O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi alishernavoiynomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti



Yüklə 55,54 Kb.
səhifə1/3
tarix06.11.2022
ölçüsü55,54 Kb.
#67601
  1   2   3
Ўзбек фольклор ЎФФ ва ФОЛЬКЛОРГА ДИЛОВАР


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

ALISHERNAVOIYNOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI UNIVERSITETI


TASDIQLAYMAN”
O‘quv va tarbiyaviy ishlar
bo‘yicha prorektor
_____________ S.Normamatov
2022-yil “___” ____-avgust





O‘ZBEK FOLKLORI


fanining


fanining o‘quv dasturi (sillabusi)

Bilim sohasi:

200 000 San’at va gumanitar fanlar

Ta’lim sohasi:


Ta’lim yo‘nalishi:

230 000 – Tillar

60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili)


60230900 – Folklorshunoslikva shevashunoslik


Toshkent – 2022


Fan/modul kodi
302O‘F 1 7

O‘quv yili
2022–2023

Semestr
1

ECTS - Kreditlar
7

Fan/modul turi
Majburiy

Ta’lim tili
O‘zbek

Haftadagi dars soatlari
6

1.

Fanning nomi

Auditoriya mashg‘ulotlari (soat)

Mustaqil ta’lim (soat)

Jami yuklama
(soat)

O‘zbek folklori





1-kurs 1-semestr
Jami: 90 soat
30 soat ma’ruza,
30 soat amaliy,
30 soat seminar

120

210






Jami: 90 soat

Jami:120

Jami:210 soat


1. FANNING MAZMUNI
“O‘zbek folklori” fani “Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili)” hamda “Folklorshunoslik va shevashunoslik” ta’lim yo‘nalishlarida 1-semestrda o‘qitiladi. Mazkur fan talabalarga xalq og‘zaki ijodi namunalarining sinkretik san’at sifatida xalq ma’naviy hayotida muhim o‘rin tutishini, unda o‘zbek xalqining asrlar davomidagi ijtimoiy, maishiy, madaniy hayoti o‘zining badiiy ifodasini topganligi, o‘zbek xalq og‘zaki ijodi namunalari va ularning janrlar tarkibi, o‘ziga xos xususiyatlari bo‘yicha ilmiy-nazariy ma’lumot beradi. Shuningdek, o‘zbek folklorining namunalari, xalq og‘zaki ijodidagi tur va janrlar, folklor janrlarining tarixiy taraqqiyoti va o‘ziga xos xususiyatlari, o‘zbek folklorshunosligida amalga oshirilgan ilmiy ishlar va ularing ahamiyati kabilar bilan tanishtirish, bu sohalarda qo‘lga kiritilgan yutuqlar, bilimlar sirasi, ulardagi munozarali holatlar, g‘oyalar va qarashlar, asosiy tushuncha va atamalar xususida ma’lumot beriladi.

2. FANNI O‘QITISH NATIJALARI VA SHAKLLANADIGAN KASBIYKOMPETENSIYALAR
Fanni o‘zlashtirish natijasida talaba:
folklor janrlari, xalq og‘zaki ijodi genezisi va tarixiy taraqqiyoti, janrlar va ularning xususiyatlarini aniqlash, janrlararo munosabat mezonlarini belgilash, adabiyot va folklor munosabati haqida tasavvurga ega bo‘lishi;
– xalq og‘zaki ijodining sinkretik san’at ekanligini, boshqa san’at turlaridan farqli jihatlarini ko‘rsatib berish, o‘zbek folklorining tarixiy taraqqiyot bosqichlarini, O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng xalq og‘zaki ijodi davlat maqomiga erishganligi, shuningdek, folklor namunalarini tahlil qilish, ularni xalq orasidan yig‘ish va tasniflash qoidalarini bilishi va ulardan foydalana olishi;
– talabalar o‘zbek folklorining jahon folklori merosida munosib o‘rnini anglashi va ularni baholash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.

3.O‘QUV FANI O‘QITILISHI BO‘YICHA USLUBIY KO‘RSATMALAR
Ta’lim texnologiyalari va metodlari

4. TALABALAR KREDITLARNI OLISH TARTIBI
“Talabalar kreditlarni olish tartibi” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 824-sonli hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018-yil 29-sentabrdagi 820-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risida”gi Nizomi, shuningdek, talabalar bilimini nazora qilish va baholash haqidagi universitet Nizomi asosida belgilanadi.

Yüklə 55,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin