258
259
Takrorning ham barcha ko‘rinishlari mazmunni kuchaytirish,
fikrni ta’sirchan qilishga qaratilgan bo‘ladi. Anafora, inversiya
uning ana shunday ifoda usullaridir.
Inversiya lotincha “inversi”, “o‘rin almashtirish” degan ma’-
noni bildiradi. Bunda gap bo‘laklari grammatika me’yorlari
tartibidan farqliroq tarzda qo‘llanadi. Inversiya ta’kidlanmoqchi
bo‘lgan fikrga mantiqiy urg‘u berish, uni kuchaytirish, ta’sir
chanligini oshirish maqsadida qo‘llanadi.
Ko‘p jahongir ko‘rgan bu dunyo,
Hammasiga guvoh yer osti.
Lekin, do‘stlar, she’r
ahli aro
Jahongiri kam bo‘lar, rosti.
(Abdulla Oripov)
Grammatik me’yorga amal qilinadigan bo‘lsa, bu misralar
“Bu dunyo ko‘p jahongir ko‘rgan...” tarzida yozilishi kerak edi.
Antiteza ham fikr ta’sirchanligini oshirish maqsadida
qo‘llanadigan ifoda usullaridandir. U qaramaqarshi fikrlarni
ifodalash uchun ishlatiladi.
Menga nomehribon yor o‘zgalarga mehribon ermish,
Mening jonim olib, ag‘yorga oromijon ermish.
(Alisher Navoiy)
Menga nomehribon – o‘zgalarga mehribon. Bu zid tushuncha-
lardir.
Ritorik murojaat tantanavorlik, ko‘tarinkilik yoki kesatish,
kuchli g‘azab, nafratni ifodalash uchun qo‘llanadigan xitob
shaklidagi ifoda usulidir.
Ritorik so‘roq esa fikrni so‘roq shaklida ifodalashdir. Biroq u
odatdagi savol singari emas. Unga javob qaytarmaslik mumkin.
Ritorik so‘roq his-hayajonni kuchaytirish uchun beriladi.
Vazn, qofiya, turoq singari unsurlarga ega she’riy nutqdan
farq qiladigan nasriy asardagi nutq asar matniga turli tomondan
kirib keladigan, fe’l-atvori, maqsadi va intilishi har xil personaj-
larning dialog, monologi, muallif tomonidan ularning ichki
kechin malari, harakat, holati bayon
etilishi, makon va zamonning
tasvirlanishi qo‘shilishidan paydo bo‘ladi. Ana shunday turli
ovozlar qo‘shilishi natijasida asar matni maydonida bahslar,
keskin munozaralar, teran mushohadalar, turlicha talqinlar,
muammoga har xil yondashuvlar, kutilmagan kinoya, kesatiqlar,
o‘tkir qochiriqlar yuzaga keladi. Oddiy xabar, ma’lumot, izohga
ham birovning so‘zi suqilib kirsa, jumla, gapda boshqacha ruh,
yangicha ma’no, ta’sirchan quvvat hosil bo‘lib, qalbda turli
his-tuyg‘ular, kechinmalar uyg‘onadi. So‘z
qalb hodisasiga
aylanganida ko‘ngilda ayni xildagi holat kechadi.
Badiiy asar ta’sirchanligini ta’minlaydigan eng muhim omil-
lardan yana biri badiiy psixologizmdir. Badiiy psixologizm
barcha badiiy tasvir va ifoda vositalarining jumuljami sifatida
namoyon bo‘lib, u inson ichki dunyosini ochib ko‘rsatadi. Badiiy
psixologizm adabiyotning insonshunoslik mohiyatini ifoda
etadi. Badiiy psixologizm to‘g‘risida avval ko‘chirma olganimiz
“Adabiyotshunoslik lug‘ati”da shunday ma’lumot beriladi:
“Badiiy psixologizm – badiiy asarda to‘laqonli inson obrazini
yaratishning muhim vositalaridan biri; personaj ruhiyatining
ochib berilishi, xatti-harakatlari va gap-so‘zlarining
psixologik
jihatdan asoslanishi, shu maqsadlarga xizmat qiluvchi usul va
vositalarning jami. Yozuvchi personaj ruhiyatini bevosita yoki
bilvosita tasvirlab berishi mumkin. Personaj o‘y-kechinmalari,
his-tuyg‘ularining “ichki monolog”, “ong oqimi” tarzida yoki
muallif tilidan (o‘ziniki bo‘lmagan muallif gapi) bayon qilinishi
psixologik tasvirning bevosita shakli hisoblanadi. Asardagi
personaj ruhiyatining uning xatti-harakatlari, gap-so‘zlari,
yuzko‘z ifodalari (mimikasi), undagi fiziologik o‘zgarishlarni
ko‘rsatish orqali ochib berilishi esa bilvosita psixologik tasvirdir.
Ruhiy tasvirning bu ikki ko‘rinishi bir-birini to‘ldiradi, shu bois
ham muayyan personaj ruhiyatini tasvirlashda yozuvchi bularning
ikkisidan ham o‘rni bilan foydalanadi. Shuningdek, personaj
260
261
ruhiyatini ochishda yozuvchi tabiat tasviridan yoki boshqa biror
narsa obrazidan foydalanishi mumkin bo‘ladiki,
bu ham bilvosita
psixologizmning ko‘rinishidir. Masalan, “O‘tkan kunlar”
romanida A.Qodiriy Kumushning turmushga berilish xabarini
eshitgan Otabek ruhiyatini “Xo‘ja Ma’oz” qabristoni manzarasi
orqali aks ettirsa, uning Kumush hijronida yashagan paytlardagi
ruhiy holatini “Navo” kuyining sharhida umumlashtirib ifoda-
laydi. Adabiy asarda xarakter ruhiyatini ochish, umuman,
inson obrazini yaratishning muhim vositalaridan yana biri
personaj nutqidir. Zamonaviy nasrda dialog salmog‘ining
ortishi barobarida personaj nutqining obraz yaratishdagi mav-
qei ham kuchaydi. Personaj nutqini individuallashtirish orqali
uning shaxsiyati, dunyoqarashi, muayyan hayotiy holatdagi
ruhiyati haqida o‘quvchiga ko‘p narsalarni yetkazish mumkin.
Dialoglarda personaj nutqi muallifning qisqa, lo‘nda sharhlari
bilan ta’minlanadi. Personajning yuz-ko‘z ifodasi, mimikasi,
undagi fiziologik o‘zgarishlar haqida ma’lumot
beruvchi
bu sharhlar juda katta ahamiyat kasb etadi. Ular o‘quvchiga
personaj nutqini “eshitish”, xatti-harakatlarini “ko‘rib turish”
va shu asosda uning ayni paytdagi ruhiyatini his qilish imko-
nini yaratadi. Adabiyotshunoslikka oid manbalarda badiiy psi-
xo logizmning dinamik, tipologik va analitik prinsiplari farq-
lab ko‘rsatiladi. Dinamik prinsipda personaj ruhiyati uning
muayyan hayotiy situatsiyalarda o‘zini tutishi, xatti-harakatlari
va gap-so‘zlari orqali ochiladi, mohiyatan bu dramatik asar
personajlari ruhiyatini ochish usuliga o‘xshash, shu bois dina-
mik prinsip ba’zan psixologik tahlilning dramaturgik usuli deb
ham ta’riflanadi. Badiiy psixologizmning
tipologik prinsipi
personaj ruhiyatini u shakllangan va harakatlanayotgan muhit
shart-sharoitlari bilan bog‘lagan, shulardan kelib chiqqan
holda tasvirlashni nazarda tutadi. Analitik prinsip esa personaj
dilidagi histuyg‘ular, ongidagi o‘yfikrlarning ildizlari, tadrijini
jarayon tarzida izchil va atroflicha tasvirlashni taqozo etadi.
Bunda bir hisdan ikkinchi his, bir o‘ydan boshqa bir fikr o‘sib
chiqadi, ular bir-birini to‘ldiradi, sifat jihatidan o‘zgartiradi
va hokazo. Bu esa personaj taqdiri, qarashlari va amallaridagi
keskin burilishlarni tayyorlash va ko‘rsatishga imkon beradiki,
u ba’zan badiiy psixologizmning “qalb dialektikasi” shakli
deb ham yuritiladi. Aytish kerakki, muayyan personaj ruhiyati
tasvirida bu uchala prinsip ham qorishiq holda namoyon bo‘ladi,
ulardan
biri yetakchilik qilgani holda, boshqalari uni to‘ldirish,
konkretlashtirishga xizmat qiladi”.
Badiiy asar tilida bu kabi tasviriy vositalar, ifoda shakllari
ko‘p. Ularning barchasi mazmunning ta’sirchanligini oshirishga
xizmat qiladi. Omonim, sinonim, antonim, ko‘chim, istiora,
metonimiya, allegoriya, sinekdoxa, anafora, antiteza, inversiya
kabilar badiiy asar matnida aralash holda, bir-biriga bog‘liq
tarzda yoki alohida-alohida shaklda namoyon bo‘ladi. Ular
mazmunni ta’sirchan qilishga, qahramonlar ruhiy olamini yorqin
gavdalantirishga yordam beradi.
Izoh:
Mazkur mavzuni yoritishda mavjud darslik, qo‘llanma,
lug‘atlardan foydalanildi.
Dostları ilə paylaş: