DAVLAT QO‘MITALARI – (O‘zRda) umumdavlat vazifalarni bajaradigan
sohalararo davlat boshqaruvi markaziy idoralari. D.q. tegishli tarmoq muassasalari
faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi. D.q. tegishli tarmoqdagi ahvol
uchun mas’ul hisoblanadi. “O‘zR Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi Qonuni (1993
y. 6 may) va Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari D.q. ning huquqiy holatini
belgilab bergan.
DAVLAT NAZORATI – davlat organlari chiqaradigan qonunlar va boshqa
huquqiy hujjatlarga rioya qilinishini ta’minlaydigan davlat hokimiyatini amalga
oshirish shakllaridan biri. Davlat nazoratini turli organlar amalga oshiradi. Odatda
nazorat vazifasi asosan parlamentlarda to‘plangan, ammo keyingi o‘n yillikda
ko‘pgina mamlakatlarda parlamentdan tashqari, biroq parlament nomidan ish
yuritadigan nazorat instansiyalari keng tarqaldi (masalan, ombudsman, hisob