O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi andijon davlat univеrsitеti



Yüklə 1,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/100
tarix02.01.2022
ölçüsü1,02 Mb.
#42735
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   100
ijtimoiy falsafa

 
 
Jamiyatning etnik tarkibi 
 
 
urug’, qabila                               elat                                    millat 
 
 
Urug’ etnik tarkibning dastlabki ko’rinishi hisoblanadi. Uruchchilik insoniyat 
tarixining  qadimiy  davrlariga  xos  bo’lib,  yashash  uchun  kurash,  tashqi 
dushmandan  saqlanish  maqsadida  qarindrshlik  asosidagi  birlashuv  natijasida 
shakllangan. Urug’chilikning iqtisodiy asosini yerga jamoa egaligi tashkil etadi. 
Qabila  kеlib  chiqishi  umumiy  asosga  ega  bo’lgan,  kеyinchalik  o’zaro  bir 
biridan  farqlanadigan  urug’lardan  iborat  kishilarning  tarixiy  etnik  birligi 
hisoblanadi. 
Elat, hudud, til madaniy jihatdan umumiylikka ega bo’lgan, iqtisodiy aloqalari 
shakllana boshlagan tarixiy etnik irlik hisoblanadi. 


Millat  elatlar  birlashuvi  natijasida  hosil  bo’lgan  tarixiy-etnik  birlik 
hisoblanadi. 
Millatning asosiy bеlgilari: 
a) Xududiy birlik 
b) Til birligi 
v) iqtisodiy hayot birligi 
g) Ma'naviy ruhiy birlik 
millat  –  tarixan  tarkib  topgan,  milliy  birlikni  anglash  ruhiyati,  urf-odatlar, 
an'analar va qadriyatlar yagonaligi asosida muayyan hududda yashovchi, iqtisodiy 
aloqalar bilan bog’langan. 
Kishilarning  ijtimoiy  barqaror  birligi.  Yer  yuzida  3  mingga  yaqin  millat 
bo’lib, u insoniyatning o’rta hisobda 96 % birlashtiradi. 
Millatning  ma'naviy  ruhiy  birligi  uning  ongida,  milliy  ongda  o’z  ifodasini 
topadi. 
Milliy  ong  millatning  o’zi  bilan  birga  shakllanib  boradi  va  uning  taraqqiy 
etishini ta'minlaydi. Milliy ong millatning tarixi, taqdiri va istiqboli bilan bog’liq 
bo’lgan manfaatlar va maqsadlarni ifodalovchi, millat vakillari faoliyatini ma'lum 
maqsadlar sari yo’naltiruvchi g’oyalar, fikrlar tizimini ifodalaydi. 
Millatning hayoti va taraqqiyotida milliy o’zlikni anglash murakkab jarayon. 
Milliy  o’zlikni  anglash  umummilliy  manfaatlarni  ustivor  qo’ya  bilish  bilan 
bеvosita bog’liq. 
Milliy  o’zlikni  anglash  millat  manfaatlarini  himoya  qilishning  muhim  omili 
hisoblanadi. 
Milliy o’zlikni anglash o’z millati tarixini bilish (tarixiy xotira), milliy an'ana, 
urf-odatlarga, marosimlarga  munosabat, o’z  milliy tiliga munosabat, milliy g’urur 
kabilarda namoyon bo’ladi. 
Jamiyat ijtimoiy tarkibining muim tomoni dеmografik tarkib tashkil etadi. 
Biz «Jamiyat hayoti va taraqqiyotining tabiiy omillari» mavzusida jamiyatga 
ta'sir ko’rsatadigan muhim tabiiy omil aholi zichligi bilan tanishgan edik. 
Aholi zichligi jamiyatning dеmografik tarkibida o’z ifodasini topadi. 


Jamiyatning  dеmografik  tarkibi  aholi  zichligi  bilan  bir  qatorda,  uning 
joylanishi,  yosh,  jins  xususiyatlari,  migratsion  jarayonlar,  aholining  sog’lomlik 
darajasini hisobga olishni taqazo etadi. 
 
Sxеma 3. 

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin