Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti


Korxonalar iqtisodiy samaradorligini oshirishda



Yüklə 422 Kb.
səhifə10/24
tarix13.04.2023
ölçüsü422 Kb.
#97449
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24
Kurs ishi makroiqtisodiyot uslubiy qoʻllanma (2)

Korxonalar iqtisodiy samaradorligini oshirishda

kadrlarning ahamiyati
Mustaqillik yillarida iqtisodiyotning barcha sohalari uchun yuksak malakali kadrlar tayyorlash borasida juda katta ishlar qilindi. Milliy iqtisodning, jumladan, korxonaning hal qiluvchi uchastkalariga rahbarlik izlanuvchan, yangilikka intiluvchi, fidoyi, tafakkuri oʻtkir, tashkilotchilik qobiliyati zoʻr, oʻz ishini yaxshi biladigan mutaxassislar qoʻlida jamlangandir.
Kadrlar siyosatining dolzarb muammolari Prezident SHavkat Mirziyoyev asarlari va nutqlarida nazariy jihatdan chuqur mushohada etilgan va har taraflama asoslab berilgan holda, Oliy Majlis tomonidan koʻrib chiqilagan, koʻpgina qonun va qororlarda oʻz ifodasini topmoqda. Davrimizning bu ulug’vor hujjati qabul qilingandan beri kadrlar tayyorlash borasida tub yangilanishlar yuz berdi. Lekin keyingi vaqtda bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan mutaxassislar yetishmayotganligi sezilib qoldi. SHu sababli Respublika Prezidenti SHavkat Mirziyoyev va Oliy Majlis hamda Vazirlar Mahkamasi istiqlol, mustaqillik bilan hamkorlik qilishga rozi boʻlgan, tayyor turgan barcha mutaxassislarni ishga jalb eta oldi. Ayni bir vaqtda yoshlar orasidan rahbar kadrlarni izlash, tanlash, tayyorlash va tarbiyalash masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Mavjud kadrlardan g’oyat oqilona foydalanish manfaatlarini koʻzlab, ularni bir ish sohasidan boshqa ish sohasiga hamda bir hududdan boshqa bir hududga yuborish usulini keng qoʻlladi.
Mamlakatimizda XXI asr kadrlari oʻsib yetishmoqda, ular iqtisodiy, ijtimoiy va fan-texnika taraqqiyotining eng murakkab muammolarini hal etishga qodirdirlar.
Kadrlar (kadrlar) – bu muayyan kasbni egallash boʻyicha tayyorgarlikni Mamlakatimiz xukumati tomonidan kadrlar masalasiga karatilayotgan aloxida e’tibor, barkamol avlodni tarbiyalash, mustakilligimizning dastlabki davrlaridan boshlangan. Bu utgan davr ichida kadrlar masalasiga oid kuplab karor va farmoyishlar kabul kilindi.
Korxona taraqqiyotining muammolari umumiy majmuida uni kadrlar bilan ta’minlash masalasi, ularning manbalari, tayyorlash va qayta tayyorlash shakllarini hamda ulardan oqilona foydalanish masalalarini aniqlash alohida oʻrin egallaydi. Ayniqsa, bozor iqtisodiyoti sharotida sanoat korxona (firma) larini kadrlar bilan ta’minlash va ulardan oqilona foydalanish alohida ahamiyat kasb etadi.
Kadrlar oʻzlarining bilimi va ilmi, mehnat malakasi, ishlab chiqarish tajribasi va ma’naviyati bilan ishlab chiqarish kuchlarining muhim unsuri hisoblanadi. Ular fan-texnika taraqqiyoti rivojining, mehnat unumdorligini oshirish, asosiy va aylanma fondlardan foydalanishni yaxshilash, mahsulot sifatini oshirishning va uning tannarxini pasaytirishning hamma sohalari, hamma tomonlarining samaradorligini belgilaydilar.
SHu sababli ham «Hamma ishlarni kadrlar, hal qiladi» - degan mashhur qoida hozirgi kunda ham aslo oʻz dolzarbligini yoʻqotgani yoʻq. Aksincha bu asosiy fikr Respublikamiz Prezidenti SHavkat Mirziyoyevning asarlari, ma’ruzalari va suhbatlarida qayta-qayta tilga olinmoqda. SH. Mirziyoyev «Qanday vazifalarni biz oʻz oldimizga qoʻymaylik, qandaydir muammolarni yechish kerak boʻlmasin,- degan edi,- oqibat natijada ularning barchasi kadrlarga va yana kadrlarga borib taqaladi».
Hozirgi davrda ilmiy – texnika tarakkiyot shunday jadal sur’atlar bilan rivojlanmokdaki, mutaxassislarning kasbiy bilimlari xar yil ma’lum darajada kadrsizlanmokda xamda ularni tez – tez yangilab borishni talab kilmokda. Xozirgi global moliyaviy – iktisodiy inkiroz sharoitida kadrlarni rejalashtirish va ulardan samarali foydalanish katta axamiyat kasb etmokda.
Umuman «kadr» deganda turli soxalardagi: fan va texnika mutaxassislari, shu jumladan bajarayotgan ishi maxsus kasb tayyorgarligini talab kiladigan malakali ishchi – xodimlar tushiniladi. Malakali ishchilar – bu, odatda urta maxsus ukuv yurtlarini va maxsus kasb xunar kollejlarini tamomlagan yoshlardir.
