Kamsituvchi shartlar - bozorga kirish, tovarni ishlab chiharish,
ayriboshlash, sotish, sotib olish, berib yuborish, iste’mol qilish, shartlari -
boshqa teng shart-sharoitlarda bir yoki bir necha ho‘jalik yurituvchi
subyektlarni boshqa ho‘jalik yurituvchi subyektlar bilan taqqoslaganda
teng bo‘lmagan holatga tushirib qo‘yadigan shartlar;
Noto‘qri taqqoslash - alohidaxo‘jalik yurituvchi subyektga bozor
ustunliklari yaratadigan yohud raqobatchilar va boshqa shaxslar tomonidan
amalga oshiriladigan raqobatchini yoki raqobatchi ishlab chihargan tovarni
badnom qiladigan yolg‘on, noaniq yoki buzilgan taqqoslash;
Iqtisodiy jamlanish - shaxslar yoki shaxslar guruhining kelishuvlar
sodir etish va (yoki) boshqa xatti-harakatlarni amalga oshirish natijasida
tovarlar bozorida qo‘lga kiritgan (ustunlik qilish) darajasi;
Monopoliyaga qarshi organ - davlat monopoliyaga qarshi organi va
uning hududiy organlari;
Holding - ochiq akciyadorlik jamiyati, uning tarkibiga uning ustav
kapitalida ustunlik qiluvchi qatnashishiga ko‘ra, yohud ular o‘rtasida
tuzilgan shartnomaga muvofiq, yohud boshqacha tarzda bunday jamiyat
tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni belgilash imkoniyatiga ega bo‘lgan
shu’ba korxonalar kiradi;
Moliya-sanoat guruhi - ishlab chiqarishning raqobatbardoshligi va
samaradorligini oshirish, maqbul texnologiya va kooperatsiya aloqalarini
tashkil etish, eksport salohiyatini ko‘paytirish, ilmiy-texnik taraqqiyotni
jadallashtirish hamda investitsiyalarni jalb qilish maqsadida moddiy va
nomoddiy aktivlarni to‘liq yoki qisman birlashtirish yo‘li bilan (qatnashish
32
tizimi) tashkil etiladigan xo‘jalik yurituvchi subyektlar, kredit-moliya
muassasalari birlashmasi.