JAMOAT FONDI – yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ixtiyoriy mulkiy
badallar qo‘shish asosida tashkil etilgan, xayriya, ijtimoiy, madaniy, ma’rifiy yoki
boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarni ko‘zlaydigan, a’zoligi bo‘lmagan nodavlat
notijorat tashkiloti jamoat fondi deb e’tirof etiladi.
JAMOATChILIK NAZORATI – fuqarolik jamiyatining muhim belgilaridan biri
bo‘lib, u fuqarolik jamiyatini shakllanitirish jarayonida davlatning iqtisodiy
sohaga, xo‘jalik yurituvchi tuzilmalar, ayniqsa, xususiy sektor faoliyatiga
aralashuvini cheklash hamda qonunlar ijrosi bo‘yicha davlat hokimiyati organlari
faoliyati ustidan olib boriladigan ijtimoiy nazorat shakllaridan biridir.
IMZO VARAQASI – siyosiy partiyaning O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Qonunchilik palatasiga bo‘lib o‘tadigan saylovlarda ishtirok etishini
qo‘llab-quvvatlash yuzasidan saylovchilar imzosini to‘plash uchun tuziladigan
hujjat.