Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand fililali



Yüklə 8,6 Kb.
tarix27.12.2023
ölçüsü8,6 Kb.
#200170
Agrar siyosat va oziq-ovqat xavfsizligi (1)

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand fililali

guruh:oori 221

Bajardi:ozodov u

Tekshirdi:sa’dullayev a

mavzu:agrobiznes faoliyatida innovatsion texnologiyalarni qo’llash

  • Agrobiznesda innovatsion faoliyatni tashkil etish zaruriyati
  • Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligida innovatsion faoliyatini tashkil etish.
  • Agrar sektorni rivojlantirishda innovatsion faoliyatni o‘rni.

Agrobiznesda innovatsion faoliyatni tashkil etish zaruriyati.

  • O‘zbekistonda innovatsion faoliyatni shakllantirish mustaqillikning dastlabki bosqichlaridan iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, turli mulkchilik va xo‘jalik yuritish shakllariga asoslangan korxona va birlashmalarning paydo bo‘lishi, ulardagi boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish, texnik jihatdan qayta qurollantirishni yanada rivojlantirish kabilar ustuvor vazifalar sifatida belgilandi. Natijada innovatsiya, innovator, innovatsion loyiha, innovatsion faoliyat, innovatsion jarayon, innovatsion muhit, innovatsion infratuzilma, innovatsion iqtisodiyot, inson kapitali, bilimlar iqtisodiyoti, intellektual salohiyat kabi tushunchalar kundalik hayotimizga kirib keldi va ommalashib bormoqda.

Jahon tajribasi ko‘ra, yangi texnologiyalarning rivojlanishi hamda tovarlar, xizmatlar, ishchi kuchi bozorlaridagi raqobatning kuchayishi milliy korxonalarda innovatsion faoliyatni yanada kuchaytirish va samarali tashkil etishga qaratilmoqda. Bu esa, aholining tez o‘sib, o‘zgarib borayotgan ehtiyojlarini to‘laroq qondirish, so‘nggi kashfiyot ishlanma va texnologiyalarini ishlab chiqarishga tatbiq etish, raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarish va tovarlar hayotiylik davrining barqaror o‘sib borishini ta'minlovchi zamonaviy usullardan keng ko‘lamda foydalanishni taqozo etmoqda. Agrobiznesda ham hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida innovatsion faoliyatni har tomonlama mukammal o‘rgangan iqtisodchilarni tayyorlash hayotiy zaruriyat hisoblanad
“Agrobiznesda innovatsion faoliyat” fani innovatsion rivojlanish sharoitida agrobiznesning barqaror rivojlanishini ta'minlovchi innovatsion faoliyatni tashkil etishni, uning turlarini rivojlantirish yo‘llarini, innovatsion texnologiyalar asosida sohani daromadni oshirishni o‘rgatadi. Ma'lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida innovatsion faoliyatning mazmuni moddiy asosga ega bo‘lgan ishlab chiqarish sohasida biron-bir yangilikni yaratish va uni amaliyotga joriy etishda ifodalanadi. . Bu o‘z navbatida shu vaqtga qadar birbiridan alohida ravishda ya'ni mustaqil faoliyat yuritayotgan ilm fan, innovatsiyalar va ishlab chiqarish sub'ektlari faoliyatini umumiy maqsad yo‘lida birlashtirish, mavjud resurslardan yanada samarali foydalanishga sabab bo‘ladi.
“Agrobiznesda innovatsion faoliyat” fanini o‘qitishning maqsadi talabalarga innovatsiyalarni o‘zlashtirish natijasida qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish bazasi texnologik, texnik va tashkiliy-iqtisodiy jihatdan yangilanib, agrobiznesda iqtisodiy faoliyatni o‘rganishda zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etish darajasi, mamlakat investitsion va innovatsion siyosatining rivojlanishi hamda innovatsion faoliyatni rivojlantirish bosqichlari, innovatsion faoliyatni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini tahlil qilib to‘g‘ri xulosalar chiqarishni o‘rgatishdir.
Agrobiznesda innovatsion faoliyat haqida so‘z ketar ekan, avvalo agrobiznes tushunchasini bilmoq zarur. Agrobiznes -qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish, saqlash , qayta ishlash, sotish tizimlarini o‘z ichiga olib, uni qishloq xo‘jaligi, sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalarini bir-biri bilan bog‘lagan holda tadbirkorlik faoliyati deb tushunish mumkin. Agrobiznesda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirishda asosan fermer va dehqon xo‘jaliklari, ularga xizmat ko‘rsatuvchi infratuzilma sub'ektlari faoliyati o‘rganiladi. Aynan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi sub'ektlar innovatsion faoliyatini tashkil etishdan asosiy maqsad, sifatli hosil olishdir
Innovatsion faoliyatni dunyo mamlakatlari eng asosiy ustuvor yo‘nalish sifatida tan olgan. Ya'ni, jamiyat taraqqiyotini jadallashtirish va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim omillaridan biri – bu samarali innovatsion siyosatni amalga oshirish, ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlariga asoslangan yangi, ilg‘or texnologiyalar, mehnatni tashkil etish va boshqarish yangi shakllari hamda yirik ixtirolar natijalarini joriy qilish ekanligi ayni haqiqat.
Innovatsiya sohasi mavjud bo‘lmaydi, chunki har qanday faoliyat va har qanday soha, agar unga yuqori talabliligi bilan ajralib turuvchi natijaga (masalan, ijtimoiy, bozor, mudofaa kabi) erishish uchun yangiliklar (masalan, bilimlar, texnologiyalar, qo‘llanmalar, yondashuvlar kabilar) joriy etilsa, innovatsiyali bo‘lishi mumkin. Demak, innovatsiya – yangi g‘oyalar (texnologiyalar, buyumlar, turmush tarzining yangi shakllari, ta'lim, boshqarish, mehnat, xizmat ko‘rsatish, fan, axborot) demakdir
Innovatsiya (innovatsion faoliyat) – pirovard natijasi mahsulot, xizmat, ishlab chiqarishni tashkil etish, boshqarish shakli, texnologiyalarning yangi turlarini yaratish yoki mavjudlarini takomillashtirishdan iborat bo‘lgan faoliyat. U innovatsiyalarni yaratish, o‘zlashtirish va keng joriy etish jarayonlarini o‘z ichiga oladi. Agrar soha tadbirkorlari, ya'ni fermer va dehqon xo‘jaliklarining daromadini oshirish eng avvalo hosildorlikka bog‘liq. Qishloq xo‘jaligida yuqori hosildarlikka erishish esa ko‘p jihatdan innovatsion, zamonaviy faoliyat olib borish, innovatsion tenikatexnologiyalarni yaratish, ularni oqilona ravishda faoliyatga tadbiq etishga uzviy bog‘liqdir. Innovatsion tenika-texnologiyalardan keng ko‘lamda foydalanishning yana bir ahamiyati fan va texnikani rivojlanib borishiga ham bog‘liqdir. Negaki fan va texnikani rivojlanib borishi tabiat hamda inson uyg‘unligida global muammolarni keltirib chiqarmoqda. Bu esa insoniyatni tabiatdan oqilona foydalanishga, suv, tuproq va havo kabi unsurlarga nisbatan odil bo‘lishga chorlanishga, tabiiy mutanosiblikni saqlashga da'vat etib kelmoqda
Bugungi qishloq xo‘jalik korxonasining faoliyati hozirgi zamon fani talablariga to‘la javob beradigan va ilmiy asoslangan bo‘lishi kerak. Zamonaviy qishloq xo‘jaligini innovatsiya izlanishlarda nafaqat yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, balki barcha ishlab chiqarish vositalarini ta’minlash, ularga texnik, texnalogiya mehnatni tashkil etish, xizmat ko‘rsatishni tashkil etish, avtomatlashtirish, elektrlashtirish, zamonaviy agrotexnik hamda agrotexnologik tadbirlari hozirgi zamon ilmiy taraqqiyoti talablariga to‘la javob berishini ta’minlash va ilmiy asosda tashkil etilishi muhim ahamiyat kasb etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

  • www.sbu.uz
  • www.soliq.uz
  • www.lex.uz
  • www.stat.uz

E'TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT
Yüklə 8,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin