DEPUTATLIKKA NOMZOD – qonunda belgilangan tartibda davlat hokimiyati
vakillik organlari deputatligiga nomzod sifatida tegishli saylov komissiyalari
tomonidan ro‘yxatga olingan, passiv saylov huquqiga ega bo‘lgan fuqaro. Davlat
hokimiyati vakillik organlari deputatligiga nomzodlar ko‘rsatish siyosiy partiyalar
tomonidan, qolaversa, xalq deputatlari tuman, shahar kengashlari deputatligiga
nomzodlar ko‘rsatish huquqiga esa siyosiy partiyalar bilan bir qatorda,
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan amalga oshiriladi.