DAVLAT APPARATI ( inglizcha mashinery of government so‘zi) – davlat
organlari tizimi bo‘lib, ular faoliyati orqali davlat hokimiyati va uning funksiyalari
amalga oshiriladi.
DAVLAT BOShQARUVI –davlat organlarining tashkillashtiruvchi, ijro etuvchi
va farmoyish beruvchi faoliyati bo‘lib, qonun asosida amalga oshiriladi. Bu
faoliyatni davlat boshqaruv organlari amalga oshirib, ijro etish jarayonida
qonunlarning va unga asoslangan hujjatlarning bajarilishini ta’minlash uchun
farmoyish berish huquqiga ega bo‘ladi.