Kadrlar siyosati – bu, uzok davrga muljallangan bulib kerakli ishbilarmonlik, kasb va shaxsiy sifatlariga ega bulgan yukori malakali kadrlar tayyorlash va ulardan foydalanish tushiniladi.
Korxona ishlab chiqarishida nafaqat mehnat qurollari va mehnat buyumlari (ishlab chiqarish vositalari), balki kadrlar ham alohida ahamiyat kasb etadi. Aynan kadrlar ishlab chiqarishni boshqaradilar, joriy va istiqbolga tegishli rejalashtirishni va bashorat qilishni amalga oshiradilar, ishlab chiqarish vositalari va moliyaviy resurslarni harakatga keltiradilar. Kadrlarning bilimi, ilmi, kasbiy mahorati qanchalik yuqori boʻlsa, korxona faoliyatining ishlab chiqarish – iqtisodiy parametrlari shunchalik yuksak boʻladi. Demak, korxona ishlab chiqarishining ahvoli, holati, rivoji uning kadrlar potentsiali bilan belgilanadi.
SHu yerda «potentsial» atamasining ma’nosini tushuntirib oʻtish kerak boʻladi, chunki bu tushuncha bozor iqtisodiyoti sharotitida juda koʻp ishlatiladi. Oʻzbek tilining izohli lug’atida «potentsial» soʻzi lotincha «potentia» soʻzidan olinganligi va imkoniyat, kuch-qudrat, yashirin imkoniyatlar ma’nolarini bildirishi ta’kidlangan. Odatda bu atamada mavjud boʻlgan va safarbar etilishi, harakatga keltirilishi, ma’lum maqsadlarga erishish uchun foydalanilishi mumkin boʻlgan vositalar, zahiralar va manbalar ham izohlanishi mumkin.
Kadrlar potentsiali – bu mehnat zahirasi yoki imkoniyatidir. U jamiyat mehnat potentsialining tarkibiy qismi hisoblanadi. Unda mehnat resurslarining umumiy soni va ularning tarkibi, ma’lumot darajasi, professional koʻnikmasi va ishlab chiqarishning u yoki bu sohasida mehnat qilish qobiliyati aks etadi.
Korxona ishlab chiqarishining muvaffaqiyati pirovard natijada rahbar kadrlarning yetukligiga, bilim va ilmining darajasiga, ish malakasi hamda tashkilotchilik qobiliyatiga, ularni toʻg’ri tanlash, joy-joyiga qoʻyish va tarbiyalashga bog’liqdir.
Davlat kadrlar siyosatini jamiyat hayotining barcha tomonlariga rahbarlik saviyasini oshirish bilan, iqtisodiy-ijtimoiy va madaniy hayotning barcha sohalarida jamoa tashkilotlarining rahbarlik rolini kuchaytirish bilan bevosita bog’laydi. Davlat va nodavlat tashkilotlari kadrlar bilan ishlashni muttasil nazorat qilib boradilar va mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda kadrlar masalasida Prezident SHavkat Mirziyoyev va Vazirlar Mahkamasining yagona yoʻlini og’ishmay oʻtkazib boradilar.
Ishlab chiqarish-xoʻjalik faoliyatining har qanday sohasida, shu jumladan, korxona tarmog’ida ham natijalilik, samaradorlik koʻp jihatdan oʻrta boʻg’in kadrlarga bog’liq. Ular rahbarlarning eng koʻp sonli kategoriyasi boʻlib, ishlab chiqarishga hammadan yaqinroq turadilar. SHu boisdan respublikada oʻrta boʻg’in kadrlarga alohida ahamiyat beriladi.
Kadrlar siyosatining mazmuni, uni amalga oshirishda amal qilinadigan bir qator tamoyillar mustaqillikka erishilgandan keyin butunlay oʻzgardi. Kadrlar ishining usullari, shakllari, bu ishga yondoshishning siyosiy va tashkiliy rahbarlik usullari haqidagi qoidalar qaytadan ishlab chiqildi.
Ma’lumki, siyosat kishilar orqali yuritiladi. Har qanday tashkiliy masalalarni siyosatdan ajratish mumkin emas. SHu sababli, odatda kadrlarning ishchanlik va siyosiy xislatlariga; oshkoralikka va kadrlarni ochiq-oshkora tanlashga, rahbarlikning davomiyligiga rioya qilgan holda ularni oʻzgartirib turishga; keksa va yosh kadrlarni qoʻyib ishlatishga, kadrlarga ishonishga hamda ularga nisbatan qat’iy talabchan boʻlishga; davlatning asosiy vazifalari va kadrlarning shaxsiy qobiliyatlariga muvofiq tarzda kadrlarni joy-joyiga qoʻyishga; ularning ajoyib fazilatlari va kamchiliklarini oʻrganishga; xoʻjalik va siyosiy rahbarlarning g’oyaviy-nazariy saviyasini muttasil oshirib borishga katta ahamiyat beriladi.
Kadrlarga boʻlgan talabni aniqlash, ularni tayyorlash va qayta tayyorlash, ulardan oqilona foydalanish, kadrlarning mehnati boʻyicha rejalashtirish va hisobga olish va boshqa yoʻnalishlar bilan mujassamlashtirish uchun kadrlarni guruhlarga ajratish kerak boʻladi, ya’ni tasniflash zarur.
Ishlab chiqarish, xoʻjalik faoliyatida qatnashishiga qarab korxona tarmog’ida band boʻlgan barcha kadrlar ikki guruhga boʻlinadi:

  • korxona ishlab chiqarish kadrlari;

  • korxona noishlab chiqarish kadrlari;

Mahsulot ishlab chiqarish doirasida band boʻlgan kadrlarning barchasi korxona ishlab chiqarish kadrlari guruhiga kiradi. Korxona ishlab chiqarish kadrlari oʻz navbatida bajaradigan funktsiyasining tavsifiga qarab quyidagi kategoriyalarga boʻlinadi:
1. Ishchi kadrlar;
2. Muhandis-texnik kadrlar;
3. Xizmatchilar;
4. Ish bajaruvchi kichik kadrlar;
5. Qorovullar va oʻt oʻchiruvchilar, ya’ni korxonani qoʻriqlaydigan va yong’indan muhofaza qiluvchi kadrlar.
Korxona ishlab chiqarish kadrlarning eng muhim va juda koʻp qismi - bu ishchilar boʻlib, ular mahsulot ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat koʻrsatish)da bevosita qatnashadilar, jihozlarni ta’mirlash, mehnat buyumlari va tayyor mahsulotni bir yerdan ikkinchi joyga tashiydilar va nixoyat ta’mirlash – qurish ishlarini bajaradilar.
Ishchilardan keyingi oʻrinda muhandis-texnik kadrlar turadi va ular rahbar kadrlar hisoblanadi. Ularga direktorlar, boshqaruvchilar, ularning muovinlari, bosh mutaxassislar, hizmat koʻrsatish boʻlimlarining rahbarlari kiradi.

Yüklə 422 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin