VAZIRLAR MAHKAMASINING FARMOYIShLARI -
Vazirlar
Mahkamasining tezkor va boshqa joriy masalalar bo‘yicha qarorlari. O‘zbekiston
Respublikasining Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 89-
moddasi va 93-moddasiga asoslangan holda Vazirlar Mahkamasi vakolatiga
kiruvchi masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilishga, Vazirlar Mahkamasi qarorlari
va farmoyishlarini hamda Bosh vazir farmoyishlarini bekor qilishga haqli. Vazirlar
Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, agar ularda boshqacha tartib nazarda
tutilgan bo‘lmasa, imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi.
VAZIRLIK – ko‘pchilik davlatlarda davlatning markaziy idora organi, ijtimoiy-
madaniy qurilish va ma’muriy-siyosiy faoliyatning ayrim tarmoqlarini boshqaradi.
Yangi Vazirliklar tuzish, mavjudlarini tugatish, ularning rahbarlarini tayinlash
O‘zbekistonda Prezident vakolatiga kiradi va davlatning oliy vakillik organi – Oliy
Majlis tomonidan tasdiqlanadi.
VALYUTA - chet el valyutasi, chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlar, chet el
valyutasidagi to‘lov hujjatlari va sof quyma oltin valyuta boyliklari hisoblanadi.
VETO (lot. Veto - taqiqlayman) — hozirgi zamon davlatlarida qandaydir bir
organning qarorini to‘xtatib qo‘yadigan yoki kuchga kirishga yo‘l qo‘ymaydigan
harakat. Davlat boshlig‘iga parlament qabul qilgan qonunlarga Veto qo‘yish
(qarorlarni taqiqlash) huquqining berilishi alohida muhim ahamiyat kasb etadi.
Vetoning mutlaq (yoki rezolotiv), bunda davlat boshlig‘i parlament qabul qilgan
qonunni uzil-kesil qaytarish huquqiga ega bo‘ladi va nisbatan (kechiktiradigan yoki suspensiv) turlari farqlanadi.