Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti


Korxonalarda kadrlarni rejalashtirish va ulardan foydalanish



Yüklə 422 Kb.
səhifə12/24
tarix13.04.2023
ölçüsü422 Kb.
#97449
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24
Kurs ishi makroiqtisodiyot uslubiy qoʻllanma (2)

2. Korxonalarda kadrlarni rejalashtirish va ulardan foydalanish

Bugungi kunda barcha korxonalar bozor munosabatlari va raqobat muhitiga moslashishga majburdir. SHuning uchun bozorda muvaffaqiyat qozonishni ta’minlaydigan omillar ayni paytda korxona muvaffaqiyatini belgilovchi omillar hisoblanadi. Bu omillarning hammasi korxona xodimlari, ya’ni kadrlar mehnat faoliyati bilan bog’liqdir.
Kadrlarni boshqarish bilan ishlab chiqarish vazifalarining aloqadorligi mehnat sharoitlarida ham namoyon boʻladi. Xodim mehnat faoliyati uchun qulay, juda boʻlmaganda eng zarur mehnat shart-sharoitlariga ega boʻlmas ekan, oʻziga yuklatilgan xizmat vazifalarini muvaffaqiyatli hal etishi mushkullashadi. Aksincha, mehnat faoliyati uchun eng qulay shart-sharoitlarda xodimning ish unumi g’oyat yuqori boʻladi. Kadrlar samaraliroq va unumliroq mehnat qilar ekan, mahsulotlar, tovarlar ishlab chiqarishni, xizmat koʻrsatishni koʻpaytirish uchun imkoniyatlarni koʻpaytiradi. Bu esa xodim oʻzining korxonada iqtisodiy, ijtimoiy, psixologik va ma’naviy jihatdan yaxshi his etishini ta’minlaydi. Xodim, yoki har bir inson farovonligining oshishi esa jamiyat farovonligi yaxshilanishining negizidir. Buning uchun esa avvalam bor korxonalarda kadrlarni rejalashtirishni va ulardan samarali foydalanishni takomillashtirish kerak.
Kadrlarni rejalashtirish — kadrlarni rivojlantirish, uning kasbiy va malaka tarkibini hisobga olish, kadrlarga umumiy va qoʻshimcha ehtiyojni aniqlash, xodimlardan foydalanishni nazorat qilishga qaratilgan aniq maqsadga yoʻnaltirilgan faoliyatdir.
Kadrlarni rejalashtirishning mohiyati kadrlarga ularning qobiliyatlari, qiziqishlari hamda ishlab chiqarish talablariga muvofiq zarur vaqtda va kerak boʻlgan miqdorda ish oʻrni takdim etish uchun shart-sharoitlar yaratishdan iboratdir. Ish oʻrinlari mehnat unumdorligi va qiziqish uyg’otishi nuqtai nazaridan mehnat kishisiga eng maqbul ravishda oʻz qobiliyatini rivojlantirish imkonini yaratishi, mehnat unumdorligini oshirishi. munosib mehnat sharoitlari yaratish va ish bilan bandlikni ta’minlash talablariga javob berishi kerak.

Yüklə 422 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin