali Goldji apparatiga tashib beriladi.
Ana shu hamma moddalar dastlab Goldji apparati elementlarida tо‘planadi, sо‘ngra naychalar uchida joylashgan yirik va mayda pufakchalarga aylanadi. Pufakchalar naychalardan ajralib, tarkibidagi moddalar hujayra hayot faoliyati jarayonida foydalaniladi yoki tashqariga chiqariladi.



Yüklə 6,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin