import bo’yicha chetdan olib kelinishi lozim bo’lgan o’lchov vositalari davlat sinovlaridan (keyinchalik ularningturini tasdiqlashshartibilan) yoki metrologik attestatsiyadano’tkazilishi lozim. O’lchov vositalarining davlat sinovlarini o’tkazish, turini tasdiqlash va Davlat reyestriga kiritishni "O’zstandart"amalga oshiradi. (O’zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni tahriridagi qism) Tasdiqlangan o’lchov vositalariga yoki ularning foydalanish hujjatlariga ishlab chiqaruvchi Davlat reyestri belgisini qo’yishi shart. O’zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida o’tkazilgan o’lchov vositalarini sinash va metrologik attestatsiya qilish natijalarini O’zbekiston Respublikasida e’tirof etish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda, O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari hisobga olingan holda amalga oshiriladi. (O’zR 11.12.2014 y. O’RQ-381-son Qonuni tahriridagi qism) 17-modda. O’lchov vositalarini tekshiruvdan o’tkazish Tekshiruvdan o’tkazilishi lozim bo’lgan o’lchov vositalari turkumlarining ro’yxati "O’zstandart" tomonidantasdiqlanadi. (O’zR 25.04.2003y. 482-II-son Qonunitahriridagi qism) Yuridik shaxslarning akkreditatsiya qilingan metrologik xizmatlariga o’lchov vositalarini tekshiruvdan o’tkazish huquqi berilishi mumkin. O’zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida o’tkazilgan o’lchov vositalarini tekshiruvdan o’tkazish natijalarini O’zbekiston Respublikasida e’tirof etish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda, O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari hisobga olingan holda amalga oshiriladi. (O’zR 11.12.2014 y. O’RQ-381-son Qonuni tahriridagiqism) 17-1-modda. O’lchov vositalarini kalibrlash (O’zR 26.05.2000 y. 82-II-son Qonuniga muvofiqkiritilgan modda)