O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi alishernavoiynomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti



Yüklə 55,54 Kb.
səhifə3/3
tarix06.11.2022
ölçüsü55,54 Kb.
#67601
1   2   3
Ўзбек фольклор ЎФФ ва ФОЛЬКЛОРГА ДИЛОВАР

3. Amaliy mashg‘ulotlar
2-jadval



Ma’ruza mavzulari

Qisqacha tavsifi (kalit so‘zlar)

Soatlar hajmi

I-semestr


Xalq og‘zaki ijodining o‘ziga xos xususiyatlari tahlili




2


O‘zbek xalq miflari va ularning boshqa janrlarga ta’siri




2


Marosim folklori namunalari badiiyati va ularning tahlili




2


Dostonlarda nasr va nazmning baravar kelishi va ularning xos xususiyatlari




2


O‘zbek xalq dostonlarida qahramonga yordam beruvchi pir va eran obrazlari




2


“Kuntug‘mish” dostoni tahlili




2


Dostonchilik maktablari va ularning an’analari




2


Sehrli ertaklar va ularning tahlili




2


“Alpomish” dostoni tahlili




2


“Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi” dostoni tahlili




2


Marosim qo‘shiqlari: ijro o‘rni va badiiyati




2


“Malikai Ayyor” dostoni tahlili




2


Bolalar qo‘shiqlari




2


Latifa, lof va askiya janrlari na’munalari tahlili




2


Lirik qo‘shiqlardagi ramziylik




2

Jami




30

Amaliy mashg‘ulotlari multimedia qurulmalari bilan jihozlangan auditoriyada bir akadem. guruhga bir o‘qituvchi tomonidan o‘tkazilishi lozim. Mashg‘ulotlar faol va interfaol usullar yordamida o‘tilishi, mavzuga mos ravishda munosib pedagogik va axborot texnologiyalar qo‘llanilishi maqsadga muvofiq.



4. Seminar mashg‘ulotlari
3-jadval



Ma’ruza mavzulari

Qisqacha tavsifi (kalit so‘zlar)

Soatlar hajmi

I semestr


Xalq og‘zaki ijodining o‘ziga xos belgilari




2


Xalq og‘zaki ijodining janrlari. Janrlararo munosabatlar




2


Mavsumiy marosim folklori namunalar va ularning badiiyati




2


Oilaviy marosim folklori namunalari va ularning badiiyati




2


Qahrmonlik dostonlari xususiyatlari




2


Ishqiy-romanik dostonlar tabiati




2


Kitobiy dostonlar




2


Xalq kitoblarining janr xususiyatlari




2


Xalq ertaklari turlari va ulardagi obrazlilik




2


Lirik qo‘shiqlarda o’zak va yordamchi ramzlar




2


Mehnat qo‘shiqlarini yaratilishi, tarixi va badiiyati




2


Bolalar folklori: janrlari taraqqiyoti va xususiyatlari




2


Alla janri xususiyatlari va badiiyati




2


O‘zbek xalq maqollari janr xususiyatlari va genezisi




2


Topishmoq janri va undagi badiiy san’atlarning o‘rni




2

Jami




30 soat


5. Mustaqil ta’lim:
4-jadval



Ma’ruza mavzulari

Qisqacha tavsifi (kalit so‘zlar)

Soatlar hajmi


Mif va badiiy adabiyot munosabatlari.
Mustaqillik yillarida xalq og‘zaki ijodining davlat maqomiga erishishi, mifologik tasavvur va bilimlarni o‘rganish imkoniyatining tug‘ilganligi.




2




Bolalar folklori




2


Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida mifologik dunyoqarash unsurlari.




2


Xodi Zarif o‘zbek folklorshunosligining asoschisi




2


To‘ra Mirzaev – folklorshunos.
Bugungi o‘zbek folklorshunosligining rivoji.




2


Xalq dostonlarini o‘rganish




2


Dostonlarni o’rganishdagi tajribalar va yangi nazariy qarashlar




2


O‘zbek mifologiyasi xalq qadiyatlarining o’rni tarkibiy qismi sifatida




2


O‘zbek mifologiyasi xalq qadiyatlarining tarkibiy qismi sifatida




2


“Dada Qo‘rqut kitobi” dostoni va “Alpomish” dostonida mifologik tizimning qiyosiy tahlili.




2


“Dada Qo‘rqut kitobi” dostoni va “Alpomish” qiyosiy tahlili.




2


Xalq qo‘shiqlarida mifik timsollar.
Ertaklarda mifik unsurlar.




2


Alisher Navoiy ijodi va mif.




2


O‘zbek folklorshunosligining tadrijiy taraqqiyotida mifologik tasavvurlar tadqiqi.




2


Xalq dostonlari va mifologiya




2


Mustaqillik davri folklor asarlari nashrlari tajribasi.




2


“Alpomish” dostonidagi avlod shajarasi dostonda ikki bora to‘liq qaytariladi. Birinchisi doston boshlanmasida baxshi tomonidan aytilsa, ikkinchisi Alpomish Qalmoqdagi chohdan chiqib, yurtiga qaytayotganda ilk bor uchragan karvonlaragi bu shajarani to‘liq aytadi. Bundan maqsad nima? Bu sanoq qanday mazmunga ega? Epos mazmuni kesimida talqin eting.




2


“Alpomish”da kuylangan:
«Davlat qo‘nsa bir chivinning boshiga,
Semurg‘ qushlar salom berar qoshida» shohbaytning doston voqeligiga qanday aloqasi bor?




2


“Alpomish” dostonida Dobonbiyning 14 botmon brinchdan bo‘lgan yoyi uzoq vaqt harakatsiz yotdi. Alpomish еtti yoshida bu yoyni otib, alp ataldi. Oradan vaqt o‘tib yoy yana chang bosib qoldi. Yodgor uni bazo‘r sudrab tortdi. Bu yoyning o‘g‘uz qissalaridagi Uch o‘q va Bo‘z o‘q urug‘lari bilan bog‘liqligini va ma’no qirralarini aniqlashga harakat qiling.




2


“Alpomish”da Qalmoq alplari mubolag‘aviy tasvirlanadi, ammo Alpomishning bu xil tasviri yo‘q. Bu usulning qo‘llanishidan baxshi-shoirlar nima maqsad qilishgan?
Qultoy aytadi: “Alpomishning chap еlkasida mening qo‘limning izi bor”. Qultoy kim? Uning dostondagi o‘rni qaerda? Bodom bikach Barchin bilan o‘lan aytishadi. Nega Bodom bikach bilan Barchin? Bu aytishuvning poetik yuki qanday deb o‘ylaysiz?




2





Poygada qatnashgan otlar hisobini chiqaring, chavandozlarning etnik tarkibini aniqlang va poygani shu xil tahlil qiling. Bu hosilani eposning umumiy g‘oyasiga bog‘lab talqin eting.




2


Qalmoq alplari Barchinga sovchi bo‘lib kelishadi. Barchinning yoshini hisob-kitob qilib, o‘tovini alohida, uning o‘zi javob beradi degan qarorini aytishadi. Bu talqinning marosimiy asosi va poetik ma’no qamrovini aniqlang.




2


Alpomish” dostonida Yortiboy obrazining poetik yuki qanday? Uning:
Maslahat bermaymiz Boysari boyga,
Osilmaylik Boybo‘rining doriga..
Va Kashalda aytgan:
Bolalarni tog‘a-jiyan qilamiz
Bu ellarda erkin bo‘lib yuramiz.
Ushbu javoblarning talqini qanday?




2


Cho‘lponning ushbu: “Boychechak
“Boychechakning bolasi”
Ochdi yuzini;
Suvga chiqqan xolasi
Ko‘rdi qizini!
«Boychechakning bolasi»
Har uyda kuldi,
Go‘daklarning xaltasi
Non bilan to‘ldi!..she’ri, bu she’r ma’nosi va unda tasvirlangan voqelikning
«Yomg‘ir yog‘aloq,
Echki chaqaloq,
Boyning qizining,
Qorni dumaloq» qo‘shig‘iga qanday aloqasi bor?




2




Cho‘lponning ushbu: “Boychechak
“Boychechakning bolasi”
Ochdi yuzini;
Suvga chiqqan xolasi
Ko‘rdi qizini!
«Boychechakning bolasi»
Har uyda kuldi,
Go‘daklarning xaltasi
Non bilan to‘ldi!..she’ri, bu she’r ma’nosi va unda tasvirlangan voqelikning
«Yomg‘ir yog‘aloq,
Echki chaqaloq,
Boyning qizining,
Qorni dumaloq» qo‘shig‘iga qanday aloqasi bor? Har ikki asar: Cho‘lpon she’ri va bolalar qo‘shig‘ining Navro‘z bayrami bilan kesishadigan nuqtalarini toping va talqin bering?




2




“Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi” dostonidagi Go‘ro‘g‘li va Rayhon podsho yurtlarini ajratib turuvchi daryoga qanday bog‘liqlik o‘rinlari bor? Bu bog‘liq nuqtaning semantik ko‘lamini aniqlang, talqin bering.




2


Daryo obrazi kelgan xalq qo‘shiqlari:
Sizni unda, bizni bunda yaratdi,
O‘rtamizda oqar daryo yaratdi,
Oqar daryo ekan oqdi-yu ketdi,
Bevafo yor ekan, tashladi, ketdi.
to‘rtligi haqida.






2


Daryoning ul yuzida uylaringiz
Oqarishib ko‘rinadi bo‘ylaringiz”. Turkum qo‘shiqlari semantikasini ushbu kesimda olib, tadqiq eting.




2


Turkum qo‘shiqlarining semantikasini tadqiq etish.




2


“Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi” dostonidagi Ravshan va Shohdorxon qahramonlariga ta’rif va tavsif berish.




2


“Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi” dostoni avvalida Go‘ro‘g‘lining otasi Ravshanni Shohdorxon askarlari yov bo‘lib kelganda Hamza asir qilib, yashirincha olib ketadi.
Savol: nega Taka-Yovmit ahli bu holatga bee’tibor qoldi? Sabab nima? Bu epizodning epos g‘oyasiga aloqasi qanday?




2


Ravshan sinchi va To‘laboy sinchi munosabatini semantik ma’no qatlamlari kesimida tahlil qiling.




2


Ravshan sinchi va To‘laboy sinchi munosabati va raqobatining semantik ko‘lamini epos voqeligi ma’no qatlamlari kesimida talqin eting.




2


Go’rog’li timsolini etnos kesimida tahlil qilish




2


Go‘ro‘g‘lining tug‘ilish vaqti, uning qabrda kechgan davri, biya emib ulg‘ayishi va Rustam qo‘liga kelib, o‘z yurtiga qaytgungacha bo‘lgan vaqt talqinini epik qahramon hamda etnos kesimida tahlil qiling.




2


Go‘ro‘g‘li turkumida yеttita epik ot tarjimai holi, epik talqinlari qanday aks etganligi haqida ma’lumot bering.




2


Bu otlar qanday otlar va ularni epik ot obrazida talqin eting.




2


“Alpomish” va “Go‘ro‘g‘li” dostonida alplik tizimi asar yadrosini tutib turuvchi mohiyatlardan biridir. Alplik tizimi tasavvurlarini ushbu dostonlar misolida qayta tekshirib chiqing.




2


Alp – eposning qahramoni. Etnosda uning quvvatini namoyon etuvchi sohibqironlar va ulug‘ quvvatli sarkarda-yu, podsholarning umumlashma badiiy obrazi bu alp hisoblanadi. “Alpomish” va “Go‘ro‘g‘li” dostonida alplik tizimi asar yadrosini tutib turuvchi mohiyatlardan biriligi haqida fikrlashing.




2


O‘zbek xalq qo‘shiqlari, xususan, lirik qo‘shiqlarda poetik ramzlar asosiy fikr, tuyg‘u, kechinma ifodachi sifatidagi muhim o‘rini haqida fikrlashing.




2


Qo‘shiqlardagi еtakchi ramziy obrazlar: olma, ro‘mol, tom, g‘oz, o‘rdak, shaftoli, tamaki, oq, qizil, sariq va hakazolar semantikasini aniqlab, qo‘shiqlarni talqin eting.




2


“Susambil” ertagi haqidagi mulohazalaringiz nimalarda namoyon bo’ladi? Xulosalaringizni ayting.




2


“Susambil” ertagida nega hayvonlar Susambilga borishadi? Susambilning Chambilga aloqasi bormi? Chambil qanday shahar, bu tasavvurlarning asosi va badiiy talqinlari haqida o‘z xulosalaringizni ayting.




2


Ertaklardagi uch aka-uka, opa –singil haqidagi muloxazalaringiz. Nega har doim kichik farzand oilasi uchun o’zini fido qilishi kerak. . Bu ertaklar nimadan xabar beradi?




2


Ertaklardagi uch aka-uka yo‘l oluvchi manzillar:
1.Borsa kelar;
2.Borsa noma’lum;
3.Borsa kelmas. Bular qanday talqinga ega? Nega kenja botir borsa kelmasga boradi. Bu ertaklar nimadan xabar beradi?




2


“Ur to‘qmoq”dagi sehrli buyumlar:
Ochil dasturxon; Qaynar xumcha;
Urto‘qmoq va yana yalmog‘izning uch atributi haqidagi fikrlaringiz.




2


Taroq; qayroq; oyna va bu jismlarning semantikasi nima? Nega ular bu xususiyatlarni oldi?
Ertak kesimidagi ma’nosi va hayotdagi mohiyati nima?




2


“Dunyoda yo‘q hunar”, “Uch ko‘r va bir yigit” ertaklari ifodalayotgan ramziy-timsoliy vositalari bizga nimalardan xabar beradi?




2


“Qo‘ng‘iz bekach” ertagi ifodalayotgan ramziy-timsoliy vositalar bizga nimalardan xabar beradi?




2


“Ravshan” dostonidagi:
«Yor aylanay qalpoq tikkan qo‘lingdan» deb boshlanuvchi murojaatida “Go‘ro‘g‘li” dostonlaridagi boshqa barqaror shakl va formulalar bilan munosabatini tahlil eting.




2


“Ravshan” dostonidagi:
Uzoqdan kelayotibman” deb boshlanuvchi qo‘shiqlarning “Go‘ro‘g‘li” dostonlaridagi shakl va formulalar bilan munosabatini tahlil eting.




2


Xalq ertaklari va dostonlaridagi tushlarning badiiy vazifasi.




2


Xalq ertaklari va dostonlaridagi tushlarning semantikasini.




2


“Alpomish” va “Go‘ro‘g‘li” dostonlari hamda bir qator ertaklar misolida qiyosan tahlil eting.




2


“O‘lan”, “Yor-yor”, “ Kelinsalom” va «Ashula» - lirik qo‘shiq janrlarining o‘ziga xos xususiyatlari va uyg‘un jihatlari.




2


Afsona, naql va latifalarning voqelikni aks ettirishdagi farqi va assotsiativ ma’nolarini yoritib bering.




2


Maqol, topishmoq va chaldirmoq janrlarini qiyosan tahlil eting. Maqollarning o‘z va ko‘chma ma’nolariga diqqat qarating. Topishmoq va chaldirmoqlarning uyg‘un va farqli xossalariga to‘xtaling.




2


Hozirgi kunda o‘zbek folklorshunosligi dolzarb bo‘lgan masalalar xususida fikr yuriting. Folklorshunoslik sohasida amlaga oshirilgan ishlarni tahlil qiling




2


Xalq dostonlari tasnifi yuzasidan olib borilgan ishlar, tasniflarga asos bo‘lgan tamoyillarni yoritib bering




2




Jami




120



6. O‘QUV ADABIYOTLARIVA AXBOROT MANBALARI


Asosiy adabiyotlar

  1. Mirzayev T. va boshqalar. O‘zbek folklori. Darslik. –T.: “Tafakkur bo‘stoni”, 2020.

  2. Jo‘rayev M. Folklorshunoslik asoslari. – T.: “Fan”, 2009.

  3. Safarov O. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi. – T.: “Musiqa” nashriyoti, 2010.

  4. Madayev O. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi. – T.: “Mumtoz so‘z”, 2013

  5. Mirzayev T. va boshqalar. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi xrestomatiyasi.–T.: “Aloqachi”, 2008.



Qo‘shimcha adabiyotlar

  1. Ш. Мирзиёев. Эркин ва фаровон демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз. Т.: Ўзбекистон, 2016.

  2. Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси” тўғрисидаги Фармони (Халқ сўзи 2017 йил, 8 феврал).

  3. Ш. Мирзиёев. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз билан бирга қурамиз. Т.: Ўзбекистон, 2017.

  4. Ш.Мирзиёев. Қонун устуворлиги ва инсон манфаатларини таъминлаш – юрт тараққиёти ва халқ фаровонлигининг гарови. Т.: Ўзбекистон, 2017.

  5. Ўзбекистон Республикаси Президентининг қарори “Олий таълим тизимини янада ривожлантириш чора-тадбирлари” тўғрисида (Халқ сўзи 2017 йил, 21 апрель).

  6. Madayev O. O‘zbek xalq og‘zaki poetik ijodi. (Nazariy kurs matni). T.:1999.

  7. Мирзаев Т. Эпос и сказитель. – Ташкент: Фан. – 410 с.

  8. Turdimov Sh. Etnos va epos. Toshkent, O‘zbekiston, 2012.

  9. Ergashev A. Qashqadaryo-Surxondaryo dostonchiligi. –T.: “Fan”, 2008.

  1. Eshonqulov J. Epik tafakkur tadriji. Toshkent, “Fan”, 2006.

  2. O‘zbek folklorshunosligi masalalari. 3-kitob. -T.: “Fan”, 2010.

  3. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi yodgorliklari. 100 jildlik. Toshkent: G‘afur G‘ulom, 2015, 2016.



Internet saytlari

  1. lectures.ndpi.uz>lektions

  2. news.uzreport.uz>news

  3. www.folklore.ru.

  4. www.folksentr.ru

  5. https://m.vk.com>club1962650

  6. folklore.tomsk.ru

  7. www.ruthenia.ru>folklore



7. O‘QUV DASTURI HAQIDA MA’LUMOT



O‘quv dasturi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tomonidan ishlab chiqilgan va universitet Kengashining 202___yil “___” “______”dagi “ ___” -sonli bayoni bilan tasdiqlangan.

“Folklorshunoslik va dialektologiyai” kafedrasi mudiri, f.f.d.,
professor S.Ashirboyev _______________ (imzo)

Tuzuvchi:
фил.ф.номзоди, доцент A.Тилавов _______________ (imzo)
фил.ф.бўйича ф.док., доцент И.Сайитқулов _______________ (imzo)

Taqrizchilar:
Ш.Турдимов – O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti yеtakchi ilmiy xodimi, filologiya fanlari doktori

D.O‘rayeva – Buxoro davlat universiteti professori, filologiya fanlari doktori



Yüklə 55,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin