3. Korxonalarda kadrlar sifatining mohiyati va uni
baholashning zamonaviy me’zonlari
Bugungi kunda taraqqiy etgan barcha kompaniya va firmalarda ishchi kuchi sifatini oshirishga nihoyatda katta e’tibor berilmoqda. Jumladan, AQSHning „Motorolla” korporatsiyasi mutaxassislar va menejerlarni tayyorlash hamda malakasini oshirish uchun oʻquv markazlari keng tarmog’i bilan birgaliqda oʻz texnika universitetiga ham ega. Soʻnggi oʻn yil ichida korporatsiyaning kadrlar tayyorlash uchun sarf-xarajatlari 7 milliondan 120 million dollarga yetdi.
Germaniyada ishlab chiqarishda band boʻlgan har bir ishchi va mutaxassis kamida ikki yilda bir marta turli kurslarda oʻz malakasini oshiradi. Ushbu jarayonning asosiy tashkilotchilari korxonalardir. Ular xodimlar malakasini oshirish uchun xarajatlarning yarmidan koʻprog’ini oʻz mablag’lari hisobidan qoplaydilar. Buning uchun ular oʻzlarining oʻquv markazlaridan, shuningdek, boshqa kompaniya va firmalar bilan birgaliqda tashkil etilgan oʻquv markazlardan foydalanadilar. Germaniyaning „Siemens” elektrotexnika kontserni 82 ming nafar xodim jalb etilgan 8 mingta malaka oshirish dasturlariga ega.
Frantsiyada 1984 yildayoq „Davlat va firmalar oʻzidagi kadrlar tayyorlash markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish toʻg’risida"gi qonuni qabul qilingan. Bu yerda kadrlarni tayyorlash strategiyasini ishlab chiqishga firmalarning ishlab chiqarish kengashlari va kasaba uyushmalar jalb etilgan.
AQSHda ham 1982 yidda “Kadrlarni oʻqitish va qayta tayyorlashni tashkil etishda mahalliy hokimiyat organlarining korporatsiyalar bilan sherikligi toʻg’risida”gi qonuni qabul qilingan4.
Umuman hozirgi vaqtda ishchi kuchi sifati nihoyatda dolzarb ahamiyatga ega boʻlmoqda. Globallashuv, jahon bozoridagi oʻta keskin raqobat kadrlarning yuqori malakaga ega boʻlishini talab etmoqda. Masalan, hozirgi vaqtda yuqori malakaga ega ishchilar AQSHda jami ishchilarning 45, Germaniyada esa 55 foizini tashkil etmoqda.
Hozirgi vaqtda faoliyat natijalarini baholash mehnat jamoasini shakllantirish va rivojlantirishning asosiy vositalaridan biriga aylaigan. Kadrlarni boshqarish xizmati menejerning ushbu sohada chuqur bilimga ega boʻlishi rahbarlik uslubining asosiy xususiyatidir.
Kadrlarni boshqarish xizmati mutaxassislari fikricha, faoliyat natijalarini baholash oshkora boʻlishi kerak. SHu holdagina har bir xodim oʻz faoliyati natijalarini boshqalarniki bilan taqqoslay oladi va oʻziga tegishli xulosalar chiqaradi. Rahbariyat esa ob’ektiv baholash natijalariga qarab xodimlarni moddiy jihatdan rag’batlantirish, xizmat lavozimida oʻstirish, shu bilan birga ishlab chiqarish jarayonlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish toʻg’risida asoslangan qarorlar qabul qila oladi.
Ayni vaqtda mutaxassislarning tadqiqotlari faoliyat natijalarini baholashi zarur, biroq kadr boʻyicha qaror qabul qilish uchun yetarli emasligidan dalolat bermoqda. SHuning uchun mehnat jarayoni davomida xodimlarning amaliy va shaxsiy sifatlarini baholash ham katta ahamiyatga egaligi tobora ravshan boʻlyapti. Xodimlarning ushbu sifatlariga, eng avvalo, ularning kasbiy va ishlab chiqarish koʻnikmalari, shuningdek psixologik qobiliyatlari taalluqlidir.
Xodimlar barcha toifalari (malakali ishchilardan menejerlargacha)ning amaliy va shaxsiy sifatlarini baholash quyidagi omillar boʻyicha oʻtkazilishi mumkin:
|