O’zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi Al-Xorazmiy nomli Urganch Davlat universiteti «tarix» kafedrasi


Qadimgi Xitoy va Hind kalendarlari



Yüklə 325,8 Kb.
səhifə16/59
tarix25.12.2023
ölçüsü325,8 Kb.
#195095
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   59
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi A-fayllar.org

Qadimgi Xitoy va Hind kalendarlari.Qadimgi Xitoyda ikki xil: oy va quyosh kalendari mavjud bo`lgan. Oy kalendari mil. avvalgi III-ming yillikda vujudga kelgan. Xitoy dehqonlari bahor kelganligini Gidra deb nomlangan yulduz chiqishidan bilganlar. Yilni 4 davrga (faslga) bo`lganlar: bahor, yoz, kuz va qish. Kalendar tuzilishida oy fazalaridan foydalanilgan. Yil 12 qamariy (lunno`y) oydan iborat bo`lgan. 19 yilda bir sikl tamomilangan. Shu 19 yilning 7 yilida 13-oy ham mavjud bo`lgan. Xitoy astronomlari mil. avvalgi VI asrda yangi oy chiqishi bilan yozgi quyosh ko`tarilishi har 19 yilda yoki 235 qamariy (lunno`y) oyida sodir bo`lishini kuzatganlar.
Xitoyda 4 ming yil ilgari quyosh kalendari mavjud bo`lganligi to`g`risida ma`lumot mavjud. Bu kalendar dinastiya nom bilan Sya, deb nomlangan. Tarixchilar shunga o`xshash bo`lgan oy-quyosh kalendari bo`lganligi va u mil. avvalgi 2696-2397 yillarda qo`llanila boshlaganligini aytishadi. Oy-quyosh kalendarida ham 19 yillik (7-yilida 13-oy mavjud bo`lgan) sikl bo`lganligini hisobga olsak, Yuqorida biz oy kalendari, deb hisoblagan yil hisobi ham oy-quyosh kalendari ekanligini tushunib olamiz. Oy-quyosh kalendarida 19 yilda 1 sikl yakunlangan. Har 3,6,8,11,14,16,19-yillarga 13-oy qo`sqilgan. Oy kunlari 30 yoki 29 kundan iborat bo`lib, 1 oy ikki qismga: tszi (aniq) va ki (noaniq)ga bo`lingan. Mil. avvalgi 2397 yildan (taxminan) 19 yillik sikl bilan birga 60-yillik sikl ham joriy qilingan. Unga ko`ra har ikki yil tabiatning 5 unsuri nomni olgan:daraxt, olov, yer, temir va suv. 12

-yil-o`similik sifatidagi daraxt.


2-yil-qurilish materiali sifatidagi daraxt.
3-yil-tabiiy yong`in (olov).
4-yil-xo`jalik o`chog`idagi olov.
5-yil-tabiiy temir.
6-yil-temir buyum.
7-yil-tabiiy yer.
8-yil-ishlangan yer.
9-yil-tabiiy oqin suv.
10-yil-turg`un suv.
Besh tabiat unsuriga belgi qo`yiladi:
1. Daraxt-MU.
2. Olov-XU.
3.Yer-TU.
4.Temir-TSZIN.
5.Suv-SHUY.




Yüklə 325,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin