282
283
dramada gavdalantirilayotgan hodisa bitta yaxlit syujet tarzida
gavdalantirilishi (“harakat birligi” talabi), voqea bir joyda bo‘lib
o‘tishi (“joy birligi” talabi), voqea yigirma to‘rt soat ichida yuz
berishi (“vaqt birligi” talabi) zarur. P.Kornel (1606 – 1684)ning
“Sid” (ya’ni “Said”), “Goratsiy”, J.Rasin (1639 – 1699)ning
“Andromaxa”, “Britanik” tragediyalarida, Moler (1622 – 1673)
ning “Xasis” komediyalarida klassitsizmning ana shu qoidalariga
amal qilingan. Ushbu asarlarda qahramonlar ruhiy olamining
yorqin gavdalantirilgani, tilning jimjimador sun’iylikdan xoli,
sodda ekanligi, syujetning oddiyligi ham e’tiborni tortadi. Bu
klassitsizmning realizm ijodiy metodi bilan mushtarak ekanini
bildiradi. Klassitsizm va realizmning bu umumiyligi ham ijodiy
metod tushunchasining nisbiy hodisa ekanidan dalolat beradi.
Rus adibi L.Tolstoy “Xasis”
singari ajoyib komediyalar
muallifi Molerni “eng go‘zal, xalqchil asarlar bitgan san’atkor”
deb ulug‘lagan. Yana bir rus shoiri A.Pushkin esa “Rasin kabi
klassitsistlar asarlarida xalq taqdiri va inson taqdiri o‘z aniq
in’ikosini topgan” deb e’tirof etgan. Kornel, Moler, Rasin kabi
ijodkorlar antik adabiyotni eng oliy, yuksak, ya’ni ibrat namunasi
deb qarashgan. Ular biz o‘zimizdan “yozgan asarlarimizni
Gomer yoki Vergiliy o‘qiganida, komediya, tragediyalarimizni
Sofokl tomosha qilganida nima degan bo‘lar edi?” deb doimo
so‘rab turishimiz kerak”, degan aqidaga amal qilib, ijod etishgan.
Klassitsizm vakillari antik adabiyotga yuksak hurmat-ehtirom
bildirishgani uchun o‘z asarlarida qadim zamon ijodkorlari
dramalari syujetlarini qo‘llashgan. Klassitsistlar asarlarida hayot
hodisalari va inson dunyosining bir qirrasi yoritilgan. Realistik
roman, qissa, hikoyalarda esa turmush voqeligi va kishilar fe’l-
atvori har tomonlama gavdalantirilgan.
Klassitsizm vakillari janrlarni tabaqalarga ajratishib, “dra-
ma – eng
yuksak janr, komediya – eng quyi janr” deyishgan.
Epik turga mansub roman, qissa, hikoya janridagi asarlarni esa
“ikkinchi darajali” deb qarashgan. Klassitsizm vakillarining
bunday munosabati, avvalo, o‘sha davr kishilari ma’naviyati,
dunyoqarashi bilan bog‘liq. Ma’lum bir davrlarda muayyan
janrlarning e’tibori, mavqeyi baland bo‘ladi. Adabiyot mezoni
hisoblangan janrlar muayyan vaqt o‘tgach, o‘z mavqeyidan
tushib qoladi. Bu hodisa ayrim kishilarning xohish-istagi, izn-u
irodasiga bog‘liq emas. Shuning uchun klassitsizm vakillarining
janrlarga munosabatini ularning
kamchiligi deb emas, balki
o‘sha davrga xos estetik qarash, deb baholash lozim.
“Klassitsizm XVII asrda Fransiya adabiyotida shakllanib,
XIX asr boshlarigacha Yevropa mamlakatlari adabiyotida tar-
qalgan va hukmron bo‘lib qolgan ijodiy metoddir” degan qarash
ham nisbiydir. Chunki ayni shu davr asarlariga xos xususiyatlar
avvalgi zamonlarga mansub asarlarda ham seziladi.
Adabiyotshunoslik, san’atshunoslikda “sentimentalizm oqi-
mi”, “naturalizm oqimi”, “modernizm yo‘nalishi” atamalari ham
keng qo‘llanadi va “modernizm yo‘nalishi ekzistensionalizm,
abstraksionizm, simvolizm, syurrealizm, futurizm, kubizm ka bi
oqimlarga bo‘linadi” deyiladi. Sho‘ro davrida modernizm yo‘-
nalishi qoralangan. Ekzistensiyachilik ta’limoti yirik namo-
yan dalaridan biri fransuz adibi, Nobel mukofoti sovrindori (u bu
mukofotni olishdan o‘z ixtiyori bilan voz kechgan) Jan Pol Sartr
(1905–1980) bu xususda shunday deydi: “Ekzistensiyachilikni
umidsizlikka chaqiradi, deb ayblaydilar; insonning qabihligi,
johilligi va shilqimligini ko‘rsatib, tubanligini ta’kidlayverishda,
ko‘pgina yoqimli, go‘zal jihatlariga e’tibor bermaslikda, inson
tabiatining yorug‘ tomonidan yuz o‘girishda ayblaydilar; ular
odamlarning hamjihatligini esdan chiqarib yuborishgan, insonga
yakkalab tashlangan mavjudotga qaraganday munosabatda bo‘-
ladilar; inson hayotining yomon tomoniga alohida e’tibor bilan
qaraydilar, deydilar... Inson – bu xavotir...
Garchand xavotirni
yashirsalar-da, u mavjuddir... Ekzistensiyachi ehtirosning qud-
ratliligiga ishonmaydi. U hech qachon ezgu ehtiros – in sonni
beshafqatlarcha muayyan qilmishlarga undaydigan, ham mayoq-
ni alg‘ov-dalg‘ov qiladigan oqim va shuning uchun uzr o‘rniga
o‘tishi mumkin, deb da’vo qilmaydi. U inson o‘z ehtiroslari
284
285
uchun javobgar deb biladi... Inson o‘zini qay darajada amalga
oshirsa, shu darajadagina mavjud bo‘ladi... Prustning dahosi,
bu – Prustning asarlaridir. Rasinning dahosi, bu – uning bir
qator fojialari. Ulardan boshqa hech narsa yo‘q. Agar Rasin
yana bir fojia yozmagan bo‘lsa, Rasin yana bir fojia yozishi
mumkin edi, deyishning nima keragi bor? Inson o‘z hayoti bilan
yashaydi, u o‘z
qiyofasini yaratadi, u qiyofadan tashqarida esa
hech narsa yo‘q... Biz faqat inson o‘zining qator qilmishlaridan
boshqa hech narsa emas, u mana shu qilmishlaridan tashkil
topadigan munosabatlar majmuidan iborat, demoqchimiz, xo-
los... Ekzistensiyachi qo‘rqoqni tasvirlar ekan, uni o‘z qo‘r-
qoqligi uchun javobgar, deb hisoblaydi. U yuragi, o‘pkasi yoki
miyasining qo‘rqoq bo‘lgani uchun
shunaqa emas, balki o‘z
qilmishlari bilan o‘zini qo‘rqoq qilgan. Mijozning qo‘rqog‘i
bo‘lishi mumkin emas, Mijoz asabiy, zaif, chala yoxud to‘laqonli
bo‘lishi mumkin, lekin zaif odam degani – albatta qo‘rqoq degani
emas, chunki qo‘rqoqlik bosh tortish yoki yon bosish oqibatida
yuzaga keladi. Mijoz bu – hali harakat emas. Qo‘rqoq o‘z
qilmishi orqali aniqlanadi... Ekzistensiyachi qo‘rqoqni qo‘rqoq
qiladigan – o‘zi, qahramonni qahramon qiladigan ham – o‘zi,
deydi... Ekzistensiyachi insonning tushkun tasvirini bermaydi,
uni qilgan ishiga qarab baholaydi. U insonga bor umid faqat
uning harakatida ekani va faqat yagona harakatgina insonning
yashashi uchun imkon berishini aytadi... Biz o‘zgaga ro‘baro‘
turib, o‘zimizni anglaymiz va ayni paytda, o‘zga ham biz uchun
xuddi o‘zimizday ishonchli bo‘ladi... O‘zim haqimdagi biror bir
haqiqatni bilish uchun men o‘zga orqali o‘tishim kerak. O‘zga
kishi, deylik, o‘z-o‘zimni anglashimda qanchalik zarur bo‘lsa,
mening mavjud bo‘lishim uchun ham shunchalik zarur... Biz har bir
alohida hodisada erkinlik erkinlik uchun bo‘lishini istaymiz. Biroq
erkinlikka intilar ekanmiz, u to‘laligicha
boshqa odamlar erkiga va
boshqalarning erki bizning erkimizga bog‘liq ekanini ko‘ramiz...
Ekzistensiyachilik, bu – hayotbaxshlik, harakat haqidagi ta’limotdir”
(“Jahon adabiyoti” jurnali, 1999-yil, 5-son. 181–195-b.).
Hayot ziddiyatlarga, qarama-qarshiliklarga to‘la bo‘lgani
uchun kishilarning tabiati, fe’l-atvori, dunyoqarashi murakkab-
lashgan. Bu murakkablikning barcha jihatlarini hech bir na zariya
to‘la-to‘kis ifoda qilib berolmaydi. Jumladan, hech bir adabiy
metod, yo‘nalish, oqim ham inson dunyosini batafsil, to‘la-to‘kis
aks ettirolmaydi. Romantizm, realizm metodining eng barkamol
asarlarida ham inson dunyosining ma’lum bir qirralarini gav-
dalantiradi, xolos. Ekzistensionalizm yo‘nalishining J.Sartr
(1905–1980), M.Prust (1871–1922), J.Joys (1882–1941),
A.Kamyu (1913–1960), F.Kafka (1883–1924) kabi namoyan-
dalari asarlarida ham inson hayotining muayyan jihatlari – xavotir,
tahlika, umidsizlik, iztirob ko‘rsatiladi. Ularning roman, qissa,
hikoyalarida sho‘ro adabiyotining romantizm, realizm ijodiy
metodiga mansub asarlaridagi singari ijobiy-salbiy qahramonlar
yo‘q. Modernizm yo‘nalishi vakillari asarlarida iztirob ichida gi
inson qiyofasini ko‘rsatish asosiy o‘rin tutadi.
Ularda inson ning
tubanliklari oshkora gavdalantiriladi. Tushkunlikka tush
gan
kishilarning xatti-harakatlari, o‘y-kechinmalari batafsil ifoda-
lanadi. Ekzistensionalizm namoyandalari diqqatini qaratgan
xa votir, qo‘rquv, iztirob, tubanlik va ular keltirib chiqaradigan
salbiy oqibatlar esa real hodisalardir. Ular inson hayotining
ajralmas bo‘laklaridir. Inson tabiati, fe’l-atvori, hayot tarzining
ana shu jihatlarini yoritish esa adabiyotning insonshunoslik
mohiyatini yanada yorqinroq ochadi.
Syurrealizm fransuzcha “
Dostları ilə paylaş: