Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti



Yüklə 422 Kb.
səhifə3/24
tarix13.04.2023
ölçüsü422 Kb.
#97449
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Kurs ishi makroiqtisodiyot uslubiy qoʻllanma (2)

II. KURS ISHI MAVZUSINI TANLASH

Kurs ishini muvaffaqqiyatli bajarilishining muhim omili – bu talabaning oʻz
qiziqishi va qobiliyatiga qarab mos mavzuni tanlashi hisoblanadi. Shuning uchun
ushbu bosqichda talaba mavzu tanlashda sinchkov va mas’uliyatli boʻlishi lozim.
Kurs ishi mavzulari kafedra tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Mavzular soni talabalar sonidan koʻp boʻlishi kerak, ularning yoʻnalishi oʻquv
dasturi doirasida va talabaning qobiliyati hamda imkoniyatlari darajasida boʻlishi
kerak.
Kurs ishi mavzusi talabalarni nazariy bilimlarini mustahkamlashga va ijodiy
fikrlashga qaratilgan boʻlishi bilan bir qatorda bozor iqtisodiyoti sharoitidan kelib
chiqib belgilanishi kerak.
Kurs ishi rahbari talabaga tanlangan mavzu boʻyicha kurs ishi topshirig’ini
rasmiylashtiradi va kafedra mudiri tasdiqlagandan soʻng topshiriqni talabaga
beradi. Kurs ishi mavzusi talabalarning guruh jurnalidagi nomeriga muvofiq
tanlanadi.
KURS ISHI MAVZUSI NOMERI:

Talabaning guruh jurnalidagi nomeri

Kurs ishi mavzusi nomer

1

1

2

2

3

3

4

4

5

5

6

6

7

7

8

8

9

9

10

10

11

11

12

12

13

13

14

14

15

15

16

16

17

17

18

18

19

19

20

20

21

21

22

22

23

23

24

24

25

25

26

26

27

27

28

28

29

29

30

30

Kurs ishi topshirigʻida talabaning ismi sharifi, yoʻnalishi, kursi, guruhi, fan
nomi, kurs ishi mavzusi, topshirish muddati bilan bir qatorda namunaviy reja
(kirish, asosiy qism, xulosa va boshqalar) hamda adabiyotlar, me‘yoriy hujjatlar va
shu kabilar aks etishi lozim.
Kurs ishini bajarish jarayonida kurs ishi mavzusini oʻzgartirish yoki boshqa
mavzu tanlanishiga ruxsat etilmaydi.

III. AXBOROT USLUBIY TA’MINOTINI YARATISH VA ULARNI
OʻRGANISH


Talaba kurs ishi mavzusini biriktirish toʻgʻrisida ariza bergandan soʻng va
kafedra uni tasdiqlagandan soʻng rahbar bilan maslahatlashib adabiyotlar
toʻplashiga kirishishi kerak. Bunda faqat darslik, balki boshqa fanlarni oʻrganish
davomida koʻrsatilgan adabiyotlar, statistik va internet ma‘lumotlari, qonunlar,
me’yoriy hujjatlar va boshqalarni xam oʻrganishi lozim.
Undan soʻng ularning ichidan kurs ishi mavzusiga bevosita aloqador boʻlgan
adabiyotlar roʻyxatini tuzish va ularni topib bir qator tanishib chiqishi kerak,
chunki boshlangʻich tanishuv natijasida talaba kurs ishi rejasini mustaqil ravishda
tuzadi.
Adabiyotlar va internet ma‘lumotlari bilan ishlashni mamlakatimizdagi
iqtisodiy qonunchilikka taalluqli boʻlgan qonun va me‘yoriy hujjatlarni
oʻrganishdan boshlash maqsadga muvofiq boʻladi. Har tomonlama mukammal
yoritilgan va ilmiy ijodiy yondoshilgan kurs ishini bayon etish uchun iqtisodiy
qonuniyatlarni bilish va ularni qoʻllash katta axamiyatga ega.
Kurs ishini bajarishda faqat uslubiy qoʻllanmalarda va kurs ishi topshirig’ida
tavsiya qilingan adabiyotlardan foydalanish bilan chegaralanib qolmasdan, imkoni
boricha mustaqil xolda tanlangan adabiyotlarga asoslanish lozim, xatto xorijiy
adabiyotlardan xam foydalanish ishni mazmunini boyishiga va yanada mukammal
bajarilishiga yordam beradi.


Yüklə 422 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin