IShONChLI VAKILLAR – saylov jarayonida siyosiy partiyalar tomonidan
ko‘rsatilgan nomzodlar nomidan harakat qiluvchi shaxslar. Ishonchli vakil istagan
vaqtda o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilishga haqli. Ishonchli vakil saylov
komissiyasiga a’zo bo‘lishi mumkin emas.
KASABA UYuShMALARI – kasaba uyushmasi ko‘ngilli jamoat tashkiloti
bo‘lib, ham ishlab chiqarish, ham noishlab chiqarish sohalaridagi faoliyat turiga
qarab, o‘z a’zolarining mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini hamda
manfaatlarini himoya qilish uchun mushtarak manfaatlar bilan bog‘langan
mehnatkashlarni birlashtiradi.