OKRUG SAYLOV KOMISSIYASI – saylov okrugida saylovlarga tayyorgarlik
ko‘rish va uni o‘tkazishga rahbarlik qiluvchi, okrugdagi uchastka saylov
komissiyalariga uslubiy ko‘maklashuvchi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy
saylov komissiyasi tomonidan tuziladigan, davlat hokimiyati vakolatiga ega
bo‘lgan maxsus kollegial organ.
OMBUDSMAN – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari
bo‘yicha vakili (ombudsman) mansabdor shaxs bo‘lib, unga davlat organlari,
korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar tomonidan inson
huquqlari hamda erkinliklari to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan
parlament nazoratini ta’minlash vakolatlari berilgan.