MANDAT KOMISSIYASI — qator mamlakatlar davlat hokimiyati va mahalliy
o‘zini o‘zi boshqarish vakillik organlarida shu organ birinchi sessiyasi ishining
boshida deputatlardan saylanadigan doimiy komissiyalardan biri. Deputatlar
vakolatlarini tekshiradi va vakillik organiga saylangan deputatlar vakolatlarini tan
olish to‘g‘risidagi taklifni ko‘rib chiqish uchun kiritadi, saylovlar to‘g‘risidagi
qonunchilik buzilgan hollarda esa - ayrim deputatlar saylovlarini qonuniy kuchga
ega emas deb tan olish to‘g‘risida taklif kiritadi. Mandat komissiyasi o‘z
majburiyatini muddatidan oldin to‘xtatgan deputatga bog‘liq barcha savollar
bo‘yicha ham xulosa beradi