25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni tahriridagi modda) (Oldingi tahririga qarang) 18-1-modda. Yuridik shaxslarni metrologiyaishlarini va xizmatlariniamalga oshirish huquqiga ega bo’lish uchun akkreditatsiya qilish (O’zR 11.12.2014 y. O’RQ-381-son Qonuni tahriridagi modda) Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning metrologik ekspertizasini, ushbu Qonunning 14-moddasida nazarda tutilgan sohada qo’llanilishi va foydalanilishi mumkin bo’lgan o’lchov vositalarining, sinov vositalarining, o’lchovlar bajarilishi uslubiyotlarining metrologik attestatsiyasini o’tkazish, o’lchov vositalarini tekshiruvdan o’tkazish, kalibrlash, sinash huquqiga ega bo’lishi uchun yuridik shaxslarni akkreditatsiya qilish belgilangan tartibda "O’zstandart" agentligi tomonidan amalga oshiriladi. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning metrologik ekspertizasini, ushbu Qonunning 14-moddasida nazarda tutilgan sohada qo’llanilishi va foydalanilishi mumkin bo’lgan o’lchov vositalarining, sinov vositalarining, o’lchovlar bajarilishi uslubiyotlarining metrologik attestatsiyasini, o’lchov vositalarini tekshiruvdan o’tkazishni, kalibrlashni, sinashni amalga oshiruvchi akkreditatsiya qilingan metrologiya xizmatlari, markazlari, laboratoriyalari faoliyatining inspeksiya nazorati belgilangan tartibda "O’zstandart" agentligi tomonidan amalga oshiriladi. 19-modda. Metrologiyanormalari vaqoidalarini buzganlik uchun javobgarlik Ushbu Qonunning qoidalari, shuningdek metrologiya normalari va qoidalari buzilishida aybdor bo’lgan O’zbekiston Respublikasining yuridik vajismoniy shaxslari, davlat boshqaruv organlari amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo’ladilar. V BO’LIM. METROLOGIYA ISHLARINI