2
Tuzuvchi: Hashimova S.N. «Marketing kommunikatsiyalari»fanidan
amaliy mashg‘ulotlar uchun uslubiy qo‘llanma.-T.: ToshDTU, 2014.33 b.
Uslubiy qo‘llanma oliy ta’limning 5230400- Marketing(sohalar
bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib,unda
amaliyot va seminar darslarini o‘tkazish uchun nazariy ma’lumotlar,
talabalar uchun topshiriqlar berilgan. Uslubiy qo‘llanma
marketingda
kommunikativ siyosatni tashkil etish,
marketing kommunikatsiya
kompleksini yaratish,
Shaxsiy sotish, pablik rileyshnz chora-tadbirlari,
reklama siyosatini bilan bog‘liq tushunchalarni nazariy-amaliy o‘rganishga
yordam beradi.
Toshkent davlat texnika universiteti ilmiy-uslubiy
kengashi qaroriga
binoan nashrga tavsiya qilindi.
Taqrizchilar: i.f.n., dots.Omonov B. -TAYI
i.f.n.dots.Yakubova D.M.-ToshDTU
© Toshkent davlat texnika universiteti, 2015
KIRISH
3
Iqtisodiyotda
tarkibiy
islohotlar
va
iqtisodiyotni
modernizatsiyalashni
yanada
chuqurlashtirish,
uning
ko‘lamini
kengaytirish bilan bog‘liq masalalarning nazariy va amaliy tomonlarini
o‘rganishda “Marketing kommunikatsiya”
fani muhim ahamiyat kasb
etadi. Ayniqsa, bugungi kunda marketingda kommunikativ siyosatni
tashkil
etish asoslari, marketing kommunikatsiya
kompleksini yaratish va
boshharish bilan bog‘liq tushunchalar va harashlarni o‘rganishda
“Marketing kommunikatsiya” fani alohida o‘rin tutadi.
Bugungi kundagi iqtisodiyot tarkibini tubdan o‘zgartirish, uni
diversifikatsiyalash va modernizatsiya qilish, islohotlarni davom ettirish va
chuqurlashtirish sharoitida marketing faoliyati
sohasidagi andozalarni
mamlakatimiz ta’lim tizimida qo‘llash bo‘yicha ishlarni olib borish hozirgi
kunning eng dolzarb masalalaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
Mamlakatimiz
iqtisodiyotini
jahon
iqtisodiyotiga
transformatsiyalashuvi sharoitida marketingda kommunikativ siyosatni
tashkil etish, marketing kommunikatsiya kompleksini yaratish va
boshharish bilan bog‘liq tushunchalarni nazariy-amaliy o‘rganish va tadqiq
etish lozimligini ko‘rsatmoqda.
Ushbu fan sotishni rag‘batlantirish, shaxsiy sotish,
pablik rileyshnz
chora-tadbirlari, reklama siyosatini boshkarish kabi masalalarni talabalarga
o‘rgatishda qo‘l keladi. Shuningdek, “Marketing kommunikatsiya” fani
mutaxassislik fanlaridan biri bo‘lib, boshqa
iqtisodiy fanlarni chuqur
o‘rganishda asos bo‘lib xizmat qiladi.