O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi andijon davlat univеrsitеti



Yüklə 1,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/100
tarix02.01.2022
ölçüsü1,02 Mb.
#42735
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   100
ijtimoiy falsafa

QONUN 
CHIQARUVCHI 
HOKIMIYAT 
– 
bu 
Konstitutsiyada 
mustahkamlangan  oliy  davlat  vakillik  idorasining  qonunlar  qabul  qilish,  ularni 
o‘zgartirish  va  bekor  qilish  bo‘yicha  alohida  vakolatlari  hisoblanadi.  Qonun 
chiqaruvchi hokimiyatning asosiy vazifasi xalqning (jamiyatning) irodasini qonun 
shaklida ifoda etishdir. 
QONUNIYLIK  –  bu  jamiyatdagi  barcha  huquq  sub’ektlari  tomonidan  qonun  va 
qonun osti hujjatlariga to‘la rioya qilinishidir.  
QONUNNI  E’LON  QILISH  –  qonunni  ma’lum  nashrda  bosib  chiqarish  yo‘li 
bilan hammaga ma’lum qilish. Qonunni e’lon qilishning rasmiy va norasmiy turlari 
farqlanadi.  
QONUNOSTI AKTI – davlat hokimiyati organlarining qonunga nisbatan pastroq 
yuridik  kuchga  ega  bo‘lgan  huquqiy  akti.  U  qonunga  asosan  va  uning  ijrosini 
ta’minlash yuzasidan chiqariladi.  
QONUNCHILIK  TASHABBUSI  –  belgilangan  tartibga  muvofiq,  (vakolatli 
organ  yoki  mansabdor  shaxs  tomonidan)  qonunchilik  muassasasiga  qonun 
loyihasini  rasmiy  kiritish.  Q.t.–  qonunchilik  jarayonining  birinchi  bosqichi 
hisoblanadi.  Q.t.shunday  bir  harakatlar  yig‘indisidirki,  buning  natijasida  qonun 
chiqaruvchi organga qonun loyihasi yoki qonunchilik taklifi kiritiladi va parlament 
yangi  qonun  chiqarish,  amaldagisini  o‘zgartirish  yoki  bekor  qilish  masalasini 
ko‘rib chiqish uchun qabul qiladi.  

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin