NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOTI TUSHUNCHASI – nodavlat
notijorat tashkiloti - jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriylik asosida
tashkil etilgan, daromad olishni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan
hamda olingan daromadlarni o‘z qatnashchilari o‘rtasida taqsimlamaydigan o‘zini
o‘zi boshqarish tashkilotidir. Nodavlat notijorat tashkiloti jismoniy va yuridik
shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, boshqa demokratik qadriyatlarni
himoya qilish, ijtimoiy, madaniy va ma’rifiy maqsadlarga erishish, ma’naviy va
boshqa nomoddiy ehtiyojlarni qondirish, xayriya faoliyatini amalga oshirish uchun
hamda boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarda tuziladi.
OVOZ BERISH – saylov jarayonining muhim bosqichlaridan biri bo‘lib, aktiv
saylov huquqiga ega bo‘lgan fuqaroning saylovda deputatlikka yoki saylab
qo‘yiladigan boshqa lavozimga nomzodga o‘z ovozini berishga qaratilgan xatti-
harakati.